V bob. Maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangai yondashuv joriy etish Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi


Ta’limni boshqarish qonuniyatlari


Download 1.16 Mb.
bet10/27
Sana04.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1329231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
BOSHQARUV UMKA 2-semestr 1-курс(1)

Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Ular umumiy va xususiyga bo‘linadi. Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim ta’lim tashkilotlari va tashkilotlarining amal qilishi bilan bog‘liq.
Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga soladigan bosh­qarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir.
Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv ob’ekti talablariga muvofiqligini bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 1997 yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi. Natijada ta’lim va uni boshqarish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini kasb etdi.
Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishini ham ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish mumkin. Qonuniyat, birinchidan, boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol boshqaruvning rivojlanganligi, boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar va faoliyat turlari paydo bo‘lganligi bilan boQliqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z ifodasini topadigan boshqaruv sub’ektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi.
Agar umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy qonuniyatlar boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir.
Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi, boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi, boshqaruv funksiyalarining jamlanishi va nazoratning keng tarqalish qonuniyati kabilar.
Ta’limni boshqarish funksiyalarining o‘zgarish qonuniyatlari boshqaruvning turli ierarxik darajalarida bir funksiyaning yuksalishi, boshqasining pasayishini bildiradi. Boshqaruv bosqichlari sonini maqbullashtirish qonuniyatlari boshqaruvning ortiqcha bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol uning moslashuvchanligi va tezkorligini kuchaytiradi.
Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir boshqaruv bosqichi funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv xodimlari sonini ko‘paytirishga intiladi. Barcha mamlakatlarda byurokratik apparat soni oshib borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni yaqqol namoyish etadi.
Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan boshqaruv xodimi tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va ishlarini nazorat qilish imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak.
Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiy va xususiyga bo‘linadi.
Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik (pog‘onalilik).
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli bosh­qaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, xodimlar sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi.
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Bunda maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham kerak bo‘ladi.
Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli bosh­qarish bilan bog‘liq bo‘lib, harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Rejalilik ish sharoitini normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida taqsimlashda ijrochilar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish va ularga yo‘l-yo‘riq berishda, shuningdek har bir ishning va umuman dasturning bajarilishini hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Ushbu tamoyilning amalda bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida tashkil etilishiga olib keladi.
Bilimdonlik tamoyili menejerning boshqaruv ob’ektini bilishini, hech bo‘lmaganda, qarorlar qabul qilishda mutaxassislarning foydali maslahatlarini qabul qilishga qodirligini anglatadi. Bilimdonlik tamoyili mehnatning funksiyalar bo‘yicha gorizontal taqsimlanishi bilan bog‘liq.
Boshqaruvning har qanday tizimida har qanday darajada mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan intizom boshqaruvning ajralmas tamoyili hisoblanadi. Intizom rahbar ko‘rsatmalarining, lavozim vazifalarining, yo‘riqnomalarning, buyruqlarning va boshqa direktiv hujjatlarning shubhasiz bajarilishini ko‘zda tutadi. Intizom darajasi ko‘p jihatdan boshqaruv madaniyatini belgilaydi.
Boshqaruv harakatlari o‘z mazmuni va natijalariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Boshqaruv funksiyalari ham shundan kelib chiqqan holda farqlanadi.
Birgina funksiyaning o‘zini turli sharoitda amalga oshirishda boshqaruv vazifalari turlicha bo‘ladi. Masalan, ta’lim muassasasi o‘qituvchi kadrlar bilan to‘liq butlangan holatda mashg‘ulotlar jadvalini rejalashtirish — bir masala, o‘qituvchilar ancha yetishmagan holatda shu ishni bajarish esa mazmuniga ko‘ra murakkabroq masala.
Muayyan ta’lim muassasasini boshqarishda qanday funksiyalar amalga oshirilishi kerak? Ushbu savolga bir xil ma’noda javob berib bo‘lmaydi. Bu — ta’lim muassasasi o‘z oldiga qo‘ygan ta’lim vazifalariga ham, uning rivojlanishga yo‘nalganligiga ham, u ishlaydigan shart-sharoitga hamda boshqaruvga yondashuvga ham bog‘liqdir.
Boshqaruv tizimi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan funksiyalarning barcha ta’lim tashkilotlari uchun bir xilda ro‘yxati mavjud emas. Masalan, bolalar bog‘chasi bilan ta’lim muassasasi birlashtirilgan ta’lim majmua-muassasasini boshqarish ta’lim muassasasi o‘z holicha faoliyat ko‘rsatadigan holatga nisbatan qo‘shimcha funksiyalarning bajarilishini taqozo qiladi. Ta’limni individuallashtirish, ta’lim jarayonining integratsiyalashuvini va variativligini ta’minlash vazifalari qo‘yiladigan ta’lim muassasasini boshqarish bunday vazifalar qo‘yilmaydigan ta’lim muassasasidagiga nisbatan keng ko‘lamdagi funksiyalarni bajarishni talab qiladi. Agar ta’lim muassasasi biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, bu unda tegishli boshqaruv funksiyalari amalga oshirilishi lozimligini anglatadi.
Funksiyalar tarkibiga boshqariladigan ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlaridan tashqari, boshqaruvga yondashuv ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruv fikri evolyusiyasini ko‘rib chiqar ekanmiz, biz boshqaruv jarayonida ishlar qanday amalga oshirilishi kerakligi turli yondashuvlarda turlicha tushunilishini ko‘rdik. «Zo‘ravonlik va tilyog‘lamachilik» metodiga yo‘naltirilgan yondashuvda tashkilotning norasmiy tuzilmasi boshqaruvchilarning diqqat-e’tiboridan chetda bo‘ladi va unga nisbatan boshqaruv funksiyalari ishga solinmaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarda tashkilot a’zolarining qoniqish hosil qilishi, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit, undagi joriy etilayotgan qadriyatlar, aksincha, tahlil va tartibga solish predmetiga aylanadi.
Ammo, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, boshqaruvga eng yaxshi yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim hollarda bir turdagi yondashuv samarali bo‘lsa, boshqa hollarda — boshqa turdagi yondashuv samarali bo‘ladi. Bu amalga oshirilayotgan boshqaruv funksiyalari tarkibi ham vaziyatga monand bo‘lishi kerakligini bildiradi.
Ushbu funksiyalar tarkibi ta’lim muassasasining rivojlanishga yo‘nalganlik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim muassasasi ma’muriyati hal qilishga intilayotgan asosiy vazifa uning barqaror faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lsa, innovatsion jarayonlarni boshqarish funksiyalari yo umuman bajarilmaydi, yoxud juda oz hajmda bajariladi. Innovatsion ta’lim tashkilotlarida esa, aksincha, yangiliklarni izlash va o‘zlashtirish jarayonlarini boshqarish funksiyalarini bajarishga sarflanadigan vaqtni o‘quv-ta’lim jarayonini boshqarish funksiyalarini bajarishga sarf­lanadigan vaqt bilan taqqoslash mumkin.
Boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv tizimida zarur ishlar bajarilishi kerak. Ana shu ishlardan biri parallel ravishda va muayyan vaqtgacha bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda bajarilsa, boshqalari — muayyan izchillikda bajariladi. Boshqaruv vazifalarini hal qilishda parallel ravishda va izchil bajariladigan harakatlarning ushbu yig‘indisi boshqaruv jarayonini hosil qiladi.
Boshqaruv vazifalari axborot bilan ishlash orqali amalga oshiriladi, shu bois boshqaruv jarayoni qator hollarda axborotni to‘plash, saqlash, ishlash va uzatish jarayoni sifatida belgilanadi. Ammo bunda asosiysi — aynan boshqaruvning o‘ziga xos mazmunini tashkil etuvchi narsa ochib berilmaydi. Televizon ko‘rsatuvlarni tayyorlash va translyatsiya qilishda ham axborot to‘planadi, saqlanadi, ishlanadi va uzatiladi, biroq bu boshqaruv jarayoni hisoblanmaydi.
Boshqa hollarda boshqaruv jarayoni qarorlarni ishlab chiqish jarayoni sifatida tushuniladi. Bu to‘g‘ri bo‘lsa-da, yetarli emas. Har bir inson o‘z hayotida ko‘plab qarorlar qabul qiladi, biroq bu boshqaruv qarorlari emas. Boshqaruv — bu shunchaki qarorlarni ishlab chiqish emas, balki ko‘plab odamlar birgalikda unumli ishlashi uchun zarur va yetarli bo‘lgan shart-sharoitni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishdir.
Shu bois biz boshqaruvni bundan buyon boshqaruv sub’ekti tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz, izchillik faoliyat sifatida tushunamiz. Buning natijasida boshqariladigan ob’ekt qiyofasi va mazmuni shakllanadi hamda o‘zgaradi, birgalikdagi faoliyat maqsadlari aniqlanadi, ularga erishish usullari belgilanadi, uning ishtirokchilari o‘rtasidagi ish taqsimlanadi va ularning sa’y-harakatlari integratsiyalashtiriladi.
Boshqaruv jarayoni turkumlilik xususiyatiga ega. U amaliy harakatlarga ehtiyojni, maqsadlarni qo‘yishni aniqlashdan boshlanib, ularga erishish va bundan voz kechish bilan tugaydi. Boshqaruv turkumi ichida turli xatti-harakatlar ajratilishi mumkin.
Ushbu o‘rinda boshqaruv turkumi rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish singari to‘rt asosiy boshqaruv ishining yopiq izchilligi sifatida tushuniladi.
Rejalashtirish — bu faoliyat ko‘rinishlaridan biri ish bo‘lib, uni bajarish natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo‘yilishi) ko‘zda tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi muddatlarda bajarilishi kerakligi, ya’ni nima, qaerda va qay yo‘sinda amalga oshirilishi lozimligi belgilanadi. Kelgusi faoliyatni rejalashtirish ularga erishish uchun zarur bo‘lgan ishning maqsadi, tarkibi, tuzilmasi va bajarish muddatlarini belgilash demakdir.
Ammo faqat rejaning o‘zi yetarli emas. Odamlar birgalikda samarali ishlashi uchun kim va qanday ishlarni bajarishi (funksional majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi), bunda kim bilan va qay yo‘sinda o‘zaro munosabatda bo‘lishi lozimligini belgilash (taqsimlash) kerak.
Bunday vazifalar hal etiladigan ish tashkil qilish deb ataladi.
Rejalashtirish va tashkil qilish ishini bajarish tufayli ta’lim muassasasi jamoasi a’zolarining kuch-g‘ayratini samarali birlashtirish uchun zarur, ammo yetarli bo‘lmagan shart-sharoit yaratiladi. Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, odamlar real bajarayotgan ishlar ularga qo‘yilayotgan rasmiy talablarga har doim ham mos kelavermaydi. Ijtimoiy tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularga kiruvchi odamlar o‘z sabablariga ega bo‘lgan holda, o‘z oldilariga o‘zlari maqsad qo‘yishga qodirdirlar. Ular nimanidir qilishni xohlashlari va xohlamasliklari va shunga qarab ishlashlari mumkin. Odamlar tashkilotga kelgach, u o‘zlarining manfaatlarini amalga oshirish imkonini berishini xohlashadi. Bu hol yuz bermasa, ular yo tashkilotdan ketadilar yoki salohiyatlari va iqtidorlarini ishga to‘liq safarbar etmaydilar.
Birgalikdagi ish samarali bo‘lishi uchun, birinchidan, ijrochilar ulardan qanday natijalar va qachon kutilayotganligini yaxshi tushunishlari; ikkinchidan, ular bunga erishishdan manfaatdor bo‘lishlari; uchinchidan, ular o‘z ishlaridan qoniqish hosil qilishlari; to‘rtinchidan, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit unumli ishlash uchun qulay bo‘lishi zarur.
Birgalikdagi faoliyat yaxshi rejalashtirilgan va uyushtirilgan bo‘lsa, ijrochilar bu jarayonga tuzatish kiritishni talab qiladigan qandaydir ichki va tashqi shart-sharoit o‘zgarmagunga qadar nimani, qaerda va qay yo‘sinda bajarishlarini bilishgandagina u muvaffaqiyatli kechadi. Bu o‘zgarishlar rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish uchun xavf tuQdirishi yoki, aksincha, qandaydir yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin. Boshqaruv yuz berayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda axborotga ega bo‘lishi lozim. Bunday axborotni olish va ishning borishiga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur.
Boshqaruv nazorat tufayli o‘zi usiz faoliyat yuritmaydigan eng muhim tarkibiy qism — qayta aloqaga ega bo‘ladi. Nazorat boshqa­ruvning «ko‘zini ravshan» va o‘zgarishlarga nisbatan ta’sirchan qiladi. Ushbu o‘zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davrasi yopiq holga keladi.
Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish va nazorat qilish murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, o‘zi ham ko‘plab boshqa ishlardan tashkil topadi. Masalan, u rejalashtirish, vaziyatni tahlil etish, prog­nozlash, maqsad qo‘yish, samaradorlikni baholash, ish rejasining biron-bir variantini tanlash haqida qaror qabul qilish kabilarni o‘z ichiga olishi mumkin. Rahbarlik qilish qo‘l ostidagi xodimlarga topshiriqlar berish, jamoa ahvolini tahlil qilish, qo‘l ostidagi xodimlarning ishini baholash, taqdirlash va jazolash haqida qarorlar qabul qilish, xodimlarni xabardor qilish, nizoli vaziyat­larni hal qilishni va h. k. ko‘zda tutadi.
Ta’lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab bosh­qaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega — xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, ta’lim muassasasida o‘quv-ta’lim jarayonini boshqa­rishning umumiy turkumida boshlanQich va umumiy o‘rta ta’limni rejalashtirish, tashkil etish, unga rahbarlik va uni nazorat etish turkumlari ajratib ko‘rsatiladi. Bu turkumlar ham, o‘z navbatida, murakkab tuzilmaga ega. Masalan, boshlang‘ich ta’limni boshqarish turkumi ichida va ayrim sinflar, predmetlarni o‘rganishni rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish turkum­lari ajratiladi.
Boshqaruv jarayonida, ayni paytda, turli boshqaruv turkumlari ishi amalga oshiriladi. Kimdir mashg‘ulotlar jadvaliga tuzatishlar kiritishi, kimdir o‘qituvchining ishini nazorat qilib borishi, yana kimdir pedagogika kengashining ish rejasini muhokama qilishi mumkin. Bu boshqaruv turkumlarini nafaqat bexabar kuzatuvchi uchun, balki aksariyat boshqaruv sub’ektlari uchun ham nooshkor holga keltiradi. Ammo boshqaruv faoliyatining yaxlitligi uchun javob beruvchi ta’lim muassasasi rahbari ushbu turkumlarni tuzib, ularning har birini kuzatib borishi kerak.
Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish hokimiyat munosabatlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv ishi deb hisoblanadi.
Samaradorlik tushunchasi, garchi ijtimoiy munosabatlar jarayonida ko‘p qo‘llanilsa-da, boshqaruv nazariyasida eng kam ishlangan tushunchalardan biridir. Samaradorlikning umumiy nazariyasi mavjud bo‘lmaganligi bois ushbu yo‘nalishdagi barcha urinishlar hozircha kutilgan natijaga olib kelmadi. Faoliyatning turli sohalarida samaradorlikning o‘z xususiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ammo ta’limda bugungi kunda bunday ko‘rsatkichlar yo‘q. Shunga qaramay, samaradorlik tushunchasi sifatga yo‘naltirishda juda muhim va foydalidir. Vazifaning butun murakkabligini anglagan holda, boshqaruv samaradorligi nima ekanligini aniqlashga urinib ko‘ramiz.
Samaradorlik haqida gapirishdan oldin faoliyat unumdorligi tushunchasini kiritamiz. O‘ar qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik — bu qandaydir vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi faoliyat xususiyati demakdir.
Unumdorlikdan ko‘pincha boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Garchi faoliyat unumdorligi bilan bosh­qaruv samaradorligi bir-biriga bog‘liqligi shubhasiz bo‘lsa-da, biroq ular bitta narsa emas. Ta’limning boshqa ta’lim muassasasiga nisbatan yuqoriroq natijalari ushbu ta’lim muassasasida boshqaruv sifati yuqori bo‘lishidan har doim ham dalolat beravermaydi.
Masalan, ta’lim muassasasi ajoyib moddiy bazaga ega bo‘lsa, moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari hisobiga o‘qituvchilarga boshqa ta’lim tashkilotlaridagiga nisbatan yuqoriroq ish haqi to‘lay olsa, ushbu barcha ne’matlardan mahrum bo‘lgan oddiy ta’lim muassasasidagiga qaraganda ta’lim sifati yuqoriroq bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Lekin masala har bir ta’lim muassasasi o‘zida mavjud imkoniyatlardan nechog‘li yaxshi foydalanayotganligidadir.
Boshqaruv sifatini baholash aynan shu savolga beriladigan javobga boQliq. Boshqaruv o‘z vazifasiga ko‘ra foydali natija olish uchun imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni ta’minlashi kerak. Ushbu vazifani qanchalik yaxshi uddalasa, u shunchalik samarador bo‘ladi.
Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz.
Bunday ta’rifni faoliyat ko‘rsatishni boshqarishga nisbatan ham, rivojlanishni boshqarishga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladi. Lekin bu holatlarning har birida turli natijalar va turli xarajatlar hisobga olinishi kerak. Ta’lim muassasasi o‘zi uchun ta’lim sifati iloji boricha yuqori darajada bo‘lishini ta’minlay oladi (bu yuqori samaradorlik hamda faoliyat yuritishni boshqarishdan dalolat berishi mumkin), ammo ayni paytda u yangiliklarni o‘zlashtirish va o‘zining salohiyatini kuchaytirish uchun ob’ektiv tarzda ta’limning mavjud imkoniyatlaridan foydalanmasligi mumkin. Bu ta’lim muassasasini rivojlantirishni boshqarish samaradorligi pastligidan dalolat beradi.
Ta’limni boshqarish va bilimdonlik. Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga soladigan bosh-qarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir.
Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv ob’ekti talablariga muvofiqligini bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 1997 yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi. Natijada ta’lim va uni boshqarish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini kasb etdi. Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz. Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishini ham ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish mumkin. Qonuniyat, birinchidan, boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol boshqaruvning rivojlanganligi, boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar va faoliyat turlari paydo bo‘lganligi bilan boQliqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z ifodasini topadigan boshqaruv sub’ektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi. Agar umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy qonuniyatlar boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir. Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi, boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi, boshqaruv funksiyalarining jamlanishi va nazoratning keng tarqalish qonuniyati kabilar. Ta’limni boshqarish funksiyalarining o‘zgarish qonuniyatlari boshqaruvning turli ierarxik darajalarida bir funksiyaning yuksalishi, boshqasining pasayishini bildiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi darajasida asosan ta’lim mazmunini qamrab olgan strategik vazifalar (o‘quv rejalari, dasturlari, davlat ta’lim standartlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqalar) hal qilinsa, ta’lim muassasasi darajasida ko‘proq umumiy o‘rta ta’lim maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq taktik masalalar hal etiladi.
Boshqaruv bosqichlari sonini maqbullashtirish qonuniyatlari boshqaruvning ortiqcha bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol uning moslashuvchanligi va tezkorligini kuchaytiradi. Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir boshqaruv bosqichi funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv xodimlari sonini ko‘paytirishga intiladi. Barcha mamlakatlarda byurokratik apparat soni oshib borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni yaqqol namoyish etadi. Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan boshqaruv xodimi tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va ishlarini nazorat qilish imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak. Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiy va xususiyga bo‘linadi. Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik (pog‘onalilik). Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli bosh¬qaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, xodimlar sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi. Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Bunda maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham kerak bo‘ladi

Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalari. Ta’lim sifatini boshqarishga ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish xorijda XX asrning 20-yillarida, mamlakatimizda esa 50-yillarida boshlangan edi. Bizda bu ish uzoq vaqt mobaynida jahonda amalga oshirilayotgan ishlardan ajralgan holda olib borildi. Agar chet elda ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish usullarini izlash ishlari avval boshdanoq ijtimoiy bosh¬qaruvning umumiy nazariyasi yutuqlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, mamlakatimizda asosan pedagogika nazariyasi qoidalariga tayangan edi. Ammo 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab bu uzilish jadallik bilan bartaraf etila boshladi. Aytish mumkinki, boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini o‘rganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar hal etilishi, ularni hal etish natijasi qanday bo‘lishi lozimligi, u yoki bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi bilimlarni olishi darkor. Ushbu savollarga tayyor javob yo‘q, uni topish uchun boshqaruv o‘zi nima ekanligi haqida ayrim boshlan¬Qich tasavvurga ega bo‘lish lozim.


Umumboshqaruv G‘oyalari evolyusiyasini ko‘rib chiqar ekanmiz, ko‘pincha turli boshlanQich tasavvurlarda boshqaruv nima ekanligi, uning vazifalari nimalardan iboratligi va bu vazifalarni qay yo‘sinda hal etishi lozimligi to‘g‘risidagi turli yondashuvlarga asoslanganligi ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotlarning turli predmetlari shu tariqa ajralib chiqqan. Masalan, klassik nazariya boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalarining muayyan majmuini amalga oshirish sifatida ifodalagan. Ushbu funksiyalarning amalga oshirilish sifati, eng avvalo, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tavsifi bilan bog‘angan. Shu bois, asosiy vazifa qanday tashkiliy tuzilmada boshqaruv funksiyalari samaraliroq bajarilishini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, o‘rganishning asosiy predmeti tashkiliy struktura tavsiflari bilan boshqaruv funksiyalarini amaliyotga tatbiq etish natijalari o‘rtasidagi aloqadan iborat bo‘lgan.
«Insoniy munosabatlar» nazariyasi norasmiy tuzilmani, ya’ni birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy maqsad qilib olgan va maqbul norasmiy tuzilmani yaratish uchun nima qilish lozimligini aniqlashga intilgan. Shunday qilib, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv vazifalari birmuncha anglab yetildi.
Tashkilotlar, xodimlar, jarayonlarni va h. k. boshqarishning o‘rganilishi ham turli umumboshqaruv yondashuvlari G‘oyalari asosida olib borilishi mumkin. Shu boisdan, tadqiqotlar predmeti ham turlicha bo‘ladi. Zero boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi, eng avvalo, uning predmetiga bo‘lgan qarashlarning o‘zgarishidir. Garchi turli yondashuvlarda tadqiqotlar predmetini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi, biron-bir tarzda, boshqaruvni tashkil etishdagi alohida funksiya sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bu funksiyani amalga oshirish bilan uning hayot faoliyati aniq maqsadga qaratilganligi va uyushganligi ta’minlanadi hamda boshqaruv tizimi tarkibiy qismlarining tuzilishi va o‘ziga xosligi, tashkilot faoliyatining ichki hamda tashqi shart-sharoiti va uning natijalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Umume’tirof etilgan boshqaruv tushunchasi bo‘lmagani kabi ta’lim tashkilotlari va ta’lim sifatini boshqarishning ham umumqabul qilingan tushunchasi yo‘q. Ilmiy bilim rivojlanib borgani sari bu tushuncha doimiy ravishda boyib boradi.
Boshqaruv boshqariladigan ob’ektdagi jarayonlarning aniq maqsadga qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Bosh¬qaruv o‘zining bu vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (raqbatlantirish); jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakl¬lantirish (norasmiy tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi.
Shundan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni, ta’lim tashkilotlari tartibini va ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda uning sub’ekti boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning birgalikdagi faoliyatining uyushqoqligini hamda ta’lim maqsadlari va rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi.
Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak, turli ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tad¬qiq qilish mumkin emasligidan dalolat beradi.
Ta’limni boshqarish fani qanday xususiy predmetlarni o‘rganadi?
Bunda, shubhasiz, o‘quv-ta’lim jarayoni boshqaruvning markaziy ob’ekti hisoblanadi. Boshqaruv fani u qay yo‘sinda amalga oshirilishi kerakligi va vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganmaydi — bu pedagogikaning vazifasidir. Ammo hozirning o‘zidayoq ta’lim vazifalarini turlicha tushunish, turli pedagogik texnologiyalar mavjud. Umumiy boshqaruv nazariyasiga muvofiq, turli texnologiyalar turlicha tashkil etishni, rejalashtirish, nazorat qilishning xilma-xil usullarini talab etadi va h. k.
O‘quv-ta’lim jarayoni texnologiyasi xususiyatlariga bog‘liq ravishda boshqaruv qanday amalga oshirilishi lozim, degan masala esa boshqaruv faniga taalluqlidir.
Ammo o‘qitish va ta’lim natijalari nafaqat pedagogik texnologiyaga, balki pedagoglarning malakasiga, ularning eng yaxshi natijalarga erishishdan manfaatdorligiga, jamoadagi munosabatlarga bog‘liq dir. Kadrlarni qanday tanlash kerak, ularni qay yo‘sinda baholash, unumli ishlashga qanday undash kerak, jamoada qulay psixologik muhitni qanday shakllantirish lozim kabi savollar ham boshqaruv tadqiqotchilari oldida turgan muhim savollar sirasiga kiradi.
Ta’lim muassasasi qanchalik yaxshi ishlamasin, u o‘zgarmasligi mumkin emas. Ta’lim muassasasida, o‘quv-ta’lim jarayoni bilan bir qatorda, uning rivojlanish jarayoni eng muhim boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Yangiliklarni o‘zlashtirish ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo etadi. Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali bo‘lishini va bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak.
Ta’lim muassasasi, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Shu boisdan boshqaruv natijalari u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darajada bog‘liq ligini o‘rganishi lozim.
Yuqorida qayd qilingan xususiy tadqiqot predmetlari, shubhasiz, ularning xilma-xilligini qamrab ololmaydi. Ta’lim muassasasining ijtimoiy institut sifatida rivojlanishiga ko‘ra boshqa¬ruvning yangi vazifalari vujudga kelib, tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari dolzarb bo‘lib boradi.
Ta’lim sifatini boshqarishga metodik-amaliy yondashuvlar va uning shart-sharoitlarini ishlab chiqish hamda joriy qilishdan oldin boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalari va tushunchalarini aniqlash hamda belgilash (materialning bir qismi I bobda ko‘rib chiqilgan), menejmentning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va vazifalarini aniqlash zarur.
Boshqaruvda «boshqaruv ob’ekti va sub’ekti», «ular o‘rtasidagi bevosita va teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va tushunchalardan foydalaniladi.
Ta’lim tashkilotlari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur.
Boshqaruv ob’ekti — bu boshqariladigan ob’ekt, ya’ni, tarmoq, muassasa, tashkilot va hokazo. Boshqaruv ob’ekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim, shuningdek, turli xildagi ta’lim tashkilotlari ko‘rib chiqilishi mumkin. Menejmentda boshqaruv ob’ekti sifatida, odatda, faoliyati muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir guruh odamlar tushuniladi.
Boshqaruv sub’ekti — bu boshqaradigan sub’ekt, ya’ni, tarmoq, muassasa va tashkilotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejment¬ga nisbatan olganda, boshqaruv sub’ekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni bajaruvchi muayyan bo‘Qinlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘Qin quyi bo‘Qinga nisbatan bosh¬qaruv sub’ekti sifatida yuzaga chiqadi.
Boshqaruv sub’ekti va ob’ekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv ob’ekti ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, sub’ekti esa boshqaruvchi kichik tizim deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit xosdir. Eng avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim ostida o‘z parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bunda samarali boshqarish uchun boshqaruv ob’ekti faoliyatining eng muhim parametrlarini to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Masalan, ta’lim tashkilotlari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, ana shu xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar shunday ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv tizimi ob’ektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin boshqaruv ob’ekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq yo‘nalganlikni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishdan oldin va keyin ob’ektning holati haqida boshqaruv sub’ektiga axborot kelib tushishi kerak, ya’ni boshqaruv tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Va nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat va boshqa resurslarga ega bo‘lishi zarur.
Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips bog‘angan va bir-birini taqozo etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda oliy ta’limning maqsadi barcha darajadagi malakali xodimlarni tayyorlash orkali raqobatbardosh maxsulot tayyorlash va xizmatlar ko‘rsatishni yulga kuyishdir.
Raqobatbardoshli mutaxassislarsiz raqobatga chidamli iqtisodni bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekistonda bu muammoni yechishning asosi kadrlar tayyorlashning modelidir. U o‘zining quyidagi asosiy qismlariga ega:

  1. Shaxs - kadrlar tayyorlashning asosiy sub’ekti va ob’ekti, xizmatlarining iste’molchisi va ishlab chikaruvchisiz.

  2. Davlat va jamiit - kadrlar tayyorlash va talab qilishning kafolati. (Nazorat qiladi, tartibga soladi, muvofiqlashtiradi).

  3. O‘zluksiz ta’lim - malakali va raqobatbardoshli kadrlar tayyorlashning asosi. (Barcha ta’lim turlari, DTS, struktkra va faoliyat muxitini o‘z ichiga oladi),

  4. Fan - yuqori malakali mutaxassislarni ishlab chikaruvchi va iste’molchisi, pedagogik va informatsion texnologiyalarini yaratuvchisi.

  5. Ishlab chikarish - asosiy buyurtmachi, extiyojni aniqlovchi. (Tayyorgarli darajasiga va sifatiga talab kuyuvchi, kadrlar tayyorlash sistemasini moddiy-texnika ta’minoti va moliyalashtirishning a’zosi).

Uzluksiz ta’lim rivojining asosiy prinsiplari:

  1. Birlamchiligi. Rivojining birlamchiligi, ustunligi.

  2. Ta’limni demokratlashtirish. OTM ning mustakilligini kengaytirish.

  3. Insonparvarligi. Inson qobiliyatini kengaytirish, ta’limga bo‘lgan extiejni kondirish, shaxs, jamiyat va muxitniumumiylashishi.

  4. Ma’naviylashuvi. Estetik boy dunyoqarash, yuqori ma’naviyat, madaniyat va ijodiy tafakkurni shallantirish.

  5. Milliylik. Ta’lim milliylik yo‘nalishi. Milliy an’analar va odatlar, tarix, madaniyatimiz bilan bu katorda boshka xalqlar tarixiga va madaniyatiga xurmat.

  6. Ta’lim vata’limning bog‘liqligi.

  7. Talantli yoshlarni aniqlash. Bilim olishga, o‘sishga sharoit yaratish.

Uzluksiz ta’lim muhim elementi DTS (davlat ta’lim standarti). U ko‘p ulchovchi konstruksiya bulib, mutaxassis va yo‘nalishning umumiy tavsiflarini aks ettiradi, tayyorgarlik darajasiga talabalarni aniqlaydi, ta’lim dasturini mazmunini belgilaydi, uni amalga oshirishni, xodimlar tayyorlash sifatini nazorat qiladi, talablarni shakllantiradi.
DTS yaratishning asosiy prinsiplari:
1. Insonparvarlik va ma’naviyatlilik.
2. Asosiylik (fundamentallik).
3. Umumta’lim va kasb-malaka ta’limi.
4. O‘zluksiz va an’anaviylik.
5. Oldinda bo‘lish.
6. O‘zgarmaslik (mobilnost). Dasturning o‘zgarmasligi.
7. Talabalarning akademik mobilligi.
8. O‘z-o‘zini tayyorlash (samoobrazovanie).
9. Ta’limni kengaytirish imkoniyatlarini mavjudligi.
10. Ko‘p darajali sifat nazorati.
Nazorat 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1 daraja. Test markazi (O‘z.R.V.M.) tomonidan:
a) OTM attestatsiyasi, xodimlar va rahbarlarning, ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiya qilish. Akkreditatsiya qilish (mutaxassislar va yo‘nalishlar buyicha);
b) kadrlar tayerlash sifatini, o‘quv-ta’lim jarayonini ekspert baholash.
II daraja. Vazirlik tomonidan:
a) DTS da ko‘zda to‘tilgan tayyorgarlik darajasini va maxmunini ta’minlash;
b) kadrlar tayyorlashsifatini.
III daraja. OTM tomonndan.
) talabalar bilimini reyting-nazorat qilish;
b) davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan nazorat (bitiruv ishi mutaxassisni).
Davlat kadrlar tayyorlash mazmuni va darajasiga talablarni shakllantiradi. Ta’lim-malaka dasturida (bakalavriat) quyidagi komponentlar mavjud.
1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki.
Miliy mustakillik ideologiyasi, demokratiya, ilmiy dunykarash, yuqori ma’naviyat va madaniyat, demokratik, xukukiy va iqtisodiy fikrlashni
shakllantiradi.
2. Matsmatnk va tabiiy fanlar bloki.
Matematik bilimlar va modellashtirish, informaiion texnologiyalar to‘g‘risidagi tushunmani shakllantiradi;. tabiiy fanlar fundamental birligi to‘g‘risida tushunchani, zamonaviy tabiatshunoslik konsepsiyasi, tabiatshunoslikdagi yangiliklar va kelajakdagi o‘zgarishlar, tabiatdan ratsional foydalanish va inson faoliyati to‘g‘risida tushunchani shaklantirish.
3. Umumkasbiy fanlar bloki.

  • umumkasb buyicha chukur bilimlarni shakllantirish;

  • ta’lim yo‘nalishi buyicha maxsus fanlarni urganish uchun asos yaratadi;

  • kasb faoliyati bilimi va qobiliyatini yuzaga keltiradi.

  1. Maxsus fanlar bloki.

ta’lim yo‘nalishi buyicha bilim va malakani shakllantiradi; aniq mutaxassislik buyicha keyingi ta’limni tanlovini aniqlaydi; fan-texnika yutuklari, ta’lim yo‘nalishining rivoji, kelajagi va muammolari to‘g‘risida tushuncha beradi.
Sifat to‘satdan paydo bo‘lib qolmaydi. Uni rejalashtirish lozim. Sifat muassasa strategiyasida eng muhim ko‘rsatkich bo‘lishi va unga strategik rejalashtirish jarayoniga muvofiq muntazam erishilishi darkor. Strategik rejalashtirish — ta’lim sifatini bosh­qarish tizimidagi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir.
Ta’lim sifatini rejalashtirish ta’lim muassasasi faoliyatining uzoq muddatli yo‘nalishini ishlab chiqish bilan chambarchas bog‘liq. Qudratli strategik nuqtai nazar — har qanday muassasa muvaffaqiyatining eng asosiy omillaridan biridir.
Ta’limdagi strategik rejalashtirish jarayoni fanda, ishlab chiqarishda va umuman jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni ko‘zgudagidek aks ettiradi. Unda asosiy vazifalar va maqsadlarni aniqlash, kuchli va zaif tomonlarni, imkoniyatlarni va tahdid soluvchi xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan omillar ta’lim sohasiga ham joriy qilinadi.
Strategik rejalashtirish uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakl­lantirishga imkon beradi va oqilona o‘zgarishlarga ko‘maklashadi. Muassasa strategiyaga ega bo‘lmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul vaziyatda ekanligiga ishonch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning yetakchi maqsadlari ta’lim muassasasini rivojlantirishning muayyan vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan umumiy dasturini ishlab chiqish bilangina emas, balki ushbu ta’lim muassasasi ko‘rsatadigan ta’lim xizmatlarining eng muhim yo‘nalishlarini, shuningdek, bu yo‘nalishlarning iste’molchilar ehtiyojlariga nechoQli mosligini tushunib olish va ularni qayta ko‘rib chiqish bilan ham belgilanadi.
Strategik rejalashtirishda odatda, muhim muammolarning ma’lum bir majmuini ishlab chiqishga alohida ahamiyat beriladi. Ularning ro‘yxati quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Garchand nazariyadan amaliyot sari ishlash oqilona yo‘l bo‘lsa-da, strategik rejalashtirishga kirishayotib rioya qilish lozim bo‘lgan xatti-harakatlar majburiy izchilligi mavjud emas. Biroq kelajakni rejalashtirishda tizimli yondashish nihoyatda muhim. Strategiya iste’molchilarning turli guruhlari ehtiyojlariga tayanishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda bosh maqsadni belgilab beradigan hamda umuman nuqtai nazarni kengaytiradigan siyosat va rejani tuzish zarur.
Strategik rejalashtirishda harakatlarning muayyan izchilligi bo‘lishi mumkin.
Ta’lim muassasasining bosh maqsadi uning yo‘nalishini, bosh­qalardan farqini belgilab beradi. Bosh maqsadning ushbu ta’lim muassasasining barcha imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalanishga imkon beradigan zarur harakatlarga o‘tishini ta’minlash juda muhim. Ular o‘z sohasining peshqadamlaridan bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganliklarini, odatda, istar-istamas oshkora e’lon qiladilar. Ular, bu holda, mag‘lubiyatga uchrash ehtimolidan cho‘chiydilar. Siz asosiy maqsadni aniqlar ekansiz, uzoq muddatga mo‘ljallangan, aniq ifodalangan sifat strategiyasiga tayansangiz, bu hol, albatta, aks etishi lozim. TM bosh vazifalarining asosiy qoidalarini belgilashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

  • yodda oson saqlanishi;

  • oson ommalashishi;

  • tashkilotning nima bilan shug‘ullanishi aniq belgilanishi

  • sifatni oshirishga qo‘shilgan hissa darajasi;

  • tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari to‘g‘risida nizom bo‘lishi;

  • iste’molchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

  • moslashuvchan bo‘lishi shart.

Ta’lim muassasasi qadriyatlarni o‘zi aniqlab olishi zarur, ammo ular quyida tavsiya qilinadiganlardan aksariyatini o‘z ichiga olishi mumkin:

    • ta’lim oluvchilar (o‘quvchi, talaba)ni birinchi o‘ringa qo‘yamiz;

    • kasbiy halollikni yuqori darajada tutgan holda ishlaymiz;

    • yagona jamoa bo‘lib ishlaymiz;

    • doimiy yaxshilanishga (taraqqiyotga) intilamiz;

    • barchaga teng imkoniyatlar yaratish ustida ishlaymiz;

    • ta’lim xizmatlarining eng yuqori sifatini ta’minlaymiz.

Nuqtai nazar, vazifa va qadriyatlar aniqlangach, ularni erishish mumkin bo‘lgan maqsadlar bilan bog‘lash kerak. Ular o‘lchanadigan bo‘lishi juda muhim, ya’ni ularning yutuqlari natijasini muntazam ravishda baholab turish mumkin bo‘lishi lozim. Shunday qilib, maqsadlar haqiqiy va erisha oladigan bo‘lishi kerak.
Ehtimol tutilgan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va omadsizliklarni tahlil qilish strategik rejalashtirishning zaruriy bosqichi hisoblanadi. U ta’lim muassasasining imkoniyatlarini aniqlashning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Unda ikkita tarkibiy qismni, ya’ni, ob’ekti ta’lim muassasasining o‘z faoliyati bo‘lgan ichki tahlilni va uning faoliyatidagi tashqi vaziyatlar tahlilini ajratib ko‘rsatish mumkin. Kuchli va zaif tomonlarning nisbatini, mohiyatan, ta’lim muassasasi samaradorligining ichki auditi deyish mumkin. Imkoniyatlar va ehtimol tutiladigan xavf-xatarlar jihati esa TM ish olib boradigan sharoitdagi tashqi vaziyatlarga tegishlidir.
Bu tahlilning maqsadi — afzallikni kuchaytirib, nuqsonlarni mumkin qadar kamaytirish, xavf-xatarni susaytirib, yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Agar tahlilni ham iste’molchilarning talablariga, ham TMning talab bozorida raqobatlashish imkoniyatlariga qaratsak, tahlilning samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi. Bular uzoq muddatli korporativ strategiyani yaratishda ikki asosiy soha hisoblanadi. TM strategiyasi TMning raqobatbardoshliligini oshirib, iste’molchilarni o‘ziga jalb etishini maksimal darajada kuchaytiradigan tarzda ishlab chiqilishi lozim.
Agar bu missiya va qadriyatlarni o‘rganish bilan qo‘shilsa, u holda ushbu muassasaning raqobatchilaridan farqini belgilab olish mumkin bo‘ladi. Muassasaning farqli xususiyati belgilab olingach, uning uchun sifat tavsifnomasini aniqlash ancha oson bo‘ladi.
Ehtimol tutilgan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilish natijalari quyi­dagicha ko‘rsatilishi mumkin:
Ijobiy omillar:

  • o‘quvchilarning ko‘p miqdorda qabul qilinishi;

  • ijodiy boshqaruv ishi;

  • imtihonlarning ijobiy natijalari;

  • kuchli musiqa va san’at kafedralari;

  • ota-onalarning kuchli ko‘magi;

  • hokimiyat organlarining qo‘llab-quvvatlashi.

Salbiy omillar:

  • eski, xarob bino;

  • xodimlarning yoshi (o‘rta va katta yoshdagilarning ko‘pligi);

  • byudjetning ozligi;

  • uskuna va jihozlar kamligi.

Istiqbollari:

  • yaxshi yerda joylashgan, o‘zi kabi yuqori obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan qo‘shni TM bilan qo‘shilish;

  • predmet bo‘yicha olimpiadalarda va sportda obro‘-e’tibor qozonish;

  • qo‘shilish va yangi muassasa hosil bo‘lishi natijasida umumiy yuksalish;

  • taklif qilinadigan ta’lim xizmatlari sonini ko‘paytirish uchun xodimlarning kasbiy saviyasini oshirish imkoniyati;

  • birlashgan muassasa qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishi mumkin.

Muvaffaqiyatsizliklar:

  • o‘z qiyofasini, ustunliklarini va obro‘-e’tiborini yo‘qotish xavfi;

  • vaqtidan ilgari nafaqaga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan tajribali o‘qituvchilarni yo‘qotish xavfi;

  • boshqa TMning muhiti ustun bo‘lib qolishi;

  • ba’zi bir hokimiyat vakillarining qo‘llab-quvvatlashlaridan mahrum bo‘lish ehtimoli.

Muvaffaqiyatning tanqidiy omillari (MTO) — bu, agar ta’lim muassasasi iste’molchilar talablarini qondirishga va bosh vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, u erishishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Ular strategiyaning navbatdagi bosqichi bo‘lib, TMning asosiy tavsifi yo‘nalishini belgilab beradi.
Ular faoliyat ko‘rsatkichlari (FK) bilan, juda bo‘lmasa ham, o‘xshash. Farqi shundaki, FK, odatda, MTOdan kelib chiqadi va TMning asosiy vazifasiga yoki iste’molchilar talabiga doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lavermaydi

Mustaqil, demokratik O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida ustuvor soha deb e’lon qilingan ta’limning takomillashtirilishi, eng avvalo, uning sifat jihatdan yangi holatiga erishishga yo‘naltirilgan. Bu ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hal etilayotgan favqulodda murakkab, majmuaviy muammodir. Ulardan biri ijtimoiy hayotni boshqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lgan ta’lim tizimini boshqarish mexanizmini takomillashtirish va qayta qurishni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishning dolzarbligi, eng avvalo, ijtimoiy amaliyot ehtiyojlaridan kelib chiqadi, chunki, ta’limni boshqarishning ilmiy-nazariy va tajriba-amaliy jihatlari uning amal qilishining eng ilg‘or an’analarini aniqlash va butun choralar bilan rag‘batlantirishni hamda jamiyat hayot faoliyatining yangi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy voqeligi sharoitida yanada rivojlantirishni taqozo etadi.


Shu munosabat bilan davlat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarining sa’y-harakati o‘sib kelayotgan avlodlarni davlat-jamoat ta’lim tizimida o‘qitish, ta’limlash va rivojlantirish jarayonining o‘z ta’lim-ta’lim faoliyatida ta’lim jarayonining uzluksizligi va uzviyligi tamoyiliga qat’iy rioya qilishga da’vat etilgan TMning barcha turlarida uning demokratik, gumanistik yo‘naltirilganligi, ta’lim makonining birligi, ta’lim mazmunining maqbul darajasi, ushbu mazmun taqdimoti pedagogik texnologiyalarning oqilona to‘plami ta’minlanadigan ob’ektiv huquqiy sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy poydevor yaratishga yo‘naltirilgan.
Ta’lim amal qilishining zarur huquqiy shartlarini ta’minlovchi ob’ektiv huquqiy omil sifatida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shaxsning asosiy huquqlaridan biri bo‘lgan bilim olish huquqi to‘g‘risidagi; «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlarining, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», mazkur qonunlar asosida chiqariladigan asosiy qonunchilik va huquqiy hujjatlari qoidalari, shuningdek, o‘sib kelayotgan avlod shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlashni ko‘zda tutadigan umuminsoniy, gumanistik, demokratik ideallar hamda axloq voqe’ bo‘ladi. Bunda ta’lim va ta’lim jarayonida bu kabi rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi serunum ijodiy o‘quv faoliyatini va axloqiy xatti-harakatni, shuningdek, o‘quvchilarni jismoniy kamolga yetkazishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi amal qilishining huquqiy shartlarini bajarishga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy zamin:
Shaxsning har bir individning ta’lim sohasida o‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqarishi uchun ob’ektiv jihatdan zaruriy va yetarli bo‘lgan ehtiyo­jiy intilishi;
Davlat o‘quv yurtlarida ham, xususiy o‘quv yurtlarida ham davlat va xususiy, investitsiya bilan moliyalashtirish hisobiga o‘quv-ta’lim jarayonining samarali olib borilishi uchun moddiy-texnikaviy ta’minotni vujudga keltirish;
bilimlarning samarali va mazmundor ta’lim-ta’limviy sohalaridan, oqilona, ilor tamoyillarga va qonuniyatlarga tayanadigan ilg‘or psixologik-pedagogik nazariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan mexanizmlar va texnologiyalardan foydalanish.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida bayon etilgan aniq asosiy qoidalar negizida ishlab chiqilgan davlat siyosati asosida xalq ta’limi tizimini boshqarish mexanizmini qayta qurishning ham huquqiy shart-sharoiti, ham ijtimoiy-iqtisodiy zamini yaratildi.
Qonunda postulat darajasini olgan, ta’lim tizimi barcha komponentlarining «hayot faoliyatini» belgilab beradigan tamoyillarning boqiy qimmatini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, birinchi qoida (ta’lim va ta’limning gumanistik, demokratik xususiyati) o‘quvchi shaxsi va boshqaruvning buyruqbozlik-ma’muriy metodlarini bekor qilishni ustuvor yo‘nalish, bosh sub’ekt (avval bo‘lganidek, ob’ekt emas) sifatida olg‘a suradi. Ikkinchi qoida (uzluksizlik, uzviylik) ta’lim tizimi ierarxiyasining «tizilishi» imkoniyatini shart qilib qo‘yadi; qolganlar esa, bizning nazarimizda, ta’lim tizimining bosh­qaruv faoliyatini ta’lim mazmunini tanlash, undan davlat ta’lim tashkilotlariga ham, xususiy ta’lim tashkilotlariga ham qatnaydigan o‘quvchilar foydalanishi mumkinligi singari o‘ta muhim qismlarini ro‘yobga chiqarish jihatidan tuzish va mazmunan to‘ldirishga tub konseptual yondashuvlarni asoslashadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ushbu qoidalari alohida ahamiyatga egaligi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun 7-moddasining mazmunida alohida ta’kidlangan. Unda O‘zbekiston Respublikasida jahon amaliyoti mezonlariga muvofiq keladigan Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi. Ta’lim darajasiga hamda mulkchilikning barcha shakllari uchun majburiy bo‘lgan o‘quv yuklari hajmlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni shular belgilab beradi.
Shunday qilib, davlat ta’lim standartlari, qonunlarga muvofiq:

  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini belgilash va amalga oshirishni;

  • ta’limni rivojlantirish, uni moddiy-texnik jihozlash dasturlarini ishlab chiqish va bajarishni;

  • ta’lim tashkilotlarini attestatsiyalash va akkreditatsiyalash tartibini, shuningdek, pedagog va ilmiy kadrlarni attestatsiyalash tartibini o‘rnatishni ta’minlovchi tartibga soluvchi funksiyalar bilan qurollantiriladi.

Bundan tashqari, ta’lim tizimini boshqarish sohasidagi gumanistik, demokratik tamoyillar ham qonunning ta’lim-ta’lim jarayoni ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati mustahkamlanadigan qismida qonunan tartibga solinadi.
Davlat ta’lim standartlarining tartibga soluvchi, ya’ni ijtimoiy-pedagogik chegaralovchi funksiyasining yuqorida sanab o‘tilgan barcha tarkibiy qismlari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning IV qismida (25—29-moddalar) mustahkamlangan hamda Davlat ta’lim standartiga boshqaruv funksiyasini berish va uni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini boshqarish mexanizmiga qo‘shish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Endi ta’limning qanday tarkibiy qismlari yoki «ob’ektlari» davlat ta’lim standartlari bilan, binobarin, ta’lim sifatini bosh­qarish bilan tartibga solinishini aniqlash maqsadida «standart» va «standartlashtirish» tushunchalarining ma’nosini, ularning mohiyati hamda ta’lim jarayoniga tatbiqan vazifasini ko‘rib chiqamiz.
Respublikada ishlab chiqilgan, bazis o‘quv rejasi, alohida tayanch ta’lim sohalari bo‘yicha standartlarni, o‘quvchilar o‘qishda erishgan yutuqlarni baholashning va o‘qituvchilar pedagogik mehnatini attestatsiyalashning o‘ziga xos uslublari singari qismlardan iborat bo‘lgan davlat ta’lim standartlarining tahlili ta’lim jarayonining davlat ta’lim standartlari yordamida boshqariladigan bosh «ob’ektlarini» ajratib olishga asos beradi.
Ta’lim standarti ta’limning mazmuni, tuzilishi, ushbu mazmunni namoyish qilish darajasi, ta’lim natijalarini o‘lchash hamda talqin qilish shakl va usullari singari «ob’ektlarini» tartibga soladi (binobarin, boshqaradi ham). Standart o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘quv rejalari, dasturlar, o‘quv yurtlarini akkreditatsiyalash, o‘qituvchi kadrlarni attestatsiyalash singari va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘ladi.
Ta’lim mazmunining yadrosi bilan aniqlanadigan standart vositasida Respublika «ta’lim makoni»ning butun hududida o‘quv yurtlari tiplari har xil (davlat — jamoat va xususiy) bo‘lgani holda ta’limning barqaror va umumiy darajasini ta’minlash sharti bajariladi. Jamiyatning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ushbu darajaga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish, o‘quvchilarning ijtimoiy ta’lim ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ta’limning mazmuniy qismi hisobiga darajani oshirish imkoniyati beriladi.
Ayni mahalda, davlat standartini joriy etish — ta’limni demokratlashtirish tamoyiliga rioya qilish zarurligi tufayli — ta’lim jarayonini qat’iy andozaga bo‘ysundirishni bildirmaydi, aksincha, pedagogik ijodiyot uchun, har bir ta’lim sohasi bo‘yicha majburiy mazmun mag‘zi atrofida variativ dasturlarni, o‘qitishning rang-barang texnologiyalarini, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda.
Bundan tashqari, davlat ta’lim standartining demokratikligi ta’lim tizimini boshqarish kabi tarkibiy qismini ham loyihalash imkonini beradi. Buni davlat hokimiyati organlari tomonidan markazlashtirilgan holda me’yorlash hissasi (darajasi) va ushbu me’yorlash mustaqil ko‘lamining o‘quv yurtiga, uning maqomi (davlatniki yoki xususiy ekanligi)dan qat’iy nazar, beriladigan hissasining nisbati bilan tavsiflanadi va «belgilanadi».
Davlat ta’lim standarti o‘z mazmunida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning ta’limning umumdavlat (tayanch asosi), mintaqaviy TM hamda TMning komponentlari mazmuni o‘rtasidagi nisbat; ta’limning davomiyligi (qonunga muvofiq ham umumiy, ham bosqichlar bo‘yicha); tayanch ta’lim sohalari, majburiy va fakultativ mashg‘ulotlar uchun haftalik yuklama, o‘quvchiga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan haftalik eng ko‘p yuklama belgilaydi.
Shunday qilib, Davlat ta’lim standartlarini ulardagi boshqaruv funksiyalari yordamida joriy etish:
1) TM turlari, mintaqaviy ta’lim modellari xilma-xilligi sharoitida ta’lim makonining umumiyligi;
2) O‘quvchilarda:
a) o‘quv materialining tushunarliligini oshirish;
b) o‘quv yukini me’yorga keltirish;
v) tayyorlash darajasi va uni baholash mezonlariga qo‘yiladigan talablarni bilish asosida ta’limni ijobiy asoslashni ta’minlaydi.
Davlat ta’lim standartlari o‘z tuzilmasi va mazmuni bilan davlat, mintaqa, TM manfaatlari va vakolatlari muvozanatini aks ettiradi, ular esa, o‘z navbatida, o‘quvchi shaxsi, uning mayllari, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standartini joriy etish asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashib, o‘quvchilarni o‘qitish, ta’limlash va rivojlantirishni boshqarishda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi.
Davlat ta’lim standarti eng kam majburiy talablar darajasida belgilangani bois, o‘qitishning maqsadli ko‘rsatmalariga yondashuvlar, o‘quvchining huquq va majburiyatlariga qarashlar o‘zgaradi, bu esa jamuljam holda talablarga muvofiq keladigan, ancha moslashuvchan standartlarni, o‘quv-ta’lim jarayonlarini boshqarish shakli va uslublarini oldindan belgilab beradi. Bunday boshqaruv eng asosiy narsani — o‘quvchi standartda rejalashtirilgan darajada bilim va mahoratga qo‘yiladigan talabni o‘zlashtirishi shart bo‘lgan barcha narsa uning shaxsiy boyligiga aylanishini, ongli ravishda va mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlashi darkor.
Har bir TMning bunday natijalarga erishishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim dasturlarining bajarilishi asosini, har bir o‘quvchi esa jamiyat va mamlakat oldidagi o‘z axloqiy burchini ko‘ra bilishi zarur. Shunday qilib, Davlat ta’lim standartida bayon etilgan majburiy talablarni bajarish o‘quvchi (talaba)ning majburiyatiga aylanib boradi, bu esa uning ijobiy baholanishiga imkon beradi. Shu bilan birga tashkiliy-boshqaruv harakatlari ayni mahalda shaxsning yanada yuqoriroq darajada rivojlanishi uchun sha­roit yaratishga qaratilishi darkor. Biroq, o‘quvchi eng kam zarur talablar darajasi bilan cheklansa bo‘ladimi yoki harakatni davom ettirishi kerakmi, degan masalani mustaqil hal etish huquqiga ega bo‘ladi.
Bunday ahvol o‘quv-ta’lim jarayonini boshqarishga ham, ta’lim texnologiyasini belgilashga ham an’anaviy yondashuvlarni tubdan o‘zgartiradi. Bu hol o‘quvchi so‘zda emas, balki amalda ta’lim sub’ektiga, ta’lim jarayonining yetakchi ishtirokchisiga aylanishi sababli yuz beradi.
Shunday qilib, Davlat ta’lim standartining joriy etilishi o‘quvchilarga tabaqalashtirib yondashish zarurligini taqozo etadi, bu esa tegishli ravishda boshqaruv faoliyatiga ham tuzatish kiritadi. Chunki tabaqalashtirish mohiyatan yo davlat ta’lim standartida qayd etilgan ta’lim talablari darajasini yoki TM Davlat ta’lim standartiga nisbatan ta’minlashi mumkin bo‘lgan ta’lim natijalarining yanada yuqori sifatini tanlash bosqichida boshlanadi. Bu holatda boshqaruv funksiyasi o‘quvchilarga majburiy o‘zlashtirish uchun talab etiladiganga qaraganda ko‘proq taklif qilish mumkin bo‘lgan holatni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Davlat ta’lim standarti o‘quv-ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar ochiq bo‘lishini taqozo etadi. O‘quvchilar uchun ham mazmunan, ham shaklan tushunarli bo‘lgan talqinda ifodalangan ushbu talablar o‘quvchilarga ham, ularning ota-onalariga ham ma’lum bo‘lishi lozim, bu TM pedagoglar jamoasining boshqaruv bilan bog‘liq xatti-harakatlarini muayyan darajada yengillashtiradi. Talablarning ochiqligigina o‘quvchilarning bilish faolligini, ularning o‘z o‘quv mehnati natijalaridan manfaatdorligini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’limning ijobiy sabablarini shakllantirishga, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga ongli munosabatiga ko‘maklashadi.
Davlat ta’lim standartlaridan foydalanish va ularga xos bo‘lgan boshqaruv funksiyalarini bajarish ta’lim natijalari sifatini nazorat qilish va baholashning mavjud tizimini tubdan qayta qurish imkoniyatini yaratadi.
Davlat ta’lim standartlarini joriy etish o‘quvchilarni tayyorlash sifatining o‘lchagichlari tizimini ishlab chiqishdagi volyuntarizmni istisno qilish, nazoratning ob’ektivligi va axborotliligini oshirish, bilim, mahoratni baholashni bir xillashtirish imkonini beradi. Ularning bari, tabiiyki, turli ta’lim tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishning tuzilishi va mazmuniga o‘nlab yillar davomida ildiz otgan eskicha yondashuvlarni buzadi.
Bizning fikrimizcha, Davlat ta’lim standartlarini joriy etish ta’lim tizimining har bir TMdagi ishning haqiqiy ahvoli to‘g‘risida ishonchli axborot olishni ta’minlaydi. Olingan va yuksak professional darajada tushunib yetilgan ishonchli axborot jamuljam holda ierarxiyaning barcha «pillapoyalarida»: o‘qituvchidan tortib (maqbul uslublarni tanlash, o‘qitish jarayonini o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish, o‘qitish, ta’limlash hamda rivojlantirishning o‘rinli tabaqalashtirilishi va boshqalar), ta’lim rahbarlarigacha (ta’lim ahvolini yaxshilash bo‘yicha mintaqaviy chora-tadbirlar ko‘rish, o‘quv rejalari, dasturlari va darsliklariga o‘zgartirishlar kiritish, pedagog kadrlar tayyorlash, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimida ularning kasb mahoratini oshirish va boshqalar) asosli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sharoit yaratadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling