kasallar ko‘pincha o ‘lib qoladi.
Embol parchalarga ajralib ketgan mahallarda (embol fragmentasiyasida)
embol qismlari periferik tomonga surilib borib, kichikroq infarktlarga sabab
bo‘lishi mumkin. Kasalga fibrinolitik vositalar yuborilganda embol bir necha
soat yoki kunlar davomida lizisga uchrashi mumkin. Fibrinoliz oxiriga
yetmay chala qolsa, embollar uyushib, intimada fibroz pilakchalar hosil
bo‘ladi. Mayda embollar qanday bo'lmasin biror xildagi simptomatikaga olib
bormasligi mumkin. Yoki ko‘krak qafasida og‘riq turib, yo‘tal tutadi,
o ‘pkaga qon
quyilishi
tufayli gemoftiz boshlanadi. 0 ‘pka infarkti
boshlanganida ko‘krak qafasida og‘riq turib, y o ‘tal, plevral og‘riqlar,
gemoftiz bo‘lishi harakterlidir, hansirash ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |