3-MODUL. KORXONA FAOLIYATINING NATIJALARI
8-MAVZU: Ishlab chiqarish xarajatlari
REJA
8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
8.2. Korxona tannarxining turlari
8.3. Yillik ishlab chiqarish xarajatlari maxsulot tannarxi
8.4.Iqtisodiy elementlar va kalkulyatsiya bandlari bo’yicha xarajatlar
8.5. Uchastka, tsex, ishlab chiqarish, zavod maxsulotining tannarxi
8.6. Sanoat maxsulotlarining tannarxini pasaytirish manbalari va omillari
8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Har qanday korxona, firma mahsulot ishlab chiqarishni boshlashdan avval qanday daromad, foyda olish mumkinligini hisoblab chiqadi.
Korxona foydasi 2 ko’rsatkichga bog’liqdir: mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarish harajatlari. Mahsulotning bozor narxi undagi talab va taklifning o’zaro taosiri natijasidir.
Demak, ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishni to’g’ri boshqarish bilan ishga solish mumkin bo’lgan juda ko’p imkoniyatlarga egadir.
Umumiy holda ishlab chiqarish va sotish harajatlari (mahsulot, ishlar, xizmatlar tannarxi) deganda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan boshqa harajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan
tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida NIZOM xo’jalik yurituvchi sub’ektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo’lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |