1. Mehnat munosabatlari subyektlari tushunchasining mohiyati


Kasaba uyushmalari va mehnat jamoalari mehnat munosabatlari subyekti sifatida


Download 41.19 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi41.19 Kb.
#1515470
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma’ruza matni (1)

9.4. Kasaba uyushmalari va mehnat jamoalari mehnat munosabatlari subyekti sifatida.

Mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi bevosita munosabatlarga ham, bilvosita munosabatlarga ham kirishishlari mumkin. Ana shunday bilvosita munosabat ularning vakillari, vakillik organlari orqali amalga oshiriladi.


Mehnat munosabatlarining subyektlari tomonidan o’z subyektiv huquqlari va majburiyatlarini o’zlari vakolat bergan maxsus shaxslar yoki organlar orqali amalga oshirilishi mehnat munosabatlarida vakillik deb yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 21-moddasida mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo’lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saqlab qo’yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saqlanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkinligi aytilgan.
O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunning51-moddasida aytilganidek: «Kasaba uyushmasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga ko’ra o’z a’zolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog’langan fuqarolarning jamoat birlashmasidir.
Kasaba uyushmalari o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan xolda amalga oshirishi mumkin».
Kasaba uyushmalarining korxonalarda xodimlar nomidan vakillik qilishi, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish usullari hamda shakllari yuqorida tilga olingan qonun, Mehnat Kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi. Kasaba uyushmalarining mehnat huquqiy munosabat subyekti sifatidagi yuridik maqomini belgilashda ular qandaydir davlat yoki jamoat organlaridan mustaqil, o’z faoliyatini faqat xodimlar manfaatiga mos ravishda amalga oshiradigan organlar ekanligi muhim ahamiyatga ega.
Korxonalarda kasaba uyushmalari tuzish, ularning doimiy ish olib boruvchi organlarini tashkil etish (saylash), bu organlarning vakolatlar doirasini belgilash ushbu korxonada mehnat qilayotgan xodimlar jamoasi tomonidan bevosita amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining xodimlar vakillik organi sifatidagi faoliyatining shakllari xilma-xil bo’lib, ular qonunlarda belgilab qo’yilgan. Bunday shakllar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. mehnat va ijtimoiy himoyalash masalalariga oid qonunlar ishlab chiqilishida ishtirok etish, shu sohada qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinishi takliflarini bildirish;

  2. xodimlar mehnat huquqlarini ish beruvchilar, davlat organlari oldida, shu jumladan sud yo’li bilan himoya qilish;

  3. ish beruvchilar, ularning vakolatli organlari, davlat bilan xodimlar mehnat sharoitlarini belgilash, o’zgartirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borish;

  4. mehnat va kasaba uyushmalari to’g’risidagi qonunlarga ish beruvchilar, ularning vakillik organlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  5. qonunda belgilangan hollarda mehnat sharoitini belgilash yoki o’zgartirishga oid mehnat nizolarini ko’rib, hal etish;

  6. jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalari shartlarining to’liq bajarilishini kuzatib borish.

Kasaba uyushmalarining xodimlar vakillik organi sifatidagi huquqlari har tamonlama kafolatlanadi.
Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida (34-modda), «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunda, Mehnat Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan.
Bozor munosabatlari rivojlanib, kengayib borayotgan sharoitda kasaba uyushmalarining bosh funktsiyasi – xodimlarni himoya qilishdan iborat. Ish beruvchilar xodimlar vakillik organlarining korxonada faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berishi, ular faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi, qonuniy talablarini so’zsiz bajarishlari shart.
Mehnat qonunlari xodimlar vakillik organlari faoliyatida asosiy mehnat vazifasidan ozod etilgani xolda yoki kundalik mehnat burchlarini bajarishdan ozod etilmagan tarzda ish olib boruvchi xodimlar uchun qo’shimcha huquqiy kafolatlar berilgan. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 25-moddasida aytilishicha: «Xodimlarning vakillik organlari a’zolariga o’zlarning vakillik faoliyatlarini amalaga oshirishlari munosabati bilan ish beruvchi tomonidan biron bir shakldagi ta`qib qilinishdan himoya etish kafolatlanadi.
Vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga intizomiy jazo berishga, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmay turib yo’l qo’yilmaydi». Vakillik organlariga saylangan xodimlarning ushbu organlardagi vakolat muddati tamom bo’lganidan keyin ikki yil davomida ish beruvchi tashabbusi bilan mahalliy mehnat organlarining oldindan roziligi olinmasdan turib, ishdan bo’shatilishlari mumkin emas.
Vakillik organiga saylangan xodim vakolat muddati tamom bo’lganidan keyin ish beruvchi unga avvalgi lavozimini berishi, buning iloji bo’lmasa, o’sha lavozimga teng keluvchi boshqa vazifa berishi shart. Bunday kafolatlar haqida, shuningdek, Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatlarining kafolatlari to’g’risidagi Qonunning 17-20-moddalarida ham belgilab qo’yilgan.
Mehnat munosabatlarining subyekti sifatida mehnat jamoasi, bu – mehnat shartnomasi tuzilishi asosida korxona mehnat faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etayotgan xodimlar birlashmasidan iborat. Mehnat jamoasining mehnat munosabatlari subyekti sifatidagi vakolatlari doirasi, faoliyat olib borish shakllari va uslublari qonunlar bilan, birinchi navbatda «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi (116-modda), Mehnat Kodeksida (19, 21, 46 va boshqa moddalar), boshqa bir qator qonunlarda ko’zda tutilgan bo’lib, korxona hayotida ularning ham muayyan rol o’ynashi belgilab qo’yilgan. Mehnat jamoasining mehnat munosabatlarida ishtirok etishning asosiy shakli mehnat jamoalari a’zolari umumiy majlisi (konferentsiyasi)ni o’tkazilishidir.
Xodimlar bilan bir qatorda ish beruvchilar ham mehnat huquqiy munosabatlarda o’z vakillik organlari orqali ishtirok etishlari mumkin. Mehnat Kodeksining 28-moddasida aytilganidek: «Ish beruvchilar uyushmalarga, assotsiatsiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga birlashishga xaqlidir». Ish beruvchilarning vakillik organlarining mehnat huquqiy munosabatlardagi maqomi ushbu jamoat birlashmalarini ta`sis etishga oid hujjatlarda, ularning Ustavlari (Nizomlari)da belgilab qo’yiladi. Xozirgi paytda halq xo’jaligi tarmoqlari, iqtisodiyot sohasiga oid korxonalarni birlashtiruvchi ko’plab assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, uyushmalar va xokazolar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.
Ish beruvchilarning vakillik organlari xodimlar, ularning vakillik organlari, davlat va jamoat organlari bilan ish beruvchilar nomidan muzokaralar olib boradi. Bunda ish beruvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qiladi. Ish beruvchining vakillik organi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar Mehnat Kodeksining 28-moddasida ham bayon etilgan.



Download 41.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling