V bob Assembler tilida dasturlash


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1382060
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-amaliy



V bob
Assembler tilida dasturlash
Mazkur bobda biz assembler tilining asosiy buyruq va amallari bilan tanishamiz va ushbu 
tilda dastur qanday tuzilib ishga tushirilishini ko'rib chiqamiz.
5.1. Mashina tili
Yuqoridagi boblarda aytib o'tilganidek mashina tili faqat markaziy protsessor tushunadigan 
ikkilik sanoq tizimida ifodalanadigan buyruqlar ketma-ketligidir. Har bir buyruq o'zining maxsus 
raqamli kodiga ega bo'lib, u buyruq kodi deb ataladi. Har qanday dasturlash tilida yozilgan dastur 
ham ishga tushirilishi uchun mashina kodiga (tiliga) o'giriladi. Bu ishni kompilyator bajaradi. U 
orqali o'girilgan dastur bajaruvchi kod hisoblanadi, ya'ni uni markaziy protsessorda ishga 
tushirish mumkin. Bajaruvchi kod joylashgan fayl bajaruvchi fayl deb yuritiladi. Bundan buyon biz 
dasturni kompilyator orqali mashina tiliga o'girish jarayonini dasturni yig'ish deb ataymiz.
To'g'ri, hech qanday dasturlash tilidan foydalanmay turib to'g'ridan-to'g'ri mashina tilida 
dastur kodini yozishimiz mumkin, lekin bu nihoyatda murakkab. Chunki har bir buyruqning 
raqamli kodini eslab qolib, undan dasturlashda foydalanish inson uchun mushkul mashg'ulotdir. 
Fikrlarimizni tasdiqlash uchun misollar keltiramiz. Keling EBX registrida saqlanayotgan qiymatni 
EAX registriga ko'chirish kerak bo'ldi deylik, bu ish mashina tilidagi quyidagi buyruq yordamida 
bajariladi:
89D8
Bu yerda 89D8 o'n oltilik sanoq tizimidagi son bo'lib, mashina tilida EAX registriga EBX 
registrining qiymatini o'zlashtirish buyrug'i kodini anglatadi. Endi esa EAX registriga 45 sonini 
o'zlashtirish (ko'chirish, saqlash) kerak bo'ldi deylik:
B82D000000
Bu safar B8 soni EAX registriga o'zgarmas qiymatini ko'chirish buyrug'i kodi bo'lib kelayapti. 
0000002D
1
esa 45 sonining o'n oltilik ko'rinishidir. Ko'rinib turibdiki, birgina EAX registri bilan 
bog'liq bo'lgan qiymat ko'chirish buyrug'ining o'zi ko'chirilayotgan manbaning turiga qarab har 
xil bo'lar ekan. Shuning o'ziyoq mashina tilida dasturlashdan hech qanday manfaat yo'qligini 
ko'rsatadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling