V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI 16- §. MEHNATGA OID MUNOSABATLAR
Bilimingizni sinang!
1. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud jarayonining qatnashchilarini, ularning huquq va majburiyatlarini ayting. 2. Sud ishini o‘tkazishning ketma-ketligi haqida hikoya qi- ling. 3. Da’vo jarayonida sud ishining qanday bosqichida taraflar sud ishini to‘xtatish huquqiga egalar? V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI 16- §. MEHNATGA OID MUNOSABATLAR MEHNAT MUNOSABATLARINING ASOSLARI Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respub- likasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Preziden- tining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Ken- ges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir. 4 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 97 98 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyat- lariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki im- tiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvo- fiq mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan: — har bir shaxs mehnat qilish; — erkin ish tanlash; — haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tar- tibda ishsizlikdan himoyalanish; — o‘z mehnati uchun haq olish; — muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb- lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kun- lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish; — xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish; — kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; — ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar- ning o‘rnini qoplash; Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling