131
Kotib:
— majlis bayonnomasini yuritadi;
— mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar kelgan-kelmagan-
ligini tekshiradi.
Da’vogar:
— nizo mohiyatiga doir ko‘rsatmalar beradi;
— buzilgan mehnat huquqini tiklash bo‘yicha talablar qo‘yadi.
Javobgar (ish beruychining vakili):
— haqiqat qaror topishiga to‘sqinlik qilmaslikka majbur;
— nizo mohiyatini va kelib chiqqan nizoni qonuniy hal etishga doir o‘z
nuqtayi nazarini bayon qiladi.
Advokat:
— jarayon ishtirokchilariga savollar beradi;
— haqiqatni aniqlash va nizoni adolatli hal etish uchun qonunda nazarda
tutilgan barcha vositalardan
foydalanadi;
— ishni ko‘rishgacha va uning davomida da’vogarga zaruriy yuridik
yordamni ko‘rsatadi;
— dalillar qalbakilashtirilganda g‘ayriqonuniy harakatlar uchun jinoiy
javobgarlikka tortiladi.
Ekspert:
— uning oldiga qo‘yilgan masala bo‘yicha yozma xulosa berishga majbur.
Mehnat jamoasi rahbari:
— sudga mazkur nizo bo‘yicha jamoa fikrini bayon etadi;
— ish vaziyatlarini oydinlashtirishga ko‘mak beradi.