V. А. Kostetskiy


MEHNAT QONUN HUJJATLARINING MANBALARI


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

MEHNAT QONUN HUJJATLARINING MANBALARI 
Mehnat huquqining negiz bo‘luvchi manbalari Konstitutsiya va Mehnat 
kodeksi, ularning amal qilishi butun O‘zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq 
etiladi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-modda), Xalqaro 
Mehnat Tashkilotining konvensiyasi (2-modda), respublika Prezidenti farmon- 
lari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bosh, sohaviy va boshqa 
kelishuvlar hamda jamoa shartnomalari hisoblanadi. 
Mehnat huquqining xususiyati shundan iboratki, amalda har qanday masa- 
la, agar bunday qaror Mehnat kodeksi qoidalariga zid bo‘lmasa va xodimning 
ahvolini yomonlashtirmasa, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida hal etilishi 


101 
Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va 
himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 
4-modda 
Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish ka- 
folatlanadi, bu himoya mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari- 
ga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, 
shuningdek mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar tomonidan 
amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 
8-modda 
mumkin. Aks holda kontrakt noqonuniy hisoblanadi. Misol uchun, aksiyador- 
lik jamiyatida 9 soat davom etadigan ish kuni belgilangan bo‘lsa, bu mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlarning buzilishi hisoblanadi. 
MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SUBYEKTLARI 
Mehnatga oid munosabatlar ishtirokchilari (subyektlari) quyidagilardir: 
xodim: 16 yoshga to‘lgan, mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar; 
ish beruvchi: mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday korxona 
hamda 18 yoshga to‘lgan shaxslar; 
mehnat jamoasi: mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan korxona 
xodimlari; 
xodimlar va ish beruvchilarning vakillik idoralari: kasaba uyush- 
malari va ularning korxonalardagi saylab qo‘yiladigan idoralari. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling