1. Mehnat munosabatlari subyektlari tushunchasining mohiyati


Ish beruvchilar mehnat munosabatlari subyekti sifatida


Download 41.19 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi41.19 Kb.
#1515470
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma’ruza matni (1)

9.3. Ish beruvchilar mehnat munosabatlari subyekti sifatida.

Mehnat munosabatlarining ikkinchi tomoni – ish beruvchilar bo’lib, ular yuridik shaxslardan iborat bo’lishi mumkin. Qoidaga ko’ra, ko’p hollarda ish beruvchi sifatida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalar, davlatning tegishli organlari ishtirok etadi. Ular mehnat munosabatlarining subyekti bo’la olishlari uchun zarur xajmda muomala layoqatiga ega bo’lishlari lozim va ushbu mehnat huquqiy muomala layoqati mazmuni, ya`ni ularning har birining mehnat huquqi subyekti sifatidagi huquqiy statusi turlicha bo’lib, qaysi mulkchilik shakliga asoslanishiga, xo’jalik yuritish shakliga, oldiga qo’yilgan ustav maqsadlariga ko’ra o’zaro farq qiladi.


Ish beruvchi korxona deganda qonunda belgilangan tartibda tashkil topgan (ro’yxatga olingan) mehnat bozorida ish taklif qiluvchi sifatida qatnasha oladigan subyekt tushuniladi. Tijoratchi tashkilot bo’lgan barcha yuridik shaxslar o’z ustav maqsadlariga mos keluvchi sohada ish beruvchi sifatida mehnat bozorida ishtirok etishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra ish beruvchi korxonaning mehnat huquqi subyekti bo’la olish imkoniyati uning rasman tashkil etilishi bilan yuzaga keladi (vakolatli davlat organida ro’yxatga olinishi bilan bog’laydi)3. Bunda ikki mezon mavjud bo’lishligi e’tiborga olinmog’i lozim. Ular:

  1. Operativ ;

  2. Mulkiy mezonlar.

Operativ mezonga ko’ra korxona kadrlar tanlash – joylashtirish bilan shug`ullana bilishi, Mehnatni tashkil etishi, sifatli va samarali ishlashlik uchun zarur shart-sharoitlarni yarata olishi lozim.
Mulkiy mezonga ko’ra ish beruvchi – korxona xodimlar mehnatiga xaq to’lash, bajarilgan ish uchun hisob-kitob qila bilishlik layoqatiga ega ekanligi nazarda tutiladi. Korxonani boshqarishning eng muhim masalalari qonun va korxona ustavi bilan huquqiy tartibga solinadi.
Korxonaning tugatilishi (bankrotlik, ixtiyoriylik va boshqa asoslar) va yagona davlat reestridan chiqarilishi bilan korxonaning mehnat huquqi subyekti ekanligi ham barham topadi. Tugatilayotgan korxonada mehnat qilayotgan xodimlar uchun qonunda muayyan kafolatlar nazarda tutilgan 4.



Download 41.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling