V bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi
Download 1.16 Mb.
|
BOSHQARUV UMKA 2-semestr 1-курс(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SANATSHUNOSLIK FAKULTETI MAGISTRI SAMANDAROV OXUNJONING «MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI INNOVATSION BOSHQARISH »mavzusi DISSERTATSIYASI Navoiy 2023
- II.bob.Maktabgacha talim tizimining joriy holati va ularni rivojlantirishdagi mavjud muammolar
- V.bob. Maktabgacha talim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETI MAGISTRI SAMANDAROV OXUNJONING «MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI INNOVATSION BOSHQARISH »mavzusi DISSERTATSIYASI Navoiy 2023 MUNDARIJA Kirish .................................................................. I.bob.Maktabgacha ta'lim tizimida innovatsion metodlarni tashkil etish II.bob.Maktabgacha ta'lim tizimining joriy holati va ularni rivojlantirishdagi mavjud muammolar III.bob.Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlamtirishning maqsad va ustuvor yo’nalishlari IV.bob.Maktabgacha ta'lim tizimida ilg'or pedagogika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish V.bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi Annotatsiya (lot. annotation – mulohaza, qayd; eslatma) Kitob, maqola, jumladan, dissertatsiyaning mazmuni, ahamiyati haqida qisqacha ma’lumot, qisqacha izoh. Annotatsiyada kitob, maqola, qo‘lyozmaning mundarijasi, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi va boshqa jihatlari ochib beriladi. Annotatsiyani kitobning o‘zida, bibliografik ko‘rsatkich-larda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Avtoreferat (avto + referat) ilmiy asar yoki tadqiqotning muallif tomonidan yozilgan qisqacha mazmuniy bayoni. Mas., dissertatsiya avtoreferati. Bibliografiya (yun. biblion – kitob + grapho – yozaman) 1. Bosma asarlarning ilmiy tavsifi va batartib ko‘rsatkichlarini tuzish, ular haqida axborotlar tayyorlash, ularni targ‘ib qilish bilan shug‘ul-lanuvchi soha.2. Biror mavzu, jumladan, magistrlik dissertatsiyasiga yoki sohaga oid ilmiy asarlar, manbalar, kitoblar ro‘yxati .Bob (a. eshik, darvoza) Kitob, asar, jumladan, dissertatsiya va shu kabilarning ma’lum tugallikka ega bo‘lgan har bir qismi, fasli. Dissertatsiyaning boblari. Dissertatsiya (lot. dissertatio – fikr yuritish, tadqiq qilish) Ilmiy daraja va magistr akademik darajasini olish maqsadida yoziladigan hamda maxsus ilmiy kengash yoki yakuniy davlat komissiyasi majlisida himoya qilish uchun taqdim etiladigan ilmiy tadqiqot ishi. Ilmiy ma’ruza – ilmiy anjumanlarda magistrlik, doktorlik disser- tatsiyasi mavzusi yoki boshqa ilmiy tadqiqotlar yuzasidan ma’lum yo‘nalishda qilinadigan nutq va uning yozma bayoni. Ma’ruza – o‘quv materiali yoki biror masala, ilmiy, siyosiy mav- zularning izchil, tartibli og‘zaki bayoni. O‘quv ma’ruzasi o‘quv jarayonining asosiy shakli; oily o‘quv yurtlarida dars berish usullaridan biri. Ma’ruza, shuningdek, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida ham qo‘llaniladi. Ommaviy ma’ruza madaniy-ma’rifiy ishlar tizimida siyosiy va ilmiy bilimlarni tarqatish hamda tashviqot qilish shakllaridan biri. KIRISH Magistratura aniq ixtisoslik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriaturadan keyin uning negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Magistratura oliy ta’limning ikkinchi bosqichini ifoda etadi. Magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassis ilmiy xodimga xos ko‘nikma, malakaga ega bo‘lishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bora olishi, ilmiy axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni biladigan, chuqur bilimli, yuqori kasbiy mutaxassislik sohibi bo‘lmog‘i kerak. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi magistrlarda ilmiy tadqiqot yaratish malakasini hosil qilishdan iborat. Magistrlar magistrlik dissertatsiyasini yozish jarayonida o‘qish mobaynida olgan bilimlarini umumlashtirishga, uning natijalarini ilmiy ravishda aks ettirishlari lozim. Magistrlik dissertatsiyasi magistrlarning dunyoqarashlari, bilim saviyalari, ilmiy fikrlarini yozma nutqda savodli ifodalashlarini taqazo etadi. Magistrlik dissertatsiyasida tanlangan mavzu bo‘yicha muammolar ko‘rsatilib, uning yechimlari tahlil qilingan bo‘lishi kerak. Shuning uchun barcha magistrlar magistrlik dissertatsiyasini yozishlari shart. Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot ishlari unsurlarini o‘zlashtirish, fan sohasi bo‘yicha professional bilim va tayyorgalikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga yo‘naltirilgan mustaqil ilmiy ishlaridan biri hisoblanadi. Magistrlik dissertatsiyasi yozish jarayoni magistrlarda ilmiy pedagogik tafakkur negizini hamda ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Magistrlik dissertatsiyasini yozishda magistrlar mavjud pedagogik tajribani umumlashtirish va tizimlashtirish, ilmiy va ilmiy- ommabop adabiyotlarni o‘rganish bilanbog‘liq ilmiy ishlarning malakasini o‘zlashtirish, shuningdek, o‘rganilayotgan ilmiy va amaliy ma’lumotlarni tahlil etish va tanqidiy baholash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Magistratura bosqichi talabalari fanlar bo‘yicha, muayyan mavzular doirasida shakllangan mustaqil fikr va mulohazalarini bildirish hamda tanlangan mavzu bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosa va amaliy takliflarini bayon etish uchun magistrlik dissertatsiyasini yozishlari va uni himoya qilishlari belgilangan. Oliy ta’limning magistratura mutaxassisliklarida tahsil oluvchi talabalar magistrlik dissertatsiyasini yozishi va himoya qilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iboratdir: 3– tanlangan mavzuning umumnazariy asoslarini chuqur tadqiq etish, shu maqsadda, ilmiy adabiyotlarni izlab topish, ulardagi zaruriy ma’lumotlarni jamlangan holda ma’lumotlar bazasini shakllatira olish qobiliyatini rivojlantirish; – jamlangan ma’lumotlar bazasini tahlil etgan holda, ilmiy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish; – mavzu yuzasidan ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish, qiyosiy tahlil etish va ilmiy xulosalarni berish; – magistrantda fan darajasiga ega bo‘lish uchun tadqiqot olib borish jarayoniga oid elementlarni shakllantirish. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling