V. amaliy mashg`ulotlar uchun materiallar 1


Download 67.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2017
Hajmi67.61 Kb.
#23247

V. AMALIY MASHG`ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR 

 

1 – AMALIY MASHG’ULOT 

MAVZU:  Kompyuter ergonomikasi. “Informatika va axborot texnologiyalari”  

rivojlanishining asosiy bosqichlari. Informatika tushunchasi va mohiyati. 

Uni vujudga kelishi va rivojlanishi. 

 

TEXNIKA XAFSIZLIGI 

Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me’yorlar va sanitariya qoidalari. 



 

1. Umumiy qoidalar. 

Ushbu sanitariya qoida va me`yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan kompyuter (KT)  va 

tashkiliy texnika  (TT) larda  ishlovchilarning    mehnatini  tashkil  etib,  qulay  mehnat sharoitini yaratib 

berishga  yo`naltirilgan.  Talab  va  qoidalarning  amalda  bajarishi  mehnat  sharotini  qulaylashtirib,  ish 

qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog`lig`ini  saqlab qolishga yordam beradi. 

KTsi ma`lumotlarni kiritish (to`plash), uni ishlash va natijani (uzatish) ga, TT ma`lumotlarnining 

nusxasini olishga mo`ljallangan. 

2. KT va TT ishlarning tarkibi. 

2.1. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat 

jarayoni ta`siriga uchrashi mumkin: 

elektromagnit  maydoni  – EHM (radiochastota,  past quvvati rentgen  nurlanishi, ultrabinafsha va 

infraqizil nurlanishi); 

elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi; 

havoning ionizatsiyalanishi; 

kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda tener bo`yoq moddasining changi; 

mateorologik  omil  joy  iqlimining  o`ziga  xosligi,  yil  fasli,  ventilyatsiya  hamda  isitish  tizimi  va 

boshqa; 


mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo`ladigan shovqin; 

elektr tokidan jarohatlanish xavfi; 

ruhiy hissiyotlar zo`riqishining ortib ketishi; 

ko`rish analizitorining zo`riqishi; 

barmoqlar va  panjaning  muskuli  hamkorligida   tez  sur’atda  bajariladigan  bir xil  chegaralangan 

harakat; 

tananing majburiy, bir xil ishchi holada turishi, gipokeneziya. 

TTlar bilan ishlashda    havoning  ionlashuvi,  elektrmagnit  maydonlarining  kuchlanganligi, azon, 

bo`yoq  moddalarning change, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi. 

2.2.  Texnikaning  vazifasiga  kasbga  qarab,  mehnat  tartibi  ishning  alohidaligini  inobatga  olgan 

holda har xil bo`lishi mumkin. 



2.3. Mehnat shariti va mehnat tartibi, aqliy mehnatining zo`riqishi va boshqa yuklanishlar KT va 

TT  da  ishlaydiganlarning  markaziy  asab  tizimi  funksional  holatining  o`zgarishiga,  tayanch-harakat 

apparati va qo`l panjalarining o`ta zo`riqishiga olib kelishi mumkin. Gipokineziya va ishning bir xilligi 

ishchining  umumiy  toliqishi  (ish  qobiliyatini  pasayishi)  vujudga  keltiradi.  Bundan  tashqari,  displey 

ekrani  oldida  uzoq    vaqt  bo`lish  ko`rish  analizatorining  zo`riqishiga  hamda  toliqish  va  ko`rish 

qobiliyatining susayishiga olib keladi. Ishchilarda tez-tez asabiyalashish, uyquning buzilishi, charchoq, 

ko`z bel, bo`yin atrofi, qo`l va boshqa a`zolarda og`riqlar paydo bo`lishi mumkin.. 

2.4.  Kompyuter  texnikasida  ishlovchilar  mehnati  og`irligi  va  zo`riqishi  bo`yicha  bo`yicha  

asosan 2-darajali zararli va zo`riqishi mehnatiga kiradi. 

(Mehnat  sharoitlarining  ko`rsatkichlari  bo`yicha  gigeyenik  tasnifi  O`zbekiston  Respublikasi 

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-marta tasdiqlangan). 

 

3. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga 

qo`yiladigan talablar. 


 

 



 

3.1.  KT  va  TT  ni  ishlatishga  mo`ljallangan  korxona  va  tashkilotlarning  ma`muriy  va  maishiy 

binolari  QM  va  Q  shuningdek,  quyidagi  qoidalarni  hisobga  olgan  holda  loyihalanadi.3.2.  KT  va  TT 

ishlatiladigan  labaratoriyalar,  bo`limlar,  sexlar,  uchastkalar  alohida  xonalarda  joylanmog`i 

lozim.Yuqorida qayd  qilingan  xonalarni yerto`lalarda  joylashtirishga  yo`l  qo`yilmaydi.3.3.  Xonalarni 

joylashtirishda  bajarilayotgan  ishlarning  bir  xilligiga  e`tibor  berish,  ishchilarning  mehnat  sharoitini 

yaxshilash maqsadida xonalarga videomanitorlar  o`rnatish lozim. 3.4. KT va TT ning konstruktiv va 

texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o`tish joylari quyidagi o`lchamlarda bo`lmog`i 

lozim: ikki qatorli  joylashtirishda  old tomondagi  pult va qurilma  boshqaruv    paneli  orasi 1,2  m.  dan 

kam bo`lmasligi; orqa va yon tomonida olinadigan panel va boshqa qurilmalarga ega bo`lgan KT  siga 

xizmat  ko`rsatish  oralig`i    0,7  m.dan  kam  bo’lmasligi;  Displeylarga  ega  bo`lgan  ishchi  o`rinlari 

orasidagi masofa 1,5 m.dan kam bo`lmasligi; KT bir qatorlama joylashtirilgan devor orasidagi masofa 

1,5 m dan kam bo`lmasligi shart. 

      3.5.  Yangi  ishga  topshirilayotgan  korxonalarning  KT  va  TT  o`rnatilgan  bo`limlari,  sexlar, 

labaratoriyalari, uchastkalari, ish boshlashdan oldin maxsus komissiya tomonidan San va M №0007-94 

talablari amaldagi qoidalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim. 



Kompyuter texnikasi bilan ishlovchilarning mehnat qilish va dam olish tartibi. 

Ishlovchilarning eng qulay mehnat qilish va dam olish sharoitlari ular mehnatining asabiy-ruhiy  

zuriqish darajasi, organizm har xil  tizimi funksional holatining dinamikasi, ish qobiliyati hamda qat`iy 

belgilanga ish vaqti va tanaffuslarning  tartibi inobatga olingan holda belgilanadi: 

Asosiy  tanaffus  tushlik  ovqatlanish  vaqti  hisoblanadi,  KT  va  TT  da  ishlovchilar  faoliyatining 

alohidaligini  inobatga  olib  dam  olish  tartibiga,  qo`shimcha  ikki  –  to`rt  tartibli    mikro  tanaffuslar 

kiritilishi, har birining davomiyligi 10-15 daqiqadan bo`lmog`i kerak. 6 soatli ish kunida 2 tanaffus va 

12 soatli ish kunida 3-4 tanaffus bo’lishi zarur. 



 

YONG'IN XAVFSIZLIGI. 

Yong’in  xavfsizligi  bo’yicha  umumiy  ma’lumotlar  va  xavfsizlik  tizimiga  qo’yiladigan 

talablar. 

Yong’in — bu  maxsus  manbadan  tashqarida  sodir  bo’ladigan  va katta moddiy  zarar  hamda 

talafotlar  keltirib  chiqaradigan  nazoratsiz  yonish  jarayoni.  Obyektning  yong’in  xavfliligi  deganda, 

obyektning  yong’in  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  holati  va  yong’inning  oqibatlari  tushuniladi. 

Obyektning  yong’in  xavfsizligi  deganda,  belgilangan  me’yor  va  talablar  asosida  obyektda  yong’in 

sodir  bo’lish  xavfi  hamda  uning  xavfli  va  zararli  omillarini  inson  hayotiga  ta’siri  cheklangan, 

obyektdagi  materiallar to’liq  himoyalangan holati  tushuniladi. Yong’in vaqtida  sodir  bo’ladigan  turli 

xil xavfli va zararli omillar ta’sirida moddiy boyliklar nobud bo’lishi va baxtsiz hodisalar ro’y berishi 

mumkin. Yong’inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: ochiq alanga, 

atrof-muhit va yong’inda qolgan buyumlaming yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo ladigan turli xil 

zaharli  gaz  va  bugiar,  tutunlar,  kislorodning  kam  kontsentratsiyada  bo’lishi,  qurilish  konstruksiya  va 

materiallarining  qulab  tushayotgan  qismlari,  yong’in  vaqtida  sodir  bo’ladigan  yong’inni  o’chirishga 

nisbatan uni oldini olish oson va foydali. Shu sababli, har bir mutaxassis va xodim ishlab chiqarishdagi 

yong’in  sabablarini  bilishi,  yong’in  xavfsizligi  qoidalariga  toliq  rioya  qilishi  va  yong’inni  oldini 

olishga qaratilgan  tadbirlarni amalga  oshirishi  zarur. Shunga  bogliq holda, Davlat  standarti  bo’yicha, 

obyektning  yong’in  xavfsizligi—yong’inni  oldini  olish  va  yong’inga  qarshi  himoya  tizimi  hamda 

tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi. 

Yong’inni  oldini  olish  tizimi-  yong’in  sodir  bo’lish  sharoitlarini  bartaraf  etishga  qaratilgan 

tashkiliy tadbir va texnik vositalar majmuidan iborat. 

Ushbu tadbirlar ishlab  chiqarishda  mumkin qadar ko’proq  yonmaydigan  va qiyin  yonadigan 

materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, 

yong’inga xavfli qurilmalar o’rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish 

ularni  mumkin  qadar  tashqarida  o’rnatish,  yonuvchi  moddalar  uchun  germetik  idish  va  jihozlardan 

foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug’ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada 



 

 



 

(REM  asosida)  sozlash,  isitish  jihozlaridan  to’g’ri  foydalanish  va  shu  kabi  boshqa  tadbirlar  orqali 

amalga oshiriladi. 

 Yonuvchi  muhitda  yong’inga  olib  keluvchi  manbaning  hosil  bo’lishini  oldini  olish  esa,  ishlab 

chiqarishda  yong’in  manbasini  hosil  qilmaydigan,  mashina,  mexanizm  va  jihozlardan  foydalanish, 

mashina  va  mexanizmlardan  foydalanish  qoida  va  rejimlariga  to’liq  rioya  etish,  elektr  zaryadlari  va 

yang’inga  qarshi  himoya  vositalaridan  foydalanish  material  va  moddalarning  issiqlik  ta’sirida, 

kimyoviy  va  mikrobiologft  usulda  o’z-o’zidan  alangalanish  sharoitlarini  bartaraf  etish,  belgilangan 

yong’inga qarshi tadbirlarni to’liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi 

tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yong’inga qarshi himoya tizimi. 

 

ELEKTR XAVFSIZLIGI. UMUMIY MA'LUMOTLAR. ELEKTR TOKINING INSON 

TANASIGA TA'SIRI.! 

 

Elektr qurilmalarini muhandis-texnik xodimlar tomonidan qoniqarsiz nazorat qilinishi; 



elektrik qurilmalarida profilaktik ta'mirlash ishlarini sifatsiz olib borilishi; 

ish joylarida elektr qurilma va jihozlari bilan ishlash qoida hamda ko'rsatmalarining bo'lmasligi 

kiradi. 

Texnik sabablarga esa: 

tok o'tkazuvchi qismlarda ishonchli to'siqlarning bo'lmasligi; 

elektr  qurilmalari,  jihozlari  va  o'tkazgichlarini  noto'g'ri  o’rnatilishi  hamda  elektr  qurilmalarini 

o'rnatishda  binolarning  elektr  xavfsizligi  bo'yicha  kategoriyalarini  hisobga  olinmasligi;  himoya  va 

saqlash  qurilmalarining  bo'lmasligi  yoki  ularni  noto'g'ri  o'rnatilishi.  Ishlab  chiqarishdagi  elektr 

qurilmalarida  sodir  bo'ladigan  baxtsiz  hodisalarning  tahlili,  asosan,  ushbu  baxtsiz  hodisalar  elektr 

qurilmalari bilan ishlashga

 

nomutaxassis ishchilarning qo'yilishi, himoya vositalari bilan ta'minlash va 



undan foydalanish masalalariga  

e'tiborsiz  munosabatda  bo'lish  oqibatida  sodir  bo'layotganligini  ko'rsatadi.  Shu  sababli,  elektr 

qurilmalaridan foydalanish

 

baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun.  



1. Kuchlanishni o'chiring; 

2. Tizimda kuchlanish yo'qligini tekshiring; 

3. Qurilmani yerga ulash orqali himoyalang. 

Elektr tokining inson tanasiga ta'siri  bir  necha  omillarga, jumladan, tok kuchi,  inson tanasining 

elektr  tokiga  qarshiligi,  kuchlanish  miqdori,  tok  turi  va  chastotasi,  tokning  ta'sir  etish  vaqti,  tokning 

inson tanasi bo'ylab o'tish yo'li hamda insonning shaxsiy xususiyatlariga bog'liq bo'Iadi. 

Elektr  toki  insonga  uch  xil,  ya'ni  kimyoviy,  issiqlik  va  biologik  ta'sir  ko'rsatadi.  Kimyoviy 

ta'sirda  inson  tanasidagi  qon  va  boshqa  organik  suyuqliklar  buzilishi  mumkin.  Issiqlik  ta'sirida  esa 

tananing  ayrim  qismlarida  kuyish  hosil  bo’ladi.  Biologik  ta'sirda  tananing  tirik  xujayralarining 

qo'zg'alishi  va  uyg'onishi  oqibatida  muskullarni  ixtiyorsiz  ravishda  tortishishi.  qisqarishi      yuzaga 

keladi. 

Yuqoridagilarga  mos  holda,  elektr tokining inson  tanasiga  ta'siri elektr  zarba,  elektr kuyishi va 

elektr  shikastlanishi  ko'rinishida  bo'lishi  mumkin.  Ushbu  ta'sirlar  ichida  elektr  zar ba  eng  xavfli 

hisoblanadi va u elektr tokining inson tanasidagi muhim' a'zolari: yurak, o'pka, asab tizimi va boshqa 

shu kabi a'zolari orqali o'tishi natijasida yuzaga keladi. 

Monitordan insonning ko'zigacha bo'lgan optimal masofa. 

Monitor  ko'zdan  ozgina  pastroqda  va  50  sm  dan    kam    bo'lmagan  masofada  joylashishi  kerak. 

Monitor va  ko'z  orasidagi  masofa 60-70 sm bo'lishi tavsiya qilinadi, bu masofa kichik bo'lsa,  insonni 

ko'zi  tezroq  charchaydi.  Monitorni  dizayni  va  rangi  o'ziga    e’tiborni  jalb  qilmasligi  kerak.  Shuning 

uchun monitorning sirt  tomonida xar xil reklama yopishtirgichlarini olib tashlash kerak.  Monitorning 

ekrani  zangori  va  ko'k  ranglarga  bo'yalishi  shart.  Chunki    bu    ranglar  inson  ko'ziga  eng  yaxshi 

ranglardan xisoblanadi. 

kompyuterda ishlash  vaqtida  insonning charchash sabablari kompyuter bilan ishlash 

vaqtida inson  quyidagi  faktorlardan charchaydi: 


 

 



 

- ekranni yorug’ligi; 

- kontrast va fon o'rtasidagi aniqligi; 

- kompyuterda  ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; 

- kompyuterda nurlanishning insonga ta’siri; 

- kompyuter buzuqligi. 



Elektr xavfsizligi. 

Kompyuter  xonasida  xamma  jixozlar  elektrotokda  ishlaydi,  shuning  uchun  elektr 

shikastlanishiga uchrash mumkin. 

Kompyuterlarni yerga ulash va yerga ulash ximoyasiga  talablar    xamma kompyuterlarda elektr 

tarmog’iga ulash uchun maxsus sistema ishlatiladi va unda "0" ulash  ximoyasi  qo'llanilgan.  "0"  ga 

ulash ximoyasi bu "0" simini korpuslarga bog’lash va xar xil  issiqlikda ishlaydigan avtomatlarni ishga 

tushiruvchi sistemadir. 

Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. 

Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning 

tarmoq  kuchlanishiga  mosligini  tekshirish  kerak.  Shaxsiy  kompyuterlar  220  yoki  110  kuchlanishli 

elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. 

Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniqsa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi 

mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining uzluksizligini ta’minlovchi 

-  UPS  qurilmasidan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  Maxsus  UPS  qurilmasi  elektr  quvvatini  o'zgarmas 

xolda  ushlab  turadi,  xamda  elektr  manbai  o'chirilgandan  keyin  muayyan  vaqt  davomida  kompyuter 

ishlashini  ta’minlab  turadi.  Bu  vaqt  kompyuterda  bajarilayotgan  ishlarni  tugatish  uchun  yetarlidir. 

Masalan,  kerakli  ma’lumotlarni  diskka  yozib  qo'yish  yoki  programmalar  ishini  tugatish  uchun  va 

xokazo. 

Sanitariya-Gigiyena Talablari 

Kompyuterda  ko'p  ishlash,  ya'ni  uning  oldida  ko'p  o'tirish  insonning  ko'zi,  qon  aylanish 

sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin.  Shunga ко'rа, kompyuterdan foydalanganda 

quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir. 

 

O'quvchining ish joyiga tushayotgan  yorug'lik  tepadan va  chapdan tushishi,  displey  ekrani  va 



klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak. 

 



Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig'i-da bo'lishi lozim. 

 



V-IX  sinf  o'quvchilarining  shaxsiy  kompyuter  bilan  ishlash  vaqti  30  minutdan,  bir  kun 

davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak. 

O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak. 

Kompyuter  xonasida  o'tkazilayotgan  dars  jarayonida  o'quvchilarning  tana  mushaklarida  va 

ko'zlarida  zo'riqish  hosil  bo'lmasligi  uchun  2-3  minutdan  iborat  dam  berish  lozim.  Shu  lahzalarda 

o'quvchilarga  yengil  kuy  eshitish,  kursida  o'tirgan  holda  qo'l  va  bo'yin  mushaklari  toliqmasligi  uchun 

yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi. 

Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish 

tartiblari mavjud. Avvalam bor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy 

kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.  

Shaxsiy  kompyuterlar  uchun  kuchlanishning  o'zgarishi,  ayniksa  keskin  o'zgarishlar  xavfli  bo'lishi 

mumkin.  Shuning uchun  maxsus  stabilizatorlardan yoki  elektr quvvati uzluksizligini ta'minlovchi  -  UPS 

qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas holda ushlab 

turadi hamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta'minlab 

turadi.  Bu  vaqt  kompyuterda  bajarilayotgan  ishlarni  tugatish  uchun  etarlidir.  Masalan  kerakli 

ma'lumotlarni diskka yozib qo'yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo. 

Kompyuterni  ishga  tayyorlash  tartibi.  Kompyuterni  ishga  tayyorlash  tartibi  quyidagichacha: 

Stalibizator yokiladi, protsessor yokiladi, monitor yokiladi, printer kerak bo'lsa, u ham yoqiladi.  

Shundan  keyin  ekranda  tekshiruvchi  maxsus  programma,  hamda  operatsion  sistemani  ishga 

tushiruvchi dasturlar haqida ma'lumotlar chiqadi.  

Operatsion sistema ishga tushgach u komandalar berishni taklif qiladi.  


 

 



 

Kompyuterdan to'liq foydalanish to'g'ri o'chirishga ham bog'liq.  

Buning uchun quyidagilar bajariladi.  

- ishlayotgan programmalar tugatiladi; 

- protsessor o'chiriladi; 

- printer yoqilgan bo'lsa o'chiriladi; 

- stalibizator o'chiriladi. 

Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari. 

–  Kompyuterdan  foydalananish  bo'yicha  ma'lum  me'yorlar,  qoidalar  va  talablar  mavjud.  Bunga 

kompyuterning joylashishi, xonaning yorug'ligi, havo almashishiga bo'lgan talablar va texnika xavfsizligi 

qoidalari kiradi. 

–  Kompyuter  ishlash  vaqtida  o'zidan  elektromagnit  to'lqinlarni  tarqatadi,  bu  esa  o'z  navbatida 

kompyuterdan uzoq vaqt foydalanilganda inson sog'lig'iga zarar etkazadi. 

–  Kompyuterning  noto'g'ri  joylashishi  foydalanuvchining  tanasi tuzilishiga, kompyuter  joylashgan 

xonaning yorug'lik darajasi esa kompyuterning foydalanuvchi ko'rish qobiliyatiga ta'sirini belgilaydi. 

– Maktab yoshigacha bo'lgan foydalanuvchi kompyuter bilan 15-20 minut ishlashi mumkin. Maktab 

yoshidagi 1-2  soat oralig'ida kompyuterda ishlashi mumkin.  Kattalar  esa bir ish kuni  davomida 3-4  soat 

atrofida ishlashi mumkin. 

 

Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuterlardan iborat kompyuter sinfi. 

Kerakli dasturiy vositalar: MS Windows operatsin tizimi. 

Ishning maqsadi: Тalabalarga informatika fani haqida tushuncha berish. Kompyuter va axborot 

texnologiyalari va ularning vazifalari bilan tanishtirish. 



 

Topshiriqlar: 

Kompyuter  texnikasida  ishlashda  texnika  xavfsizligi.  Informatika  fani  va  unig  rivojlanish 

bosqichlari.  Kompyterlar,  kompyuter  texnikasi  qurilmalari  va  ularning  vazifalari  haqida    hisibot 

tayyorlang. 



Ishni bajarish tartibi

1.

 



Kompyutеr xonasida tеxnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib chiqish.  

2.

 



Asosiy qurilmalar (monitor, klaviyatura, tizimli blok)ni o`rganish. 

3.

 



Qo`shimcha qurilmalarni vazifalarini o`rganish. 

4.

 



Disklar bilan ishlashni va ulardan foydalanishni o`rganish. 

 

Tayyorlanadigan hisobot quyidagilarni o`z  ichiga olishi kеrak:  

1.

 

Ishning nomi, maqsadi va vazifasi. 



2.

 

Bеrilgan topshiriqlar. 



3.

 

Ishning nazariy qismi. 



4.

 

Ishni bajarish bo`yicha xisobot. 



 

Nazorat savollari: 

1. Kompyuterda ishlashda qanday texnika xavfsizligiga rioya qilish kerak? 

2. Informatika fani nimani o’rganadi? 

3. Kompyuter nima? 

4. Kompyuter qurilmalarini nomlarini ayting va ularga ta’rif bering. 

 

 



 

 

2 – AMALIY MASHG’ULOT 



MAVZU: 

Axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti  

 

 



 

Kerakli texnik vositalar: Shaxsiy kompyuterlardan iborat kompyuter sinfi. 

Kerakli dasturiy vositalar: MS Windows operatsin tizimi va boshqa dasturlar.. 

Ishning maqsadi: Тalabalarga axborot texnologiyalari haqida tushuntirish va ularning vazifalari 

bilan tanishtirish. 



 

Topshiriqlar: 

Axborot  texnologiyalarining  texnik  ta’minoti.  Axborot  texnologiyalarining  dasturiy  ta’minoti 

ularning vazifalari haqida  hisibot tayyorlang. 

Ishni bajarish tartibi

1.

 



Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti vositalari bilan birma bir tanishib chiqish.  

2.

 



Asosiy qurilmalar (monitor, klaviyatura, tizimli blok)ni o`rganish. 

3.

 



Qo`shimcha qurilmalarni vazifalarini o`rganish. 

4.

 



Disklar bilan ishlashni va ulardan foydalanishni o`rganish. 

5.

 



Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti bilan birma bir tanishib chiqish. 

6.

 



Windows operatsion tizimi. 

7.

 



Windows operatsion tizimining qo’shimcha dasturlari. 

 

Tayyorlanadigan hisobot quyidagilarni o`z  ichiga olishi kеrak:  

5.

 

Ishning nomi, maqsadi va vazifasi. 



6.

 

Bеrilgan topshiriqlar. 



7.

 

Ishning nazariy qismi. 



8.

 

Ishni bajarish bo`yicha xisobot. 



 

Nazorat savollari: 

1. Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti necha qismdan iborat? 

2. Axborot texnologiyalari qurilmalarining turlari va vazifalarini ayting. 

3. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti necha qismdan iborat? 

4. Axborot texnologiyalari dasturlarining turlari va vazifalarini ayting. 

5. Operatsion tizim nima? 



 

Download 67.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling