V bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi
Download 1.16 Mb.
|
BOSHQARUV UMKA 2-semestr 1-курс(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodni amalga oshirish tartibi
- VENN DIAGRAMMASI Venn diagrammasi
- II.bob.Maktabgacha talim tizimining joriy holati va ularni rivojlantirishdagi mavjud muammolar
«FSMU» metodi
Metodning maqsadi: Mazkur metod ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metoddan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi. Metodni amalga oshirish tartibi: qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi; har bir ishtirokchiga FSMU metodining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi: ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi. FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi. VENN DIAGRAMMASI Venn diagrammasi- 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tinglovchilar: 1) kichik gurhlarda Venn diagrammasini tuzadilar va kesishmaydigan joylarida rivojlangan davlatlar ta’lim tizimiga oid fikrlarini oydinlashtirib olib, to‘ldiradilar; 2) juftliklarga birlashadilar, o‘zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to‘ldiradilar; 3) doiralarning kesishuvchi joyida ikki doira uchun umumiy bo‘lgan fikrlar ro‘yxatini tuzadi; 4) ish natijalarining taqdimoti. II.bob.Maktabgacha ta'lim tizimining joriy holati va ularni rivojlantirishdagi mavjud muammolar 2-bob. Maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar Bugungi kunda O‘zbekistonda 7 104 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi, ulardan 5 604 tasi (79 foiz) — davlat, 63 tasi — idoraviy va 1 437 tasi (21 foiz) — nodavlat tashkilotlardir. (2-bobning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) 2017-2018-yillarda 752 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari filiallari negizida yuridik shaxs maqomiga ega to‘laqonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil qilingan. (2-bobning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) 3 — 7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 foiz), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 foiz) va qishloq joylarda 432 074 nafari (17,4 foiz) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Respublika aholisining umumiy soni 2019-yil 1-yanvar holatiga 32,7 mln kishini tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, aholining uzoq muddatli o‘rtacha o‘sish sur’atlari 1,7-1,8 foizni tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida o‘lim koeffitsiyentining boshqa barcha yosh guruhlariga nisbatan pastligini inobatga olganda, 3 — 7 yoshdagi bolalar sonining o‘sish sur’atlari butun aholining o‘sishiga qaraganda yuqoridir. O‘zbekistonda yashovchi 3 — 7 yoshdagi 2,5 milliondan ortiq bolalarning 67,8 foizi Samarqand (12,1 foiz), Farg‘ona (10,8 foiz), Qashqadaryo (10,5 foiz), Andijon (9,3 foiz), Surxondaryo (8,5 foiz), Namangan (8,4 foiz) va Toshkent (8,2 foiz) viloyatlarida istiqomat qiladi. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili O‘zbekiston Respublikasida 700 mingdan ortiq bola tug‘iladi, bu esa maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tushadigan yukni oshiradi. Chunonchi, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tushadigan umumiy ortiqcha yuk respublika bo‘yicha 12 foizni tashkil qilsa, uning eng yuqori darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21 foiz), Jizzax (35 foiz) va Buxoro (21 foiz) viloyatlarida, eng past darajasi esa Surxondaryo (9 foiz) va Farg‘ona (9 foiz) viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahrida (6 foiz) kuzatilmoqda. Umuman, mamlakat bo‘yicha 3 — 7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 28,1 ta joy to‘g‘ri keladi. So‘nggi 20 yil ichida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodga qisqargan. Bunday qisqarish ko‘proq Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari kabi tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda kuzatildi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 55 foizdan ortig‘i Toshkent shahriga (14,8 foiz), Farg‘ona (12,6 foiz), Toshkent (9,8 foiz), Namangan (9 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri keladi. (2-bobning oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, ular qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining yetarli emasligi; (2-bobning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) qishloq joylarda maktabgacha ta’limning past darajada rivojlanganligi; Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik holati lozim darajada emasligi; (2-bobning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi; (2-bobning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi; ota-onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi; zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollarning yetishmasligi; alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining texnik jihozlanishi va uslubiy ta’minoti darajasining pastligi; (2-bobning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va tibbiyot xodimlarining malakasi zamon talablariga to‘liq javob bermasligi. (2-bobning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son Istiqlolning dastlabki yillaridayoq kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g‘oyasini ilgari surildi: «Ta’lim berishing, ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo‘yicha ta’limlashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o‘quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim-ta’lim sohasiga oid ko‘plab qonunlarning, tegishli me’yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o‘rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta’limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta’lim tizimini yara tish ko‘zda tutilgan edi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma’naviy-ma’rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida ta’limlashda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (2020 y.), «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011),”Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida NIZOM.” “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida NIZOM.” «Ilk qadam»dasturi (2018) va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonnida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Globallashuv sharoitida o‘ziga xos ijtimoiy institut hisoblanuvchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham ijtimoiy-pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yish muhim vazifa hisoblanadi. Binobarin, bolalarni maktabgacha ta’lim yoshidan ijtimoiy munosabatlarga moslashtirish turli salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olishda o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi. Ta’lim sifati muammolarini tadqiq qilish metodologiyasi uch xil tahlil darajasini: tadqiqotning umummetodologik, xususiy metodologik va aniq metodikalarini o‘z ichiga oladi. Metodologiya, metodika va tadqiqot jarayonlari o‘rtasidagi tafovut ob’ektiv ravishda vujudga kelgan vositalar tizimini aks ettiradi. Bunda gap haqqoniylikni o‘rganish va ob’ektga yaqinlashishning turli darajalarida, ya’ni oliy (uning barcha o‘zaro aloqalaridagi jarayonni qamrab oluvchi), o‘rta (ushbu tizimning ma’lum bir tarixiy sharoitlarda ishlashini qamrab oluvchi) va tajriba-sinov darajalarida tahlil qilish usullarini chegaralash haqida boradi. Umummetodologik daraja o‘rganilayotgan muammoga umumiy ijtimoiy-falsafiy yondashuv bo‘lib, u tadqiqot ob’ektini va predmetini, uning barcha jihatlari, aloqalari va vositalarini har tomonlama o‘rganishni talab qiladi. Dialektik metod predmetni rivojlanishda, harakatda va o‘zgarishda o‘rganilishini ko‘zda tutadi. O‘rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni bilishga bunday yondashuv o‘rganilayotgan tizim, hodisa yoki jarayonning qaror topish va rivojlanish qonuniyatlarini ochish hamda ularni isloh qilish chora-tadbirlarini asoslash imkonini beradi. Dialektik metod ta’lim sifatini umumdavlat, jamoat va shaxs nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi, umumjahon qonuniyatlari va tamoyillarini e’tiborga oladi, ta’lim sohasidagi milliy madaniy-tarixiy va ma’naviy-axloqiy an’analar hamda qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Bundan tashqari, «ta’lim sifati» ham umuman, ham ayrim jihatlari bo‘yicha doimiy «taftish» qilinadigan va to‘g‘rilab boriladigan dinamik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda ta’lim sifatining muhim xususiyatlarini birlikda, o‘zaro ta’sirda, o‘zaro bog‘liqlikda va rivojlanishda tahlil qilish ko‘zda tutiladi. Tadqiqotning xususiy metodologik darajasi ular asosida tadqiq qilinadigan metodologik tamoyillar yig‘indisidan iborat. Bular tizimli-tarkibiy tahlil, kompleks, dasturiy-maqsadli, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar, nazariya va amaliyot, ong va faoliyat birligi tamoyillari va boshqalardir. Tizimli-tarkibiy tahlil dastlab XVIII asrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi misolida ishlab chiqilgan. O‘shanda tayyor metodologiya ishlab chiqilmagan edi, biroq u yaxlit o‘rganishda tizimli-tarkibiy tahlil imkoniyatlari va istiqbollarini ko‘rsatdi. Keyinchalik ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik muammolarni ishlab chiqishda ushbu tamoyil tobora keng qo‘llanilmoqda. Ta’limni tizim sifatida jamiyat tuzilmasidan ajralgan holda ko‘rish imkonini beruvchi mezon uning aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Tizimli yondashuvda ko‘zda tutilgan maqsadli tahlil ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy va boshqa jarayonlar bilan aloqalari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini beradi. Ta’limning har bir tarkibiy qismi ham ana shu aloqaning muayyan jihatini aks ettirgan holda, aniq yo‘nalishdagi maqsadga ega. Masalan, ta’lim sifati, ta’lim tizimining tarkibiy-mazmunli qismi sifatida davlat, jamiyat, shaxsning (ijtimoiy-shaxs buyurtmasi) maqsadli ko‘rsatmalari va qadriyatlar bilan bog‘liq yo‘nalishlari, fan, texnika, madaniyat, texnologiyalarning taraqqiyot darajasi, shuningdek tizimning tegishli tarzda kadrlar hamda resurslar ta’minlanishi bilan belgilanadi. Ijtimoiy tizimni o‘rganishda «hamma narsa hamma narsadan iborat» tamoyili maqbuldir. Murakkab tizimning tarkibiy unsurlarga bo‘linishi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tadqiq qilishning eng to‘g‘ri usulidir. Tizimli — tarkibiy tahlilning qo‘llanilishi quyidagilarni nazarda tutadi. 1. Ta’lim sifatini o‘zaro ta’sirda bo‘lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan yaxlit masala sifatida ko‘rib chiqish. Shu boisdan, ta’lim sifati muayyan bog‘liqlikda va ierarxiyada bo‘lgan qator tarkibiy qismlarni birlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tahlil qilinadi. 2. Ta’lim sifatini o‘rganishda asosiy e’tibor tarkibiy qismlarning o‘zaro va muhit bilan ta’siriga qaratiladi. Bunda ta’lim sifati tarkibiy qismlarining funksional ierarxiyasini va ularning bo‘ysunishini aniqlash zarur. Faqat ana shu o‘zaro ta’sir asosidagina birmuncha yuqori darajadagi hal qiluvchi tarkibiy qismlar yanada takomillashgan ta’lim sifatining shakllantirilishini ta’minlaydi. Ta’lim sifatining tashqi omillar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish, unga ta’sir etuvchi shart-sharoitlarni aniqlash hamda aks ettirilayotganning aks ettirilgani uchun ahamiyatini har tomonlama va chuqur ochib borish imkonini beradi. 3. Ta’lim sifatini dinamik holat sifatida ko‘rib chiqish. U ham shaklan, ham mazmunan va pirovard (kutilayotgan, maqsadli va haqiqiy) natijaga qarab doimiy o‘zgarib turadi. Bu holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash ta’lim sifatini rivojlantirish jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi. Ta’lim sifati va unga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlarning asosiy tavsiflarini tadqiq qilish rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Bunday yondashuvda uni o‘zgartirish jarayonida ta’lim sifati tarkibi va mazmunidagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratadi. Ta’lim tizimiga ob’ektiv ravishda xos bo‘lgan integral sifat — inersiyalilik — ta’lim va kasb-hunar dasturlarining tegishli tarkibiy qismlarini takomillashtirishga tegishli darajada prognozlashtirib yondashish zarurligini anglashda, ularning aniq o‘zlashtirilishini ta’minlashda, shuningdek, tegishli pedagogik tizimga singdirilgan ilmiy bilimlarning bashoratli yo‘nalishi sharoitida hisobga olinishi mumkin. Aynan shu boisdan ham, uzluksiz ta’lim va pedagogika fani sohasida ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-tarixiy, etnopsixologik va boshqa turdagi prognoz qilish natijalarini majburiy tartibda integratsiyalashni ko‘zda tutuvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini rivojlantirishni prognozlashga tizimli yondashish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sohasida prognozlash va istiqbolni ko‘zlab rejalashtirish masalalarini eng muhim muammolar qatoriga qo‘shayotgan taniqli olimlar, pedagoglar va ta’lim tashkilotchilarining aksariyat ishlarida ushbu g‘oya qat’iy ta’kidlab o‘tilmoqda. Ammo vazifa ta’lim sohasidagi prognoz tadqiqotlarning zarurligini anglab еtishdan respublikada ta’lim tizimini rivojlantirish uchun amalda aniq ifodalangan ijtimoiy buyurtmani amalga oshirish imkonini beruvchi tadqiqotlarning o‘ziga o‘tishdan iboratdir. Bunda ta’lim-pedagogik prognoz bilan bog‘liq ishlarda istiqbolda ta’lim iqtisodiyotining prognozli muammolariga, masalan, istiqbolli miqdoriy parametrlar, ya’ni pedagogik kadrlarga, malakali ishchilar va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga, turli xildagi ta’lim tashkilotlarining tegishli miqdori va ixtisosini bashorat qilishga, ularni oqilona joylashtirishga, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar mavzusini istiqbolli rejalashtirishga, ta’lim tizimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini aniqlashtirishga katta e’tibor beriladi. Xususan, uzluksiz ta’limning turli darajalardagi maqsadlarini, ta’lim sifatini, uning mazmunini, usullari, o‘quv-ta’limviy faoliyat vositalari va tashkiliy shakllarini prognozli asoslash bilan bog‘liq pedagogik va didaktik muammolar hamon еtarlicha ishlab chiqilmayapti. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishni bashorat qilishning asosiy metodologik va nazariy muammolariga oid mavzular doirasi juda kengdir. Avvalo, pedagogik prognozlashning real ilmiy maqomini hamda bilimlarning ushbu tarmog‘i qamrab oladigan o‘sha fan sohasini aniqlash, pedagogik prognozlash mumkin bo‘lgan ob’ektlarni va asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish zarur. Shundan so‘ng, prognozlash ob’ektlari va konkret shart-sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda, ta’lim sohasida tashxisli tadqiqotlarni tashkil etishga nisbatan yondashuvlarni belgilovchi metodologik tamoyillar tizimini asoslash lozim. Bunda prognozlash tavsifidagi ishonchli axborot olishni va uning to‘g‘riligini ta’minlaydigan muayyan tadqiqot usullarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda pedagogik prognozlash nazariyasi va amaliyotining dastlabki bosqichida O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga oid turli prognoz loyihalarni ko‘rib chiqish emas (vaholanki, ularni olish jarayonlari bayon qilinmagan holda bunga urinishlar bo‘lgan), balki shunga o‘xshash loyihalarni isbotlanganlik darajasini oshirish vositalari va usullarini izlash muhim o‘rin tutadi. Shu bois yagona pedagogika fani pedagogik prognozlash doirasida yangi yo‘nalishni, ya’ni barcha bo‘g‘inlarda uzluksiz ta’limning yaxlit, murakkab va dinamik tizimini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bashoratli tadqiqotlarning birinchi galdagi vazifalarini hal qilishga va, shu bilan birga, ana shunday tadqiqotlarni samaraliroq o‘tkazish uchun muayyan metodologik yo‘nalishlarni belgilab olishga diqqat-e’tiborni qaratish imkonini beradigan umumlashtirilgan, tartibga solingan ob’ektlarni aniqlash muhim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; 2200 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi: yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-ta’lim jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga; bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga; qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-ta’lim ishlari tegishli dastur asosida amalga oshiriladi, mazkur dasturda bolalarni har tomonlama aqliy va ahloqiy rivojlanishi, atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi, tegishli lug‘at hajmi hamda bolalarning har bir yosh bosqichida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, u muayyan shaxs sifatlarini ta’limlashni ko‘zda tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining asosiy yo‘nalishlaridan biri nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonnida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Globallashuv sharoitida o‘ziga xos ijtimoiy institut hisoblanuvchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham ijtimoiy-pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yish muhim vazifa hisoblanadi. Binobarin, bolalarni maktabgacha ta’lim yoshidan ijtimoiy munosabatlarga moslashtirish turli salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olishda o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida;maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’lim –ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual,axloqiy,estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida etibor qaratildi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling