V hayot faoliyati xavfsizligi
Xavfli gaz va changli shaxtalar uchun qoidalar
Download 122.5 Kb.
|
hayot faoliyati qism
5.2.Xavfli gaz va changli shaxtalar uchun qoidalar
Xavfli gazli shaxtalarga hech bo’lmasa bir pog’ona qatlamida metan, vodorod, serevodorod gazlari aniqlangan shaxtalar tushiniladi. Hududida metan, vodorod, serevodorod gazlari aniqlangan shaxtalarda gaz rejimi o’tkazilishi kerak bo’ladi. Bunday shaxtalarda ish olib boorish “ Ko’mir, slanets va ruda shaxtalarida xavfsizlik qoidalari” yoki “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasiga mos holatda Vazirlik tomonidan tomonidan tasdiqlangan maxsus tadbirlarni amalga oshirish orqali ularga mos holatda amalga oshiriladi. Hududda metan yoki vodorod gazlari aniqlangan shaxtalarda gazlanganlik darajasiga mos holatda 4 darajaga bo’linadi:
Izoh! Shaxtalarda gazlanish darajasini aniqlashda 1m3 vodorod 2m3 metanga ekvivalent sifatida hisoblab olinadi. Shaxtaga uzatiladigan havo miqdori ham ikkinchi jadvalda mos keltirilgan darajalarga mos holatda aniqlanadi:
Bunday shaxtalarda asosan har bir qatlamlarda alohida gaz rejimlari va shamollatish tizimlari ishlab chiqildi va amal qiladi. Bunday shaxtalarda glinali qatlamlarda o’pirilish, qulash va ko’chishlar sodir bo’lganda smena boshlig’i ishni to’xtatishi va ushbu hududni kuchaytirilgan holatda shamollatish, gazlardan tozalash va havo bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu hududda ishlarni qayta boshlash faqatgina shaxta hududida zaharli gazlar miqdori 1% dan oshmagan holatda amalga oshirilishi mumkin. Shaxtada gaz miqdorini aniqlash gaz miqdorini o’lchash uskunalaridan foydalanish qoidalari bilan tanishgan hodim tomonidan amalga oshiriladi. Ko’chishlar bo’lgan hududda gaz miqdorini aniqlash ish olib borilayotgan ishchi yuza bo’yicha amalga oshirilishi talab etiladi. Agar shaxta hududida gumbazlar mavjud bo’lsa, shaxtada gaz miqdorini aniqlash jarayonida maxsus hodimlar nabatchiligi tashkil etiladi. Havoni analiz qilishda asosan uglekislotalarga, kislorod, metan va vodorod miqdoriga tekshiriladi. Shaxta rudniklarda serevodorod miqdori va chang miqdoriga bo’liq holda quyidagilarga bo’linadi: Zaharli gaz va chang miqdori bo’yicha xavfsiz oddiy ish rejimi Zaharli gazlar miqdori normal ish sharoitining qo’shimcha talablariga mos bo’lmagan va past bo’lgan xavfli ish sharoiti Portlochi changlar ko’rsatkichi qo’shimcha ish sharoiti talablaridan past xavfli ish sharoiti Gaz va changlar miqdori yuqori xavfli shaxtalarda qazib olinadigan ruda miqdorining 12% zaharli gazlar tashkil etuvchi shaxtalar tushiniladi. Xavfli va zaharli gazli shaxtalarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish majburiy hisoblanadi. Kapital va tayyorlovchi ishlarda o’tishda 5-10m burg’ilash ishlari amalga oshiriladi Tarkibida serevodorod bo’lgan suvlar yopiq ariqlarda yoki quvurlarda chiqariladi. Shaxtaga tushayotganda ishchilarni raspirator bilan ta’minlash Tarkibidagi xavfli va portlochi changlar miqdoriga ko’ra shaxtakar ikki guruhga bo’linadi: I-guruh 12-18% II-guruh 18% dan yuqori Portlashdan xavfli changli shaxtalar uchun quyidagi tadbirlar majburiy hisoblanadi: I-guruh shaxtalari uchun: Ish olib borilayotgan hudud devorlarini changdan tozalash Portlatish miqdori xavfsizligini ta’minlashda elektr portlatishdan foydalanish Portlashdan xavfsiz elektr uskunalarini qo’llash Shaxtaning har bir zaboyida bosh injiner tomonidan shaxtadagi shpurlar, portlatkich moddalar miqdori tasdiqlanishi kerak. Agar shpurlar bo’shliqqa yoki yoriq joyga urilgan bo’lsa, unda ularga portlatkich modda joylashtirilmaydi. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling