V bob predikatlar mantiqi


M ustaqil ishlash uchun savollar


Download 1.81 Mb.
bet16/25
Sana22.12.2022
Hajmi1.81 Mb.
#1040937
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
V bob PREDIKATLAR MANTIQI

M ustaqil ishlash uchun savollar

  1. Predikatlar mantiqining simvollari va formulasi tushunchalarini bilasizmi?

  2. Predikatlar mantiqi formulasining qiymati deganda nimani tushunasiz?

  3. Formulalarning teng kuchli formulalar bo‘lishi yoki bo‘lmasligi qanday aniqlanadi?

  4. Qaysi formulalar asosiy teng kuchli formulalar deb yuritiladi?

  5. Formulaning deyarli normal shakli deganda nimani tushunasiz?

  6. Formulaning normal shakli uning deyarli normal shaklidan nimasi bilan farq qiladi?

  7. Qanday formulani normal shaklga keltirish mumkin?

  8. Bajariluvchi va umumqiymatli formulalar deganda nimani tushunasiz?

  9. Aynan chin va aynan yolg‘on formulalarning bir-biridan farqi nimada?

  10. Bajariluvchi va umumqiymatli formulalar haqidagi teoremalarni bilasizmi?



5.5. Yechilish muammosi. Xususiy hollarda formulaning umumqiymatliligini topish algoritmlari


Yechilish muammosi. Chekli sohalar. Yopiq formula. Formulaning umumiy yopilishi. Formulaning mavjudligini yopish. Tarkibida bir turdagi kvantor amali qatnashuvchi normal shakldagi formulalar uchun yechilish muammosi.


5.5.1. Yechilish muammosi. Predikatlar mantiqida yechilish muammosi mulohazalar algebrasida qanday qo‘yilgan bo‘lsa, xuddi shunday qo‘yiladi: predikatlar mantiqining istalgan formulasi yo umumqiymatli, yo bajariluvchi, yoki aynan yolg‘on (bajarilmas) formula ekanligini aniqlab beruvchi algoritm mavjudmi yoki yo‘qmi? Bu masala yechilish muammosi deb ataladi. Agar bunday algoritm mavjud bo‘lsa edi, u (xuddi mulohazalar algebrasidagidek) predikatlar mantiqidagi istalgan formulani aynan chinligini aniqlab beruvchi kriteriyga keltirilgan bo‘lar edi.
Agar ushbu muammo mulohazalar algebrasi uchun oson yechilgan bo‘lsa, predikatlar mantiqi uchun bu muammoni yechish jarayonida katta qiyinchiliklar borligi aniqlandi. XX asrning 30- yillarida algoritm tushunchasiga aniq ta’rif berilgandan so‘ng mazkur muammo umumiy holda ijobiy hal etilishi mumkin emasligi, ya’ni izlangan algoritm mavjud emasligi aniqlandi. 1936 yilda A. Chyorch2 predikatlar mantiqining yechilish muammosi umumiy holda algoritmik yechilmasligini isbotladi, ya’ni predikatlar mantiqining istalgan formulasi qaysi formulalar (umumqiymatli, bajariluvchi yoki bajarilmas) sinfiga kirishini aniqlab beradigan algoritm mavjud emasligini isbotladi.
Yechilish muammosi predikatlar mantiqi uchun ijobiy hal etilmasada,
predikatlar mantiqi formulalarining ba’zi sohalari uchun bu muammo ijobiy hal bo‘lishi mumkin. Quyida shunday sohalardan ba’zilarini o‘rganamiz.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling