V. I. Vernadskiy 1926 yilda biosfera to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. Bu


Download 22.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi22.27 Kb.
#1179397
Bog'liq
Biosfera haqida umumiy ma\'lumot



Biosfera haqida umumiy ma'lumot. 
Biosfera – Yer sharining tirik organizmlar ta'sirida bo`lgan qismi 
bo`lib, uning tarkibi va energetikasi shu organizmlarga faoliyatiga 
bog`liq. Biosfera Yer yuzining tirik organizmlar yashaydigan yuza 
qatlami ekanligi to`g`risidagi tasavvurlar J.B. Lamarkdan boshlangan 
edi. Ammo u alohida termin sifatida fanga birinchi marta 1875 yilda 
avstriya geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfera 
– bu yer ustining tirik organizmlar yashaydigan yupqa po`stlog`idir. U 
biosferani chuqurroq tushuntirib bermadi. Yerning tiriklik muhiti 
ekanligi to`g`risidagi o`zidan oldingi fikrlarni rivojlantirgan rus olimi 
V.I. Vernadskiy 1926 yilda biosfera to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. Bu 
ta'limotga ko`ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat: 1)tirik 
organizmlar, 2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida 
qatnashadigan mineral moddalar, 3)tirik organizmlar faoliyati natijasida 
hosil bo`lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha 
qatnashmaydigan moddalar. Tirik organizmlar tabiatda juda ko`p va 
xilma-xil bo`lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik 
organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz 
predmetlarga) qaraganda o`zlarida kechadigan biokimyoviy 
jarayonlarning aktivligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular 
Yer yuzida o`zgarishlar yasashga qodirlar. Sayyoramizdagi barcha 
organizmlar, V.I. Vernadskiy fikricha tirik moddalar bo`lib, ularning 
asosida vazn, kimyoviy tarkib va energiya yotadi. Bu moddalarni 
Vernadskiy 3 guruhga bo`ladi: o`lik moddalar – bularning yaratilishida 
tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Bularga abiotik muhitning omillari, 
masalan, quyosh radiatsiyasi, havoning namligi, bosimi, ximizmi va 
boshqalar kiradi; biogen moddalar – bular tirik organizmlar tomonidan 
yaratiladi va o`zlashtiriladi. Bunga toshko`mir, bitum, neft va ohaktosh 
kiradi; biokos moddalar –bular tirik organizmlar va abiotik muhit 
omillarining birgalikda ta'siri natijasida paydo bo`ladi. Bunga tuproq va 
tabiiy suvlar kirib, holati tirik organizmlarga bog`liq bo`ladi. Hozirgi 
vaqtda biosferaga yagona ekotizim sifatida qaraladi. U joylashgan 
o`rniga ko`ra 3 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan. 1.Litosfera – Yerning 


sirtqi po`stlog`i bo`lib, u g`ovak modda ya'ni tuproqdan iborat. Yer 
mag`zidagi barcha tirik organizmlar ana shu qavatda yashaydi. Tuproq 
va uning kelib chiqishini birinchi bo`lib rus olimi V.V. Dokuchayev 
o`rgangan. Uning fikricha tuproq tog` jinslarining quyosh energiyasi, 
namlik, va tirik organizmlar yordamida nurashidan hosil bo`ladi. 
2.Gidrosfera – dunyodagi barcha suvliklar bo`lib, ular Yer yuzi 
maydonining 70,8% ni egallagan. Gidrosferaning umumiy maydoni 1 
mlrd 370 mln. kv.km. ga teng bo`lib, uning katta qismi dengiz va 
okeanlar bilan band, qolgani esa quruqlikda joylashgan muzliklar, daryo 
va ko`llardir. 3.Atmosfera – Yer sharini o`rab olgan havo qatlamidan 
iborat bo`lib, uning og`irligi Yer og`irligining milliondan bir qismiga 
teng. Bu miqdor 5000 trillion tonnani tashkil qiladi va yer yuzasining 
har bir kvadrat santimetr maydoniga 1,32 kg. dan to`g`ri keladi. 
Atmosfera 3 ta asosiy qavatdan – troposfera, stratosfera va ionsferadan 
tarkib topgan. Biz bu to`g`rida keyinroq ma'lumot beramiz. Havo 
zarrachalarining eng zich joylashgan qavati troposfera bo`lib, u biosfera 
tarkibiga kiradi. Hozirgacha fanda havoda yashovchilar – atmobiontlar 
ma'lum emas. Ammo ko`pgina organizmlar bor-ki, ular havoda 
harakatlanish va oziqlanishga moslashib olganlar. Shunday qilib, 
biosfera tirik va tirik bo`lmagan tarkibiy qismlardan iborat murakkab 
ekotizim bo`lib, u iyerarxik tartibda joylashgan individ, populyatsiya, 
biotsenoz va biogeotsenozlardan tashkil topgan. Hozirgi kunda 
biosferaning o`zgarishi qudratli kuchlar ta'sirida yanada tezlashgan. Bu 
qudratli kuch inson omili bo`lib, insonning o`zgartiruvchi faoliyati 
tabiatning barcha burchaklarida favqulodda texnogen hodisalar va tabiiy 
ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Tirik organizmlar Yer yuzining barcha 
muhitlarini egallab olgan bo`lib, bundan faqatgina bepoyon muzliklar va 
harakatdagi vulqon kraterlari mustasno. V.I. Vernadskiy o`z vaqtida 
hayot biosferaning barcha yerida mavjud ekanligini ko`rsatib o`tgan edi. 
Uning fikricha tirik organizmlar turli muhitga moslashaoladigan 
bo`lganlari uchun ham ular tobora yangi muhitlarni o`zlashtiraboradilar. 
Darhaqiqat, hayot dastlab suvda paydo bo`lib, keyinchalik u quruqlik va 
havo muhitiga ham tarqaldi. Tirik organizmlarning bosimga chidayolish 
diapazoni ham keng. Ular vakuum sharoitidagi butunlay bosimsiz 


muhitda ham, bosimi minglab atmosferaga teng bo`lgan muhitda ham 
o`z hayot faoliyatini saqlay oladilar. Tirik organizmlar shuningdek 
muhitning ximizmiga ham chidamlidirlar. Biosferaning dastlabki 
organizmlari butunlay kislorodsiz muhitda yashaganlar. Ba'zi 
organizmlar (masalan, nematodlar) hozir ham anaerob sharoitida 
yashaydilar. Ba'zi mikroorganizmlar turli tuzlar va kislotalarning 
eritmasida ham yashayoladilar (masalan, oltingugurt va azot 
bakteriyalari). Ayrim organizmlar radioaktiv nurlanishga chidamlidirlar. 
Tirik organizmlar biosferada keng tarqalgan bo`lsalarda, ularning 
zichligi barcha joyda bir xil emas. Ular Yer sirtining yaqinida ya'ni 
tuproqning yuza qatlami, hamda atmosferaning pastki qatlamida 
nisbatan zich joylashganlar. Lekin Yer sirtining barcha joyida ham bir 
xil zichlikda joylashmaganlar. Organizmlarning zichligi yer ustining 
yashash sharoiti qulay bo`lgan joylarida, dengiz va okeanlar suvining 
o`rta va ustki qatlamlarida, shuningdek suvlik, quruqlik va havo muhiti 
to`qnash kelgan joylar hisoblanmish dengiz va okeanlarning litoral 
zonalarida (qirg`oqqa yaqin yerlar), kurfazlarda hamda estuariyalarda 
(daryolarning quyilish joyi) yuqori bo`ladi. Sahrolarda, tundrada, okean 
tubida va baland tog`larda esa ularning zichligi nisbatan past bo`ladi. 
Biosferada hayotning davom etishi uchun unda moddalarning beto`xtov 
aylanib turishi zarur. Biosferada moddalar aylanishi 2 xil bo`ladi – 
geologik (katta) aylanish va biologik (kichik) aylanish. 1.Geologik 
modda aylanishi - tabiatda suv va havoning aylanishida namoyon 
bo`ladi. Har yili Quyoshdan Yerga katta miqdorda energiya yetib keladi. 
Bu miqdor o`rta kengliklarning har gektariga yilida 9 mlrd kaloriyaga 
teng bo`lib, bu energiyaning teng yarmi Yerdan suv bug`lanishiga sarf 
bo`ladi. Suv tabiatda Yer bilan havo o`rtasidagi katta doirada aylanib 
turadi. Suv bug`lari quruqlik va suvlik yuzasidan havoga ko`tarilib, 
yog`inlar sifatida yana qaytib tushadi. Bu miqdor yiliga qariyb 520 ming 
km3 ga tengdir. Soddaroq qilib aytganda, shuncha suv bilan Yer shari 
sirtini 10m. qalinlikda qoplash mumkin. 2.Biologik modda aylanish – 
moddalarning tirik organizmlar hamda ular bilan abiotik muhit o`rtasida 
aylanishidir. Biologik aylanish geologik aylanishdan keskin farq qiladi. 
Geologik aylanishda moddalar shunchaki bir joydan boshqa joyga 


shunchaki ko`chib yursalar, (masalan, yerdan havoga va yana yerga) 
biologik aylanishda ular ko`chish bilan birga sintezlanib-parchalanib 
turadilar. Bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan bu ikkala jarayon tiriklik 
asosini tashkil qiladi.

Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling