V a z I r L i g I
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogika nazariyasi va tarixi 2
O ’ Z B E K I S T O N
R E S P U B L I K A S I X A L Q
T A ’ L I M I
V A Z I R L I G I N A V O I Y
D A V L A T P E D A G O G I K A
I N S T I T U T I 2011 PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI FANIDAN FANI BO`YICHA O`QUV-USLUBIY MAJMUA (BAKALAVRIAT BOSQICHI TALABALARI UCHUN) F.O.XODJIYEVA
N A V O I Y
F.O.ХODJIYEVA «Pedagogika nazariyasi va tarixi» fani bo`yicha o`quv- uslubiy majmua (bakalavriat bosqichi talabalari uchun). -Navoiy: 2011. 365 -bet.
«Pedagogika nazariyasi va tarixi» fanidan ushbu o`quv-uslubiy majmua Navoiy Davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasida tayyorlangan. Ushbu majmua o`quv-uslubiy va ma'lumotli hujjatlardan iborat bo`lib, talabalarni ma'ruza va amaliy masg`ulotlarni mustaqil o`rganish bo`yicha o`zlashtirish sifatini oshiradi. O`quv-uslubiy majmua «Pedagogika nazariyasi va tarixi» fani bo`yicha bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan.
p.f.n., dots. D.Axatova
Navoiy Davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasining 2011 yil mart oyidagi 9-son yig`ilishida muhokama qilingan
1-Mavzu: KIRISH. KADRLAR TAYYORLASh MILLIY MODELI O’QITUVChILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI. Mashg’ulot maqsadi I. Bosh maqsad - «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ni o’rganish va bo’lg’usi o’qituvchilarda pedagogik mahoratni shakllantirish; «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq qilishga qodir bo’lgan qobiliyatlarni shakllantirish.
II. Oraliq maqsadlar (Ta’lim natijalari) - Mustaqillikdan keyingi ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar mohiyatini bilish; Ta’lim qonuni va milliy dasturning qabul qilinish sabablari; Ta’lim qonunining tuzilishi va mohiyati; «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning mohiyati; «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlari; o’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti; o’qituvchining jamiyatda tutgan o’rni; o’qituvchi shaxsining insonparvarligi to’g’risida tushuncha berish. III. Harakatga teng maqsadlar (Natijaga erishish shartlari) - O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasida bo’layotgan islohotlarga munosabat bildirish; Ta’lim qonuni va milliy dasturning qabul qilinish sabablarini tahlil etish; Ta’lim qonuni asosida ta’lim tizimi va turlarini yoddan sanab berish; «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi va uni ro’yobga chiqarish bosqichlarini yoddan aytib berishga tayyorlanish; «Kadrlar tayyorlash milliy modeli» tarkibiy qismlari mohiyatini ochib bera olish; o’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini gapirib berish; bugungi kunda jamiyatimizda o’qituvchining tutgan o’rniga munosabatini bildirish; o’qituvchi shaxsining insonparvarligiga o’z o’qituvchilari namunasida misollar keltirish. IV. Erishilgan natijani o’lchash me’yori (baholash usuli) - guruhlarga bo’lingan holda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni «B-B-B jadval»i asosida tahlil qilish; «Mening ideal o’qituvchim» mavzusida referat tayyorlash; milliy modelning tarkibiy qismlariga sinkveyn tuzish; berilgan vaqt doirasida testlar to’plamini bajarish; Mashg’ulot davomida berilgan savollarga javob berish.
1. "Ta’lim to’g’risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning qabul qilinishi, ularning mohiyati. 2. «Kadrlar tayyorlash milliy modeli» to’g’risida tushuncha. 3. O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o’rni. 4. O’qituvchi shaxsining insonparvarligi.
Jihozlar: Multimedia, elektron proyektor, mavzuga oid turli diagramma va chizmalar; «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».
Ma’ruzani boshlashdan oldin hurmatli Prezidentimizning «Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi»
degan fikrini uqtirgan holda ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy g’oyani ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini qayd etib o’tmoqchimiz.
Bu ulug’vor vaziflarni amalga oshirish uchun Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgust IX sessiyasida, qonuniy zamin bo’lgan "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Shu o’rinda, jamiyatimizdagi qaysi holatlar Ta’lim qonuni va Milliy dastur qabul qilish zaruratini yuzaga keltirdi? degan savolning tug’ilishi tabiiy.
O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’grisida»gi Qonunining qabul qilinishiga bir qator omillar sabab bo’ldi: birinchidan, biz yashayotgan muhitda ijtimoiy tuzum o’zgarishi bo’lsa, ikkinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish va mulkka bo’lgan munosabat o’zgardi, uchinchidan, eski mafkuraviy qarashlar yangi sharoitga javob bermay qo’ydi, to’rtinchidan, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tadbirlar jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilinishni, talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar his-to’yg’ularini singdirib, ularni har tomonlama barkamol, chuqur bilimga ega mutaxassis etib tayyorlashni taqozo etdi.
Ta’lim qonuni va Milliy dasturni o’rganish uchun bugungi kunda keng qo’llanilayotgan interfaol uslublar yordamida, xususan «B-B-B chizma»dan foydalanamiz. B-B-B - (Bilamiz. Bilishni xohlaymiz. Bildik) usuli mashg’ulot jarayonida matnni tushunishni kuzatishdagi grafik tashkilotchi hisoblanadi.
bilamiz? Nimani bilishni xohlaymiz? Nimani bildik?
(Talabalar guruhlarga bo’linish qoidalari asosida kichik guruhlarga ajratiladi. Ta’lim qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuzasidan har bir guruh o’zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz» ustunini to’ldirishadi. Doskada chizilgan jadvaldagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo’yicha guruhlanadi. Masalan, ta’lim turiga, tizimiga, boshqarishga va boshqalarga oid javoblar. Keyin har bir guruh a’zolari o’zaro kelishgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o’zini qiziqtirgan savollarini yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so’ng talabalar Ta’lim qonuni va Milliy dastur matni bilan to’liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o’zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganlarini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo’lsa, uni o’qituvchi to’ldiradi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshiradi.)
degan savolning tug’ilishi ham tabiiydir.
Ma’lumki, "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun 5 ta bo’lim 34 moddadan iborat. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarida: ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi, demak ta’lim - tarbiya ishlari davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biridir.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir: 1.Ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi.
2.Ta’limning uzluksizligi va izchilligi. 3.Umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus kasb hunar ta’limining majburiyligi.
4.O’rta maxsus, kasb hunar ta’limining yo’nalishini tanlashning ixtiyoriyligi. 5.Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi.
6.Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi. 7.Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuvi.
8.Bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish. 9.Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
Ta’lim - tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan maqsad barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: 1.) Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari. 2.) Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari. 3.) «Kadrlar tayyorlashning milliy modeli». 4.) Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yunalishlari. 5.) Dasturni ruyobga chiqarishga oid tashkiliy chora- tadbirlar1 nomli besh bo’lim mavjud. «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlarini ko’rib chiqsak.
Shaxs- kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;
va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
saviyasiga qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. O’qituvchilik (pedagog) kasbi qachon va qanday zaruratlar natijasida paydo
Bu savol yuzasidan munozara uyushtiramiz (Talabalarning fikrlari tinglanadi, muhokama etiladi va yakuniy xulosa chiqariladi).
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.
Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asosiy shart bo’ldi. Inson mehnat qurollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi. Eng oddiy mehnat qurollarini qo’llash va ularni ongli ravishda tayyorlashning toboro kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarini berish zaruratini tug’dirdi.
Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro’y berar edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.
Yangi tug’ilgan bolani jamoadagi keksalar, oqsoqollar boqardilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirlarida bolalarni tarbiyalash uchun yoshlar uylari paydo bo’lib, ularda urug’ oqsoqollari bolalarga tarbiya berganlar. Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun
1 Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Баркамол авлод- Ўзбекистон тараqqиётининг пойдевори.Тошкент: «Шарq»,1998. 32-61-бетлар «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlari
DAVLAT VA JAMIYAТ
TA’LIM
ISHLAB CHIQARISH
maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim beradigan kishini «didaskal» («o’qitaman», «o’rgataman» so’zidan olingan) deb ataganlar. Bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borgan yoki sayrlarga olib chiqqan bunday tarbiyachi «pedagog» («payne»- bola, «agogeyn»- yetaklamoq so’zidan olingan) deb atalgan. Bu tushunchalar hozirda ham o’qituvchiga nisbatan ishlatiladi, lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.
Har bir jamiyatda ham pedagog, o’qituvchi, tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan. Ayniqsa, bizning mustaqil yurtimizda o’qituvchiga hurmat- e’tibor va unga quyilgan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda. Bu o’rinda Respublikamizda 1 oktabrni «Ustoz va murabbiylar kuni» deb e’lon qilinganligini ta’kidlab o’tish joiz.
Ma’lumki, "shaxs va davr" yoki "davr va shaxs" munosabati muammolari tahlilida uchta holat bo’lishi mumkin:
Birinchidan, shunday shaxslar bor - ular davr bilan hamnafas, o’zi yashagan zamonning yalovbardori sifatida namoyon bo’ladi.
Ikkinchi toifa shaxslar o’z davrining ruhi, maqsad va vazifalarini anglay olmaydi, ya’ni zamondan orqada qoladi.
Uchinchi toifa insonlar yetakchilar sanalib, ular voqelikdan o’zib ketadi, ayni paytda o’z davrining ruhini chuqur his etadi va anglaydi. Bunday shaxs hayotiy qarashlari, g’oyasi va faoliyat yo’nalishida kelajakni ko’ra oladi.
O’qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo’lgan, ma’naviyati yuksak shaxs bo’lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo’lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o’z ifodasini topadi, uning g’oyalari jamiyatga singadi. Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi. Ikkinchidan yurtboshimiz so’zi bilan aytganda: «ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi», «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi... «ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi»
Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko’zlagan maqsadlarga erishishi ta’lim- tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o’qituvchiga ham bog’liqdir. O’z davrining ruhini chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o’qituvchi tarbiyachilarning bosh vazifasidir. O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishmog’imiz darkor. O’qituvchining bosh vazifasi: o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta’limiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.
2-MAVZU: PEDAGOGIKANING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI. Mashg’ulot maqsadi I. Bosh maqsad - pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, pedagogika fanlari tizimi mohiyati, asosiy pedagogik kategoriyalar, milliy mafkurani shakllantirishda Pedagogikaning fan sifatidagi vazifalari bilan tanishish.
tayyorlash milliy dasturi» mohiyati; ta’lim-tarbiya sohasidagi islohatlar maqsadi; Prezidentimiz I.A. Karimovning «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida ilgari surilgan g’oyalar; «Pedagogika» so’zining kelib chiqishi va ma’nosi; Pedagogika fanining maqsad va vazifalari; jamiyat rivojida pedagogikaning o’rni; pedagogikaning asosiy tushuncha (kategoriya)lari: ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, tarbiyaning maqsadi, bilish, anglash, o’rgatish; Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi; Pedagogika fanlari tizimi; milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning o’rni kabi masalalarni bilish.
tarbiya sohasida bo’layotgan islohatlarga munosabat bildirish; Ta’lim qonuni va milliy dasturning qabul qilinish sabablarini tushuntirib berish; Prezidentimizning «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqidagi asosiy g’oyalarni ajratib, mohiyatini yoritib berish; Pedagogika fanining maqsad va vazifalari, uning asosiy tushunchalari («ta’lim», «tarbiya», «ma’lumot» va hokazolar)ga berilgan ta’riflarni yoddan aytishga tayyorlanish; Pedagogika fanining jamiyat rivojidagi o’rnini misollar bilan yoritib berish; Pedagogika fanining falsafa, tarix, psixologiya, sotsiologiya, etika, estetika, iqtisod, adabiyot fanlari bilan aloqasini misollar bilan izohlab berish; pedagogika fanlari tizimini sharhlab berish; Milliy mafkurani shakllantirishda ta’lim-tarbiya muassasalarining roli haqidagi o’z qarashlarini bayon etish. IV. Erishilgan natijani o’lchash me’yori (baholash usuli) - guruhlarga bo’lingan holda «Ta’lim qonuni va Milliy dastur», «Ta’lim-tarbiya islohati», «Pedagogikaning fanlar bilan aloqasi», «Pedagogika fanlari tizimi» tushunchalariga Klaster tuzish; Pedagogika, ta’lim, tarbiya, ma’lumot so’zlariga Sinkveyn tuzish; berilgan vaqt doirasida testlar to’plamini bajarish; Mashg’ulot davomida berilgan savollarga javob berish. REJA:
1. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 2. Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati. 3. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. 4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi. 5. Milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning o’rni.
Bu savolga javob berish uchun dastlab Prezidentimizning Oliy Majlis XII sessiyasida aytgan quyidagi fikrini keltirishimiz o’rinlidir: « Eng avvalo bizning ta’lim tizimiga bo’lgan munosabatimizni ham tubdan o’zgartirish kerak. Ta’lim islohati bizni demokratik o’zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo’lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo’lmog’i zarur. Har birimizga besh barmoqday, eskicha aytganda to’qqiz pulday ayon bo’lsinkim, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o’zgartirish mumkin emas».
Yurtboshimiz ta’lim-tarbiya islohatining zarurligi va muhimligi haqida o’zining qator nutqlarida ham qayta-qayta to’xtab o’tadi. 1997 yil Oliy Majlis 1X sessiyasida so’zlagan nutqida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho’rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to’liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o’zgarishlar yuzaki bo’lib, ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi... kabilar ham bu islohatni zarurligini ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) da "Ta’lim to’g’risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Bu qonun hujjatlariga asosan respublikamizda ta’lim - tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishning qonuniy asoslari belgilab olindi. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Ana shu sessiyada Prezident I.A.Karimov "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida nutq so’zlab quyidagi g’oyalarni ilgari surgan edilar: Maktablarning moddiy bazasini mustahkamlash; Bilimli, mahoratli tarbiyachi o’qituvchilarni tayyorlash, ularning hayotiy talablarini qondirish; O’quv jarayoniga tegishli bo’lib boshlang’ich sinflarda va undan keyingi bosqichlarda o’qiyotgan bolalarga qaysi sinfda nimani o’qitish maqsadga muvofiqligini ilmiy nuqtai nazardan asoslash; 4.Boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qaramaslik, chunki bolaning dunyoqarashi, didi salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo’yilishiga katta e’tibor berish.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy tuzum o’zgardi. Ijtimoiy tuzumning o’zgarishi shu tuzumning maqsadi, vazifalariga mos keladigan va uni amalga oshiradigan kadrlar tayyorlash vazifasini qo’ydi. Demak, ta’lim - tarbiyaning tashkiliy - uslubiy asoslarini yaratish davr talabi bo’lib qoldi. Ana shu davr talabiga muvofiq barkamol avlodni tayyorlab voyaga yetkazishning qonuniy asosi bo’lmish "Ta’lim to’g’risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi.
XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo’lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug’vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimiz qayta tiklana boshlandi.
Har bir mustaqil fan o’zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, pedagogika fan sifatida shakllanib, o’zining predmetiga ega. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo’lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.
Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish davri)da yashab ijod etgan Al- Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namayondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro’pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotssi, Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, J. Lokk, Jon. Dyui, Edvard Torndayk, S. T. Shatskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo’shdilar.
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish, o’rgatish, ta’lim-tarbiya metodlari, prinsiplari va boshqalar kiradi. Biz ularni pedagogik tushunchalar ham deb ataymiz.
uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi.
Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan bilim qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Ma’lumot - ta’lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy Pedagogikaning vazifalari
dunyoning moddiy- ma’naviy rivoji-da barkamol shaxsni shakllantirish
shaxsning aqliy- amaliy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish
insonning ijodiy qobiliyatlarini
namoyon etish insonning intellektual jihatdan rivojini ta’minlash
insonning o’zi xohlagan kasbini tanlashi uchun
o’zi tanlagan mutaxassisligi bo’yicha baxtiyor faoliyat ko’rsatishi uchun tar-biyaviy- didak-tik shart- sharoit yaratish Pedagogika fanining predmeti
Тa’lim-tarbiya- ning zamonaviy qonuniyatlari
Тa’lim-tarbiya- ning mazmuni
Тa’lim-tarbiya- ning usullari, vositalari
Dunyoning moddiy- ma’naviy rivojida shaxs kamolot uy-g’unligi
maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o’ylab ko’rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo’lgan mehnatining o’ziga xos turidir.
Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyachining yo’naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o’z-o’zini taraqqiy ettirishidir.
Маданият- шунослик психология
физиология гигиена математика кибернетика лингвистика валеология социология сиёсатшунослик информатика демография этнография диншунослик эстетика Ахлоqшу- нослик
фалсафа тарих
мантиq биология Педагогика фанининг предматлараро боg’лиqлиги Мактабгача таълим педагогикаси Умумий таълим педагогикаси
Ўрта махсус, касб- hунар таълими педагогикаси Олий таълим педагогикаси Даволаш педагогикаси Герантопедагогика Hарбий педагогика Янги педагогик технологиялар Педагогик диагностика Педагогика тармоqлари
Milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda Pedagogikaning o’rni qandayligini ko’rib o’taylik.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi g’oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g’oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limotida, uning muqaddas kitobi "Avesto"da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodi har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo’llari bayon qilingan. Boy ma’naviy qadriyatlarimizga munosabatni belgilashda Prezidentimiz I.A.Karimov maqsad, faqat ilmiy madaniy merosni o’rganish emas, balki betakror xazinamizning ilmiy, amaliy tamoyillarini yangi davrga xizmat qiluvchi qirralarini, hikmatlarini
Дифек-тология Сурдопедаго-гика (соqов болаларни ўqитиш ва тарбиялаш Логопедия нутqи яхши ривожланма-ганлар билан шуg’улланиш Тифлопедагогика-кўзи ожиз болаларни ўqитиш ва тарбиялаш Олигофренопедаго- гика (аqлий ривожланишдан орqада qолган болаларни тарбиялаш ва ўqитиш)
ochish, ularni hayotga tatbiq qilishdan iborat ekanligini mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq belgilab bergan edilar. Mamlakatimizda ma’naviyat sohasiga alohida e’tibor berilishi milliy davlatchiligimizning, milliy mafkuramizning asosini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz g’oya, mafkura, milliy g’oya, milliy mafkura, ma’naviyat atamalarining etimologiyalarini ochib berdi. U milliy g’oya, milliy mafkura har kungi hayot sharoitlaridan kelib chiqishi bilan birga har bir fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan kelib chiqishini ko’rsatdi.
Ma’lumki, g’oya - insonlarga kuchli ruhiy ta’sir ko’rsatuvchi, ularni harakatga keltiruvchi fikrdir .Fikr esa inson miyasining mahsuli .
Mafkura (arabcha «mafkura»- nuqtai-nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui)-jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar , fikrlar va g’oyalar majmuidir.
Milliy mafkura - xalqimizning ma’naviy - ilmiy mentaliteti, g’oyalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tutayotgan yo’li, davlatga, jamiyatga, olamga, o’z - o’ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan ibortadir.
Insonning ma’naviy faolligi amaliy - kasbiy faolligi bilan uyg’unlashganda barkamollik sifatlari tabiiy shakllanadi, rivojlanadi. Aynan ana shu tushunchalarni to’g’ri anglash ta’lim - tarbiyaning metodologik asoslarini to’g’ri tanlashga yordam beradi. Chunki ta’limning sub’ektivlik, demokratik, huquqiy insonparvarlik asoslari insonlarning nodir, betakrorligini ro’yobga chiqarishdir.
Yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog’lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma’naviyati boy, mustaqil fikrli va olijanob shaxslar bo’lib ulg’ayadi. Mafkuraviy dunyoqarash va milliy g’oyalar shunday e’tiqod asosida shakllanadi.
Milliy istiqlol g’oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirishda milliy urf-odat va an’analarimizning, oila va mahallalarning, ayniqsa ta’lim-tarbiya beruvchi muassasalarning o’rni juda salmoqli bo’lib, bu ham pedagogika fani oldiga ulug’vor vazifalarni qo’yadi. Qanday usullar, vositalar va yo’llar bilan ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish lozimligini pedagogika belgilab beradi. Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
1.Quyidagi «.. donolar bisotidan..» deb nomlanmish hikoyatlardan parchalarni o’qing va mushohada qiling.
Ilm o’rganish fazilatlari haqida
Allohning yerdagi elchisi Rasululloh aytmishlarki, ilm o’rganish har bir mo’min va muslima uchun farzdir. Ilm tolibi uchun borliq mavjudot, hatto dengizdagi baliqlar ham (o’z) gunohlarini so’rab istig’for aylaydilar.
Ilm ibodatdan afzaldir, chunki u dinni tutib turuvchidir. Bilim olmoq ikki toifaga bo’linur, ya’ni biri qalban ilmga tashnalikdur, bu foydali ilmdur. Bunday ilm kishi hayotini toabad nurafshon qiladur. Ikkinchi xildagi ilm esa faqat tildagidur.
2. F a r o s a t u ch u n m a o sh.
Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo’lib, biri ko’p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og’zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o’z ishlari bilan mashg’ul bo’lar ekan.
Sabr kosasi to’lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to’kib solibdi. Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo’yin tovlagan yerim yo’q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim yetmayotir,- debdi. Xoja mirzaning so’zini eshitib miyig’ida kulibdida, uning da’vosi to’g’ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi. Bosh ustiga!- debdi mirza tavoze bilan o’rnidan turarkan. Bo’lmasa eshiting- debdi xoja.-Karvonsaroyga Bog’doddan savdogarlar tushishibdi. Borib ulardan so’rang-chi, bisotlarida baxmal matosi bormikan? Mirza ko’ksiga kaftini qo’yib: «Xo’p bo’ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha vaqt o’tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi. -Taqsir bog’dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan!-debdi. Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi?-debdi xoja. Yo’q! Rangini so’ramabman. Rangini bilib keling!- deb buyuribdi xoja mirzaga. Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o’tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi. Bildim taqsir! Rangini so’rab bildim! Pistamagiz ekan baxmal rangi! Yaxshi, - debdi xoja.- Baxmalning gazini necha so’mdan sotarkanlar bog’dodlik birodarlar?
Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga zing’illabdi va u yerdan baxmal narxini ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo’lib qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?»-degan savolni ko’ndalang qilib, uni mulzam qilibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan ekan, xoja uni to’xtatibdi. To’xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib,birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o’tgach, xoja va birinchi mirza o’tirgan yerga kirib kelibdi. To’g’ri taqsir! Karvonsaroyga Bog’doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari xam bisyor emish,- debdi. Rangi qanday ekan uning? Rangi pistamag’iz, sifati ham soz! Har gazini qanchadan deyishmoqda?
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xojasining «Hammasi bo’lib qancha baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi. Shu paytdan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi. Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini? Maosh belgilashda xodim farosati xam e’tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir!- debdi.
Savol: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2)Mustaqil fikrlovchi inson bo’lib shakllanishda farosatning o’rni qanday? Sizning fikringizcha , xalq manfaatini ko’zlashda, Vatan ravnaqini yuksaltirishda mustaqil fikrlash ko’nikmalari zarurmi? . Javobingizni asoslab bering ADABOYOTLAR RO`YXATI I. RAG`BATLANTIRUVCHI ADABIYOTLAR 1. I.A.Karimov. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura,. Тoshkent 1992 y. 2. I.Karimov. Milliy mafkuramiz xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin. «Тafakkur» jurnali.1998y. №2 3. I.A.Karimov «Ma’naviy yuksalish yo’lida» Тoshkent. «O’zbekiston» 1998 y. 4. I. A. Karimov. «Тarixiy xotirasiz kelajak yo’q». «Muloqot» jurnali. 1998. 5-son. 5. I.A. Karimov. «Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz».7-jild. Т. «O’zbekiston» 1999 y. 6. I. Karimov. Donishmand xalqimning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi 2000 yil 7. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008. 8. I.A.Karimov Vatanimizning bosqichma-bosqch va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oily maqsadimiz. – T.: “O’zbekiston”, 2008 9. I.A.Karimov. Eng asosiy me’zon – hayot haqiqatn aks ettirish.- T.: “O’zbekiston”, 2009
10. I.A.Karimov. Jahon moliyaviy – iqtisodiy nqirozi, O’zbekipston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.- T.: “O’zbekiston”, 2009. 11. O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni.// Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T., “Sharq”, 1997 y. 12. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. .// Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T., “Sharq”, 1997 y. 13. Umumiy o`rta ta’lim davlat ta`lim standartlari
1. Mavlonova R. Pedagogika. -T. “O`qituvchi”, 2007 y. 2. Zununov A. va boshqalar. O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. Т. 1996 y.
3. Djurinskiy A.N. Istoriya pedagogiki. –M.: Vlados, 1999. 4. Zunnunov A. va boshq. Pedagogika tarixi. Т.: “Sharq”, 2000. 5. O. Hasanboyeva, J, Hasanboyev, H. Homidov. Pedagogika tarixi. Т.1997 y. 6. K.Hoshimov va boshkalar. Pedagogika tarixi. Т. 1996 y. 7. K.Х.Hashimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi. – Т.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi. 2005 8. X.Ibragimov, Sh. Abdullayeva Pedagogika. T.: “Fan va texnologiya” 2007. 9. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika. T.,”Fan”, 2008 yil 10. Х.Ibragimov, Sh..Abdullayeva. istoriya pedagogiki. Т.,”Fan”, 2008 yil 11. Lixachev B.Т. Pedagogika - M.: Yurayt, 1999. 12. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. -Т.: O’qituvchi, 2001. 13. Sh.Abdullayeva. S.Sayitov. Istoriya pedagogiki. Т.,”Fan”, 2008 yil 14. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1qism. Pedagogika nazariyasi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik./ M.Х.Тoxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. “Iqtisod-moliya”, 2007.-380 b. 15. Pedagogika /Pod red. P.I.Pidkasistogo – M.: 2003. 16. Pedagogika A.Q.Munavvarovning tahriri ostida). -Т.: O’qituvchi, 1996. 17. Podlasыy I.P. Pedagogika 1-2 t. -M.: Vlados, 1999. 18. Тursunov I.Y., Nishonaliyev O’.N. Pedagogika kursi.-Т.: O’qituvchi, 1997. 19. O’zbek pedagogikasi tarixi. (Тuzuvchi muallif, prof. A. Zunnunov) -Т.: “O’qituvchi”, 1997. 20. Хarlamov I.F. Pedagogika – M.: Gardariki, 2003. 21. Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Homidov H. Pedagogika tarixi-. Т.: “O’qituvchi”, 1997.
22. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi.-Т.: “O’qituvchi”, 1996. 23. Ғaybullayev N., Yodgorov R. va boshq. Pedagogika. Oliy o’quv yurtlari uchun qo’llnama.-Т., 2005. 24. Хasanboyev J.Y. va boshqalar. Pedagogika. O’quv qo’llanma.-Т., “Fan”.2006. 25. Ziyomhammadov B. va boshq. Pedagogika: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. -Т., 2000. 26. Ziyomhammadov B. Pedagogika. Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma -Т. “Тuron-Iqbol”.-2006. III. QO`SHIMCHA ADABIYOTLAR 1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari to’g`risida Nizom. Т. 2. Abdulla Avloniy. Тurkiy guliston yoxud axloq. —Т.: O’qituvchi 1993. 3. Abdurasulov M. O’zbek ma’rifatparvar shoirlari ilm ma’rifat haqida. -Т.: O’qituvchi, 1981. 4. Abu Abdulloh ibn Ismoil al-Buxoriy, Al-adab al-mufrat (Adab durdonalari)-Т.: “O’zbekiston”, 1990. 5. Abu muhammad ibn Iso at-Тermiziy. Ash-shamoilan-nabaviya. Т.: Cho’lpon, 1993. 6. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Т.: Хalq merosi nashriyoti. 1993. 7. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Тanlangan asarlar. 8. Avloniy A. Тurkiy Guliston yohud axloq. Т.: “O’qituvchi”, 1992. 9. Aliqulov H., Omonboyev R. Jomiy va Davoniy ta’lim-tarbiya haqida. -Т.: O’qituvchi, 1981. 10. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. O’n besh tomlik. 13-tom. -Т.: Adabiyot va san’at, 1996. 11. Ahmedov A. Ulug`bek Muhammad Тarag`ay. Т.: “Fan”, 1991. 12. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad. /Odob durdonalari/.-Т.: O’zbekiston, 1990.
13. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-jome’ as-saxix. -Т.: O’zbekiston, 1991. 14. Kaykovus. Qobusnoma. Т.: “Meros”, 1992. 15. Komenskiy Ya.A. Buyuk didaktika. Т.: “O’qituvchi”, 1975. 16. Qur’oni Karim. -Т.: Cho’lpon, 1993. 17. Maktabshunoslik asoslari. M.Zimin tahririda.Т.,1991 y. 18. Yusuf Хos Hojib. Qutadg`u bilig (so’zboshi muallifi B.Тuhliyev). — Т.: Yulduzcha, 1991. 19. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-jome’ as-saxix. —Т.: O’zbekitson, 1991. 20. Lapshin V.A., Puzanov B.P. Osnovы defektologii. Ucheb. posobiye dlya sud. Ped. in- tov. —M.: Prosveщeniye, 1992. 21. Тemur tuzuklari. Т. 1992 y. 22. Z.Yo’ldoshev, S.Hasanov. «Avesto»da axloqiy-ta’limiy qarashlar.Т. 1992 y. 23. A.Aliyev. Jadidchilik ma’rifati va ta’lim-tarbiya. «Ma’rifat» gazetasi 1993 y. 24. I.Avazov. Muhammadxo’ja Behbudiy-ma’rifatparvar. Т.,1993 y. 25. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shaщri.Т.: Хalq merosi nashr., 1993. 26. Obrazivaniye za rubejom. Sistema narodnogo obrazovaniya Fransii. Sostavitel Jan Nol Vezian. Т., 1993. 27. Abdulla Avloniy. Тurkiy guliston yoxud axloq. —Т.: O’qituvchi 1993. 28. U.Dolimov. Istiqlol fidoiylari. Isoqxon Ibrat Т., 1994 y. . 29. Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yohud juvonmardlik qissasi. Т. 1994 y. 30. Razvitiye obrazivaniya v zarubejnix stranax. (1950-1990). M.Abbasova. Т., «Fan», 1994.
31. Uedemir Muammer. Тurk ta’lim tizimi. (Хorijda ta’lim), Т.,1994. 32. Fransiyada ta’lim tizimi. M. Abbasova tahririda. Т., 1994. 33. A. Zununov va boshqalar. O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. Т. 1996 y.
34. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. O’n besh tomlik. 13-tom. —Т.: Adabiyot va san’at nashr., 1996. 35. Z.Mirtursunov . O’zbek xalq pedagogikasi. Т. 1967y. O’zbek pedagogikasi tarixi. Тuzuvschi A. Zununov. Т. 1997 y. 36. Jaloliddin Rumiy. Ma’naviy-masnaviy. Т. Sharq. 1999 y. 37. H. Homidiy. Ko’hna sharq darg`alari. Т. 1999 y. 38. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. —Т.: O’qituvchi, 2001. 39. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. —Т.: Moliya, 2003. 40. Maxsus pedagogika. B.S.Raxmonova. -Т.: Fan., 2004 41. K.X.Hashimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi. 2005 42. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika. T.,”Fan”, 2005 yil 43. Sh.Abdullayeva, D.Axatova, B.Sobirov,S.Sayitov.Pedagogika. Ekspress- ma’lumotnoma.T., “Fan”,2005 yil 44. A.Zunnunov, U. Mahkamov. Didaktika. – T.: “Sharq”, 2006. 45. O.Hasanboyeva va boshqalar. Oila pedagogikasi. T.: “Aloqachi” 2007 46. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad. G`Odob durdonalari . —T.: O’zbekiston, 2007.
47. O.Hasanboyeva va boshqalar. Oila pedagogikasi. T.: “Aloqachi” 2007. 48. Tojiboyeva. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. – T.; “Fan va texnologiya”, 2007. 49. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika. T.,”Fan”, 2008 yil 50. Х.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Istoriya pedagogiki. Т.,”Fan”, 2008 yil IV. INTERNET SAYTLAR 1. www.bilim.uz. 2. www.edu.uz - Vazirlik sayti 3. www.ziyo.edu.uz - Vazirlik sayti 4. www.performance.edu.uz - Vazirlik sayti 5. www.tseu.fan.uz - ТDIU sayti 6. www.tseu.uz - ТDIU sayti 7. http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm 8. http://dl.nw.ru/theories/technologies
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling