V. G. Belinskiy « har ikkisining mazmuni bir, farqi faqat shakldadir» deganda nimalarni nazarda tutgan edi?


Download 219.5 Kb.
bet9/12
Sana24.06.2023
Hajmi219.5 Kb.
#1653176
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
13-VARIANT
1.«Navoiyning forsiy shoirlig‘i va uning forsiy devoni to‘g‘risida» maqolasi kimning qalamiga mansub?
A. S.Ayniy kalamiga B Cho‘lpon kalamiga .
D. Fitrat kalamiga E. Ayn kalamiga
2.Adabiy merosga nigilistik munosabatda bo‘lgan, vulgar sotsiolog tanqidchilardan eng «faol»i kim?
A. M.Solihov B. J.Boybo‘latov
D Ayn. E. O.Hoshimov
3.20-yillarda tanqidchilik bilan shug‘ullangan yozuvchilar belgilangan qatorni toping:
A. Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy B. Cho‘lpon, Sa’diy, Ayn
D. A.Qodiriy, O.Hoshim, Ayn E. A va B
4.1934 yili nashr etilgan «O‘zbek burjua adabiyoti (X1X va XX asr) darsligining muallifi kim?
A. A.Qodiriy B. Sulton
D. I. A.Sa’diy E Fitrat.
5.«Qizil qalam» tashkilotining bosh maqsadi nimadan iborat edi?
A. Madaniy merosni tashviq qilishdan
B. Shoirlarni xalqqa ko‘rsatishdan
D Adabiy tanqid bilan shug‘ullanishdan
E. A va D javoblar to`g`ri
6.“Mushtum» jurnalining asoschisi kim ?
A. Fitrat B. A.Qodiriy
D. Julqunboy E. A va D javoblar to`g`ri
7.«Fitrat o‘zbek adabiyotshunosligining otasi bo‘lgan». Bu fikr kimga tegishli?
A. O.Sharafiddinovga B. B.Qosimovga
D. H.Boltaboevga. E.B.Nazarovga
8. Fitratning 1923-1935 yillarda yaratgan ilmiy tadqiqot va maqolalarining hajmini belgilang:
A 400 ta B. 50 dan ortiq
D . 100 dan ortiq E 200 dan ortiq
9. «Fitrat Bartold, Samoylovich, Krachkovskiy, Bertelslar singari akademik yo‘nalishdagi yirik qomusiy olim edi». Bu fikr kimga tegishli?
A H.Boltaboev . B. T.Xo‘jaev
D. O.Sharafiddinov E I G‘aniev
10. Fitratning «Aruz» risolasi ilk bor qachon nashr etilgan?
A. 1928 yilda B. 1936 yilda
D. 1935 yilda E. 1938 yilda
11. Fitratning adabiy-tanqidiy qarashlarini qaysi olim kuprok o‘rgangan?
A. Ozod Sharafiddinov B I.G‘aniev
D. H.Boltaboev E. . B.Do‘stqoraev
12. Xorijda Fitrat ijodini qaysi olimlar o‘rgangan?
A. Temur Xo‘jaev, E Olvort
B.. Zaki Validi To‘g‘on, Fuod Kuprilizoda
D. Mexmet Saroy, Xisao Kumatsu
E. A va D javoblar to`g`ri
13. «San’at lug‘atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir. Bir kishi bir ishni o‘ziga kasb qilib olib,shunga berilib, yaxshi ishlab chiqaradirgan bo‘lsa,shu ish uning san’ati bo‘ladi». Fitratning bu fikri qaysi asarida keltirilgan?
A. «Aruz» asarida B. «Adabiyot qoidalari»da
D.»Eng qadimiy turk adabiyoti»da E. «She’r va shoirlik»da
14. Fitratning «Adabiyot qoidalari» asariga ilk taqrizni kim yozdi?
A. Oybek B. A.Qodiriy
D. Cho‘lpon E. A.Sa’diy
15. Fitrat mumtoz adabiyotning qaysi vakillari ijodini monografik tarzda o‘rgangan?
A. Bedil, A.Navoiy B. Barcha javoblar to`g`ri.
V. Turdi, Bobur, Yusuf xos Hojib D. Ahmad YAssaviy, Mashrab
16. Fitrat Bedil ijodini qaysi usulda talqin etgan?
A. Suhbat tarzida B. Akademizm usuli bilan
D. Bedilxonlik tarzida E. V va D javoblar to`g`ri
17. Fitrat «Qutadg‘u bilig»ning qaysi nusxasini fanga olib kirdi?
A. Namangan nusxasini B. London nusxasini
D. Toshkent nusxasini E. A va B javoblar to`g`ri
18. Fitratning Mashrab haqidagi tadqiqoti qaysi fazilati bilan ahamiyatga ega?
A Shoirning afsonaviy shaxs ekanligini ta’kidlash bilan
B. Mashrabning afsonaviy shaxs emas, balki tarixiy shaxs ekanligini isbot etishi
D. Mashrab ijodini ochib berishi bilan.
E A va B javoblar to`g`ri
19. Kaysi olimlar Ahmad YAssaviy ijodini o‘zbek adabiyotshunosligida birinchi bo‘lib o‘rganganlar ?
A. Ayn , Fitrat B. A.Sa’diy, Ayn
D. Fitrat, A.Sa’diy E. N.Mallaev, Fitrat
20. Sa’diy bir maqolasida «SHe’riy adabiyotda hamon ochilib turgan, o‘ziga ko‘p umid bog‘latgan kuchli talant» deganda qaysi ijodkorni nazarda tutadi?
A. Elbekni B.A.Qodiriyni D. Botuni E. Hamzani
21. O‘zbek adabiyotida futurizm oqim sifatida yo‘q degan fikrni o‘rtaga tashlagan munaqqid kim?
A. Ayn B. Sotti Husayn D. I.Sulton E.. A. Sa’diy
22. «Go‘zal san’at dunyosida» maqolasining muallifi kim?
A. Ayn. B. Olim Sharafiddinov D. A.Sa’diy E. Fitrat
23. A.Sa’diy qaysi asarida birinchilardan bo‘lib adabiy turlar va janrlar masalasiga daxl qildi?
A.. «Adabiyot koidalari»da B«O‘zbek yosh shoirlari» asarida
D. Go‘zal san’at dunyosida» asarida E. «Amaliy ham nazariy adabiyot darslari» kitobida.
24. A.Sa’diy adabiyot nazariyasiga oid qarashlariga qaysi rus olimlarining ishlarini asos qilib oladi?
A. Shaligin, Dal ishlarini
B. Bertels, Potebnya ishlarini
D. Timofeev, Abramovich ishlarini
E. Potebnya, Shaligin, Veselovskiy ishlarini
25. A.Sa’diy «roman darajasida kattalik olomagan uzun hikoya» deganda qaysi janrni nazarda tutadi?
A Povestni B. Hikoyani. D. Qissani . D.. . Romanni. .
26. Sa’diyning «Olti yil ichida o‘zbek she’riy adabiyoti» asari qaysi janrga mansub?
A. Maqola janriga B. Obzor maqola janriga
D Taqriz janriga. E. Risola janriga
27. A.Sa’diyning ayrim ishlarida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi ayon. Bu qaysi ijodkor faoliyati taxlilida kurinadi?
A Hamid Olimjon B. A.Qodiriy D . Uyg‘un E. Hamza
28. Sa’diy Buxoroda qaysi yillarda, nima munosabat bilan bo‘lgan?
A. 1940-yillarda Buxoro tarixiga oid asar yozish uchun
B. Buxoro davlat pedagogika institutida ishlagan
D. 1950-yillarda, Navoiy ijodiga oid ma’ruzalar o‘qigan.
E A va B javoblar to`g`ri
29. Sa’diy hikoya janri haqida fikr yuritar ekan, ko‘proq qaysi yozuvchilarning ijodiga tayanadi?
A. Qodiriy ijodiga B. Fitrat ijodiga
D. Cho‘lpon ijodiga E. A va B.
30. «Badiiy asarning nafisligiga, nozik yasamalari, badiiyati va shakliy tuzilishiga» katta e’tibor beradigan munaqqid kim?
A. Sa’diy B Cho‘lpon. D. Ayn E Vadud Mahmud .

Download 219.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling