papillomalar va yassi hujayrali rak uchraydi.
Hiqildoq poliplari diametri 0,5 sm dan kamroq bo‘ladigan yarim sferik
tuzilmalar bo‘lib, asosan chin ovoz boylamlari sohasidan joy oladi.
Mikroskopik jihatdan olganda ular odatdagi ko‘p qavatli epiteliy bilan
qoplangan, fibroz to‘qimadan iborat. Polip ikkinchi ovoz boylamidan
shikastlanadigan bo‘lsa, uning yuzasi yara bo‘lib ketishi mumkin. Poliplar
odatda tamaki chekadigan kashandalar yoki ashulachilarda kuzatiladi
("ashulachilar tugunchalari"), bu narsa poliplarning paydo bo‘lishida
to ‘qiinalar ca’sirlanishining ahamiyati borligini kohsatadi. Polip stromasida
(fibroz to‘qimasida) mononuklear leykositlar uchraydi, tomirlar kengayib,
qonga to‘lib turadiki, Ъи polipning tabiatan yallig‘lanishiga aloqador
Do'stlaringiz bilan baham: |