V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR
- MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
129
22- §. MEHNAT NIZOLARI VA ULARNI HAL ETISH TARTIBI YAKKA MEHNAT NIZOLARINING TARAFLARI VA MAZMUNI Mehnat nizolari — xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Mehnat nizolarini yakka va jamoa nizolariga ajratsa bo‘ladi. Yakka ni- zolarda muayyan xodim huquqlari, uning qonuniy manfaatlari talashiladi va himoya qilinadi. Jamoa nizolarida esa butun mehnat jamoasi yoki uning bir qis- mi huquqlari, manfaatlari, vakolatlari himoya qilinadi. Buzilgan mehnat huquqini tiklash yoki himoya qilish maqsadida mehnat nizosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan shaxs da’vogar hisoblanadi. Javobgar — da’vo bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs. MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR Barcha yakka nizolar avval mehnat nizolari komissiyalari (MNK) bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida ко‘rib chiqiladi. Agar MNK qarori kelishmovchiliklarni bartaraf etmasa, unda qaror ustidan sudga shikoyat qilinadi. Da’vogar da’vo arzini yozma shaklda tuman (shahar) sudiga beradi. 10 kunlik muddatda sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish mumkin. Qonun sud qarorining darhol bajarilishini nazarda tutadi. Sud qarori ma’muriyat tomonidan 3 kunlik muddatda bajariladi. MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI Ish beruvchi bilan korxona mehnat jamoasi o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, taraflar o‘z vakillaridan komissiyani shakllantiradi, bun- da kelishuvga erishilmaganda ishni sudga oshiradilar. Yakka mehnat nizolarini kо‘rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan tartib- ga solinadi, mehnat nizolari bo‘yicha ishlarni kо‘rib chiqish tartibi — tuman (shahar) sudlarida amalga oshiriladi va Fuqarolik protsessual kodeksi bilan bel- gilanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida xodimlarning mehnat huquqlarini buzganlik uchun ish beruvchi va korxonaning mansabdor shaxslarida javobgarlik bo‘lishi nazarda tutilgan. Ish beruvchiga xodimga zarar yetkazilgani uchun faqat moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Korxonaning mansabdor shaxslari inti- zomiy, moddiy, ma’muriy, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladi. 130 10-sinf o‘quvchilari N. va S. yozgi ta’til vaqtida qurilish uchastkasiga yordamchi ishchi sifatida ishga qabul qilingan edi. Biroq tez orada ular mehnat samaradorligining pastligi va mehnat intizomini buzganliklari uchun ishdan bo‘shatildi. Ularga qiladigan ishlari zudlik bilan bajarilishi lozimligi, ya’ni kel- tirilgan qorishma va beton qurilish maydonchasiga tez tashib olinishi zarurligi aytilganiga qaramay, har kuni, jumladan shanba va yakshanba kunlari ham ish- dan ikki soat oldin ketib qolishlari ta’kidlab o‘tildi. Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ular to‘liq ish kuni ishlashga rozi ekanligi yozib qo‘yilgandi. Shartnoma N. bilan S. va ularning ota-onalari imzo- lari bilan tasdiqlangandi. N. va S. ota-onalari ularni ishga tiklashni talab qilib, qurilish rahbariyati ustidan mehnat nizolari komissiyasiga shikoyat arizasi berishdi. Shunday qilib, ish materiallarini o‘rganib, mehnat qonunlari asoslarini qan- day bilishingizdan foydalangan holda muammoni hal etishga urinib ko‘ring. Kin haq? Ma’muriyatmi? O‘quvchilar ota-onalarimi? Javobingizni isbotlang. Mehnat nizolari komissiyasi majlisini o‘tkazayotganda sud ishida bayon etilgan dalillarga asoslaning. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling