8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari Reja Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash


Download 324.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana02.04.2023
Hajmi324.87 Kb.
#1319024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (2)



8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari 
Reja 
8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash 
8.2. Korxona tannarhinng turlari 
8.3. Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi 
8.4. Iqtisodiy elementlar va kal’kulyatsiya bandlari bo’yicha xarajatlar 
8.5. Uchastka,sex, ishlab chiqarish, zavod mahsulotlarining tannarxi 
 
8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash 
 
Har qanday faoliyat ma’lum turdagi resurslar sarfi bilan bog’liqdir. Bular: moddiy, 
moliyaviy, mehnat, vaqt, axborot, bilimlar va boshqa turdagi resurslardir. Mahsulot (ish, xizmat) 
birligi uchun sarflangan mablag’ ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Xarajatsiz hech qanday 
iqtisodiy faoliyat yuz bermaydi, uni qilmasdan turib foyda topish mumkin emas. 
Iqtisodiyotda xarajatlarning umumiy miqdori emas, ularning samarasi muhim. Xarajatlar 
samaradorligini to’liqroq ifodalash uchun qiymat va natural ko’rsatkichlarga umumlashgan tavsif 
berish kerak bo’ladi.
Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat harajatlari bilan bog’liq. 
Harajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning 
jami harajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va unga qarab ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini aniqlash mumkin. 
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog’liq harajatlarni ham amlga 
oshirishadi. Bunday harajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat harajatlari ham deyiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan 
tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq korxonalarning 
harajatlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatlar
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada 
hisobga olinadigan hamda davr harajatlariga kiritiladigan harajatlar; 
- korxona umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda 
hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha harajatlari; 
- favqulodda zararlar. 

Download 324.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling