V bob Assembler tilida dasturlash
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
10-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Mashina tili
V bob Assembler tilida dasturlash Mazkur bobda biz assembler tilining asosiy buyruq va amallari bilan tanishamiz va ushbu tilda dastur qanday tuzilib ishga tushirilishini ko'rib chiqamiz. 5.1. Mashina tili Yuqoridagi boblarda aytib o'tilganidek mashina tili faqat markaziy protsessor tushunadigan ikkilik sanoq tizimida ifodalanadigan buyruqlar ketma-ketligidir. Har bir buyruq o'zining maxsus raqamli kodiga ega bo'lib, u buyruq kodi deb ataladi. Har qanday dasturlash tilida yozilgan dastur ham ishga tushirilishi uchun mashina kodiga (tiliga) o'giriladi. Bu ishni kompilyator bajaradi. U orqali o'girilgan dastur bajaruvchi kod hisoblanadi, ya'ni uni markaziy protsessorda ishga tushirish mumkin. Bajaruvchi kod joylashgan fayl bajaruvchi fayl deb yuritiladi. Bundan buyon biz dasturni kompilyator orqali mashina tiliga o'girish jarayonini dasturni yig'ish deb ataymiz. To'g'ri, hech qanday dasturlash tilidan foydalanmay turib to'g'ridan-to'g'ri mashina tilida dastur kodini yozishimiz mumkin, lekin bu nihoyatda murakkab. Chunki har bir buyruqning raqamli kodini eslab qolib, undan dasturlashda foydalanish inson uchun mushkul mashg'ulotdir. Fikrlarimizni tasdiqlash uchun misollar keltiramiz. Keling EBX registrida saqlanayotgan qiymatni EAX registriga ko'chirish kerak bo'ldi deylik, bu ish mashina tilidagi quyidagi buyruq yordamida bajariladi: 89D8 Bu yerda 89D8 o'n oltilik sanoq tizimidagi son bo'lib, mashina tilida EAX registriga EBX registrining qiymatini o'zlashtirish buyrug'i kodini anglatadi. Endi esa EAX registriga 45 sonini o'zlashtirish (ko'chirish, saqlash) kerak bo'ldi deylik: B82D000000 Bu safar B8 soni EAX registriga o'zgarmas qiymatini ko'chirish buyrug'i kodi bo'lib kelayapti. 0000002D 1 esa 45 sonining o'n oltilik ko'rinishidir. Ko'rinib turibdiki, birgina EAX registri bilan bog'liq bo'lgan qiymat ko'chirish buyrug'ining o'zi ko'chirilayotgan manbaning turiga qarab har xil bo'lar ekan. Shuning o'ziyoq mashina tilida dasturlashdan hech qanday manfaat yo'qligini ko'rsatadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling