Respirator distress-sindrom aksari oy-kuni yetmasdan, 2500 grammdan
kam og‘irlikda, ayniqsa 1000-1500 gramm o g ‘irlikda tug‘ilgan bolalarda
ko‘proq kuzatiladi. Respirator distress-sindrom xavfini tug‘diradigan boshqa
omillar
jumlasiga
onadagi
diabet
kasalligi,
alveolalar
epiteliysi
tabaqalanishining kechikishi, tug‘ruq faoliyati boshlanmasdan turib ona
qornini yorib bolani olish (Keser kesish), prenatal asfiksiya kiradi. Respirator
distress-sindrom o ‘g ‘il bolalarda ko‘proq kuzatiladi.
Patologik anatom iyasi. 0 ‘pka havosiz bo‘lib ko‘zga tashlanadi,
paypaslab ko‘rilganida qattiq, og‘ir, rangi qizil, ola-bo‘la bo‘ladi. Bola o ‘lgan
zahoti murdasi yorib ko‘riladigan bo‘lsa, o‘pkasi bir qadar g ‘ovakroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |