V bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi


Download 1.16 Mb.
bet14/27
Sana04.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1329231
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
BOSHQARUV UMKA 2-semestr 1-курс(1)

Ta’lim sohasida davlat siyosati
«Har kim bilim olish huquqiga ega...»
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
41-modda. «Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyi­dagilardan iborat: ta’lim va ta’limning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘un­lashtirish».
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni.
«Davlat ta’lim siyosati O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi asosida va ularning istiqbollarini hisobga olib amalga oshiriladi.
Bosh strategik maqsad — erkin demokratik jamiyat, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat barpo etish; O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha kishilar uchun, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, munosib turmush sharoitini yaratish; qonuniy huquq va erkinliklarning kafolatli amalga oshirilishi.
Mazkur strategik maqsad jamiyat hayotining istisnosiz barcha sohalarida butun bir qator masalalarni hal etishni taqozo qiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Ta’lim siyosatini ishlab chiquvchilar. Ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadlari va strategiyasini shakllantiruvchi davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy guruhlarga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi, ta’lim vazirliklari. Ta’lim jarayonini, tuzilmasini, uning amal qilish va rivojlanish qonunlarini professional ishlab chiquvchilar. Ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari, rahbarlari va ta’limni boshqarish organlari. Xilma-xil daraja va turdagi ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining iste’molchilari. Fan, madaniyat, san’at arboblari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar vakillari. Ota-onalar va o‘quvchilar.
Ta’lim xizmatlari bozorini va raqobatlashuv qobiliyatiga ega muhitni shakllantirish sharoitida ta’lim tashkilotlari o‘z nufuzini va maqomini oshirish bo‘yicha turli choralar ko‘rmoqda. O‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini, mamlakat va sayyoramiz hayotidagi voqea-hodisalarni o‘z dunyoqarashiga, olamni his etishiga, shaxsiy qadriyatlariga muvofiq talqin qilish huquqiga ega.
Umumiy o‘rta ta’limning yangi tuzilmasi o‘quvchilarning intellektual va axloqiy salohiyatini ochishga, jumladan, o‘quvchilar qobiliyatiga va imkoniyatiga muvofiq holda o‘qitishga tabaqalashtirib yondashishni joriy etishga yo‘nalganlikni nazarda tutadi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlarining vujudga keltirilgan tarmog‘i qobiliyatli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlashga ko‘maklashishi, keyingi o‘qitish yo‘nalishini to‘g‘ri anglab tanlashga yordam berishi, o‘quvchilarning mehnat va ta’lim xizmatlari bozorining muntazam o‘zgarib borayotgan ehtiyojlariga moslashishini ta’minlashi darkor.
Jamiyatning hozirgi zamondagi rivojlanishining xarakterli xususiyati shundaki, O‘zbekistonda dunyoviy faoliyatning barcha sohalari isloh qilinmoqda. Ayni mahalda uzluksiz ta’limning konseptual, maqsadli va qadriyat asoslari Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturiga muvofiq qayta ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekistonda ta’lim tizimi ommaviyligi, ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi bilan ajralib turadi. Davlat-jamiyat tizimi bo‘lgan ta’lim shaxsning muttasil ortib borayotgan madaniy-ta’lim va kasbiy ehtiyojlarini, jamiyatning ommaviy kasblar kadrlariga hamda iqtisodiyot, fan va texnika, madaniyatning barcha sohalari uchun mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intiladi.
Islohotlargacha bo‘lgan davr ta’lim tizimidagi vaziyatning murakkabligi shu bilan bog‘liqki, undagi inqiroz tabiatan ikki yoqlama bo‘lgandi. Birinchidan, u ta’limning global inqirozining ko‘rinishlaridan birini namoyon etgandi. Ikkinchidan, u butun jamiyat va davlatdagi o‘zgarishlar sharoitida va ularning kuchli ta’siri ostida sodir bo‘ldi. Boshqa tomondan, o‘tish davrida hamda iqtisodiyotni tubdan isloh qilish davrida ta’lim tizimiga ijtimoiy va iqtisodiy buyurtmani aniqlash qiyin bo‘lgan edi.
Bunday sharoitda mamlakat ta’lim tizimining eng yaxshi an’analarini saqlab qolishgina emas, balki unga zarur sifat, moslashuvchanlik baxsh etish ham muhim edi. O‘zbekistonning, bir tomondan, huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyati, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, ochiq axborot makonini barpo etishga intilishi, boshqa tomondan, jamiyatni individuallashtirish ta’lim tizimida ziddiyatni kuchaytirib yubordiki, bu holat islohotlar zarurligi bilan izohlanadi.
O‘zgarib borayotgan jamiyat sharoitida ta’lim tizimi isloh qilish rejimiga majburan kirib boradi, ayni mahalda variativlikda, demokratiyalashda, yalpi innovatsion pedagogik harakatda yangi xususiyatlar kasb etadi.
Hozir ta’lim tashkilotlari KTMD negizida rivojlanish strategiyasini mustaqil ishlab chiqishmoqda va uni amalga oshirishga intilishmoqda. Bu ta’lim tizimini mehnat bozori bilan jips bog‘laydi. Hozirgi paytda ta’lim sifati va kadrlar tayyorlash mehnat bozorining asosiy mahsuloti hisoblanadi. Tovar qancha sifatli bo‘lsa, bahosi shuncha yuqori bo‘ladi. Binobarin, bitiruvchini tayyorlash sifati qancha yuqori bo‘lsa, unga mehnat bozorida talab shuncha katta bo‘ladi. Bu hol unga yuqori haq to‘lanadigan ish topish va jamiyatda hamda aniq ish joyida tezroq moslashish imkonini beradi.
Jamiyatda iqtisodiy barqarorlik va kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish yo‘li bilan aholining bandligi uchun sharoit yaratish — davlat bandlik siyosatining maqsadidir. O‘zbekistonda ta’lim avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan yangi turmush tarziga, yangi turmush tarzi va ongini shakllantirishga o‘tish ko‘prigini o‘ynaydiki, ularning asosiy xususiyatlari milliy va umumbashariy qadriyatlarni, yuksak ma’naviylikni o‘zida uyg‘unlashtiradi.
Ta’lim tizimini isloh qilishdan ko‘zlangan bosh maqsad — uni yanada harakatchan, ochiq, fuqarolarning ta’lim borasidagi ehtiyojlarini qondirishga qobil, jamiyat va ijtimoiy-xo‘jalik majmuining talab-ehtiyojlariga darhol javob bera oladigan, jahon kasbiy hamda ta’lim bozorida samarali ish olib borishga va raqobatlashishga qodir sohaga aylantirishdir.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling