3-modul. Korxona faoliyatining natijalari 8-mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari reja


Download 154.5 Kb.
bet5/8
Sana04.04.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1324330
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Мавзу. Ishlab chiqarish xarajatlari

II. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga xaq to`lash harajatlari.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga xaq to`lash harajatlari tarkibiga quyidani moddalar kiritiladi:
1. Xo`jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga xaq to`lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajariladigan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajariladigan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan ish xaqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobgaolish bo`yicha dastlabki xujjatlarda nazarda tutilgan rag`batlantiruvchi tusdani to`lovlar.
2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari vaokladlarga ustamalar.
3. Ish rejimi va mehnat soitlari bilan bog`liq bo`lgan kompensatsiya tusidani to`lovlar, shu jumladan:
- texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari, vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari vaokladlarga ustamalar va qo`shimcha xaq;
- ko`p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo`shib olib borganlik va xizmat ko`rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
- xukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro`yxati bo`yichaog`ir, zararli, aloxida zararli mehnat va tabiiy-iqlim soitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, xususan, ushbu soitlardani uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
- aloqa, temir yo`l, daryo, avtomobil` transporti va katta yo`llar xodimlari doimiy ishi yo`lda o`tadigan yoki qatnov tusiga ega bo`lgan boshqa xodimlarning ish xaqiga, xo`jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan jo`nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to`lanadigan yo`lda o`tgan har bir sutka uchun to`lanadigan ustamalar;
- qurilishda, rekonstruktsiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo`lgan, shuningdek, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlarga ishning ko`chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
- doimiy ravishdaer osti ishlarida band bo`lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo`nab ketishlaridan vaorqaga qaytishlarigacha o`tadigan normativ vaqt uchun qo`shimcha xaq;
- mehnatga xaq to`lashning rayonlar bo`yicha tartibga solinishiga, shu jumladan, rayon koeffitsientlari vaamaldani qonun xujjatlariga muvofiq cho`l, suvsiz va yuqori tog` joylarida ishlaganlik uchun koeffitsientlar bilan belgilangan to`lovlar;
- xo`jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan (yig`ilish punktidan) ish joyiga vaorqaga qaytadigan yo`lda o`tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning meteorologiya soitlariga ko`ra va transport tashkilotlari aybi bilan yo`lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi.
4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun xujjatlari bilan belgilangan boshqa xollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun xaq to`lash.
5. Ishlamagan vaqt uchun xaq to`lash:
- amaldani qonun xujjatlariga muvofiq navbatdani (har yilgi) va qo`shimcha ta’tillar, navbatdani (har yilgi) foydalanilmagan va qo`shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o`smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidani tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko`rikdan o`tish bilan bog`liq vaqt uchun xaq to`lash;
- majburiy ta’tilda bo`lgan xodimlargaasosiy ish xaqini qisman saqlab qolgan xolda xaq to`lash;
- donor xodimlarga qonini tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun xaq to`lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig`inlar, favqulodda vaziyatlar bo`yicha yig`inlar va boshqalar) mehnat xaqi to`lash.
6. Xo`jalik yurituvchi sub’ekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-xuquqiy tusdani tuzilgan stnomalar bo`yicha ishlar bajarilganligi uchun xaq to`lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo`jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalgaoshirilsa, pudrat stnomasi ham shu jumlaga kiradi.
7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga xaq to`lash fondiga kiritiladigan to`lovlarning boshqa turlari.
III. Ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtagaajratmalar.
Ijtimoiy sug`urtagaajratmalarga quyidanilar kiradi:
1. Qonun xujjatlari bilan belgilangan normalar bo`yicha mehnatga xaq to`lash fondiga ijtimoiy tusdani majburiy ajratmalar.
2. Nodavlat pensiya jamg`armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug`urtaga va ixtiyoriy sug`urtaning boshqa turlarigaajratmalar.
IV. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo`yicha harajatlar tarkibiga quyidanilar kiradi:
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bo`yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun xujjatlariga muvofiq amalgaoshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.
2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo`jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo`jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo`ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo`lmagan nomoddiy aktivlar bo`yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo`jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
V. Ishlab chiqarish tusidani boshqa harajatlar.
Ishlab chiqarish tusidani boshqa harajatlarni hisobgaolishning navbatdani kompleks moddalari I, II, III, IV – bandlarda keltirilgan harajatlar elementlari bo`yichaajratiladi.
1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko`rsatish harajatlari:
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg`i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash harajatlari;
- asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish xolatida saqlash harajatlari (texnik ko`rik va qarov, joriy va mukammal tuzatish harajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, o`rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo`jalik yurituvchi sub’ektning o`z kuchi bilan o`tkazish ishlab chiqarish harajatlarining tegishli elementlari (moddiy harajatlar, mehnat xaqi to`lash harajatlari va boshqalar) bo`yicha maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi.
2. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo`lgan xizmat safarlariga yuborish bo`yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha harajatlar.
3. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug`urta qilish harajatlari.

  1. Brak tufayli kelib chiqadigan yo`qotishlar.

5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko`ra bekor turishlar tufayli yo`qotishlar.
6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko`rsatish harajatlari.
7. Maxsulot (xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiya qilish harajatlari.
8. Ishlab chiqarish jaroxatlari tufayli mehnat qobiliyati yo`qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to`lanadigan nafaqalar.
9. Umumiy foydalaniladigan yo`lovchilar transporti xizmat ko`rsatmaydigan yo`nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog`liq harajatlar.
Maxsulot tannarxi nazariyasida maxsulot tannarxi strukturasi degan muhim tushuncha mavjud. U ayrim harajatlarning maxsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami harajatlar summasidani nisbatini ko`rsatadi. Odatda, struktura foiz hisobida o`lchanadi.
Tannarx strukturasi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog`liqdir.
Maxsulot tannarxining strukturasi o`zgarmas miqdor hisoblanmaydi. Sanoatning o`sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashishi, asosiy vaaylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish xaqi miqdorining o`zgarishi, iste’mol buyumlari baholarining tartibga tushishi va transport tariflarining o`zgarishi bilan maxsulot tannarxi strukturasi ham o`zgaradi.
Maxsulot tannarxida qaysi guruxdani harajatlar asosiy o`rin tutishiga qarab, sanoat tarmoqlari bir-biridan farq qiladi – ko`p mehnat, ko`p material, ko`p energiya, ko`p mablag` talab qiladigan bo`ladi.
Ish xaqi uchun qilinadigan harajatlar (mehnat harajatlari) salmog`i eng katta bo`lgan ishlab chiqarish tarmog`i ko`p mehnat talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (ko`mir sanoati, yog`och tayyorlash sanoati va boshqalar).
Xom ashyo va materiallarga qilinadigan harajatlar salmog`i eng katta bo`lgan ishlab chiqarish tarmog`i ko`p material talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (engil sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik).
Harajatlarning ko`p qismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun sarflanadigan tarmoqlar ko`p mablag`lar talab qiladigan tarmoqlarga kiradi (masalan, neft` va gaz qazib chiqarish, gidroelektrostantsiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish).
Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobgaolish, tannarx strukturasini va ishlab chiqarish harajatlarini iqtisodiy taxlil qilish ishlab chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni o`rganish, ishlab chiqarishdani chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo`llarini belgilashga imkon beradi.



Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling