1. Mehnat munosabatlari subyektlari tushunchasining mohiyati
Download 41.19 Kb.
|
Ma’ruza matni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.4. Kasaba uyushmalari va mehnat jamoalari mehnat munosabatlari subyekti sifatida. 9 .1 . Mehnat munosabatlari subyektlari tushunchasining mohiyati.
9- MAVZU. MEHNAT MUNOSABATLARI SUBYEKTLARI. REJA. 9.1. Mehnat munosabatlari subyektlari tushunchasining mohiyati. 9.2. Xodimlar mehnat munosabatlari subyekti sifatida. 9.3. Ish beruvchilar mehnat munosabatlari subyekti sifatida. 9.4. Kasaba uyushmalari va mehnat jamoalari mehnat munosabatlari subyekti sifatida. 9.1. Mehnat munosabatlari subyektlari tushunchasining mohiyati. Mehnat iqtisodiyoti fanlari nazariyasiga ko’ra munosabatlar subyektlari deganda amaldagi qonunchilikka muvofiq subyektiv munosabatlar va majburiyatlarga ega bo’lganlari xolda ijtimoiy mehnat munosabatlarida ishtirok eta oladigan shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar) nazarda tutiladi. Mehnat munosabatlarida mehnat bozorida bevosita qatnashuvchi shaxslar subyektligi xosdir. Bunday subyektlar qatoriga fuqarolar (ishga yollanuvchi xodimlar), yuridik shaxslar (ish beruvchi korxona va tashkilotlar), ushbu ikki tomonlarning vakillari, tegishli hollarda esa davlat organlari (ishga joylashtirish organlari timsolida) kiritilishlari mumkin. Ushbu subyektlarning har biri maxsus huquqiy statusga ega bo’lib, bu xol ularning aniq belgilangan mehnat munosabatlarida qatnashishlariga imkon tug’diradi. Mehnat munosabatlari subyektlarining huquqiy statusi ularning mehnat munosabatlaridagi yuridik mavqeini belgilaydi. Mehnat munosabatlari subyekti bo’la olishlik statusi quyidagi elementlar bo’lishi lozimligini taqozo qiladi: 1. Mehnat huquqiy-muomala layoqati. Muayyan shart-sharoitlar mavjud bo’lganida (muayyan yoshga yetish, xo’jalik yoki mulkiy mustaqillikka ega ekanlik) mehnatga oid munosabat ishtirokchisi bo’lish imkonini beradi. Bundan tashqari, mehnat huquqi subyekti bo’la olishlik mehnat munosabati davomida subyektiv huquqlar va majburiyatlar ola bilish imkoni mavjudligini ham anglatadi. 2. Subyektiv huquq va majburiyatlar asosan qonunlardan kelib chiqib, mehnat huquqiy subyekti statusi negizini tashkil etadi, bu huquqiy holat Konstituttsiya, Mehnat Kodeksi, boshqa qonunlar bilan mustahkamlab qo’yilgan. 3. Mehnat huquqi subyektlari huquqlari va majburiyatlarining kafolatlanganligi. Ular huquqiy statuslarni mustahkamlashga, mehnat-huquqiy munosabatlarni barqaror bo’lishiga imkon beradi. 4. Mehnat-huquqiy munosabat ishtirokchilarning javobgarligi shaxs yuridik statusini belgilashda katta ahamiyatga ega. Mehnat - huquqiy muomala layoqati mazmunining muhim elementi – javobgarlik bo’lib, muomalaga layoqatsiz shaxsga javobgarlik yuklash mumkin emas. Mehnat huquqiy status subyektlar mehnat huquqiy-muomala layoqati xajmi, mazmuni turli subyektlarda turlicha ekanligi bilan ajralib turadi. Bundan shunday xulosa chiqishi mumkinki, subyektlar guruxining har birida ayrim guruxlar o’ziga xos statusga ega bo’lishi mumkin. Masalan, mehnat munosabatlari subyekti sifatida fuqarolar tadbirkorlar (ish beruvchi fuqarolar) va yollanib ishlovchi fuqarolarga, yollanib ishlovchilar esa o’z navbatida ishchilar, injener-texnik xodimlar, raxbarlar, yosh bolali ayollar kabi o’z huquqiy statusiga ko’ra aloxida mavqeiga ega bo’lgan toifalarga bo’linishi mumkin. Mehnat jamoalari ham mehnatga oid munosabat subyekti sifatida korxona mehnat jamoasi, tsex, bo’lim, filial mehnat jamoasi kabi huquqiy statusi har xil bo’lgan turlarga bo’linadi. Mehnat huquqiy status umumiy va maxsus turlarga bo’linadi. Har bir toifaga mansub subyektlar statusi maxsus statusni tashkil qiladi. Download 41.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling