V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1
– O’ZBEKISTONNING TARIXIY – ME’MORIY OBIDALARI
Download 97.14 Kb.
|
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob
39 – O’ZBEKISTONNING TARIXIY – ME’MORIY OBIDALARI
Qo’yqirilganqal’a obidasi nechanchi asrlarda mavjud bo’lgan? Mil.avv. IV va milodiy IV asrlarda Qo’yqirilganqal’a necha yil davomida mavjud bo’lgan? 700-800 yil Qo’yqirilganqal’adagi ibodatxona qanday ko’rinishda bo’lgan? Ikki qavatli aylana shaklida Qo’yqirilganqal’adagi ibodatxonaning balandligi qancha bo’lgan? 9,5 metr. Uning atrofi ikki qator paxsa va xom g’ishtli mudofaa devori bilan o’ralgan Qo’yqirilganqal’a hozirgi qaysi hududda joylashgan? Qoraqalpog’iston Tuproqqal’a shahar xarobasi qayerda joylashgan? Xorazmda 18 Tupqoqqal’a nechanchi asrlarda vujudga kelgan? Milodiy II-III asrlarda Tuproqqal’a nechanchi asrgacha mavjud bo’lgan? VI asrgacha III-IV asrlarda Xorazm hukmdorlari – xorazmshohlarning qarorgohlari qayerda joylashgan? Tuproqqal’ada Tuproqqal’adagi saroyda qanday xonalar bo’lgan? “Shohlar xonasi”, “G’alaba xonasi”, “Askarlar xonasi” Tuproqqal’adagi saroyda “Shohlar xonasi”ga qo’yilgan haykallar nimani aks ettirgan? Shoh ajdodlarining ilohiylashganini Tuproqqal’adagi saroyda “G’alaba xonasi”dagi baland qilib ishlangan haykallar nimani ifodalagan? Shohlarning shon-shavkatini Tuproqqal’adagi saroyda “Askarlar xonasi”da nima aks ettirilgan? Xorazm shohlarining ulkan, askarlarning esa kichik hajmdagi tasvirlari aks ettirilgan Tuproqqal’ada bunyod etilgan arkning balandligi necha metr bo’lgan? 25 metr Tuproqqal’adagi saroydagi podsho arxividan qanday hujjatlar topilgan? Mol terisi va yog’och taxtachalarga yozilgan yuzdan ortiq hujjat. Tuproqqal’a ichidan qurol-yaroq ustaxonasi ham topilgan Afrosiyobga nechanchi asrda asos solingan? Mil.avv. VIII asrda Afrosiyob shahri dastlab kim tomonidan vayron etilgan? Makedoniyalik Aleksandr Makedoniyalik Aleksandrdan keyin XIII asrda Afrosiyobni kimlar vayron qiladi? Mo’g’ullar Ismoil Somoniy maqbarasi qaysi shaharda joylashgan? Buxoroda Minorai Kalon qanday ma’noni anglatadi? Katta minora Minorai Kalon kim tomonidan qurdirilgan? Arslonxon Minorai Kalon nechanchi yilda qurilgan? 1127-yilda Minorai Kalon qaysi shaharda qurilgan? Buxoroda Minorai Kalonning balandligi necha metr? 50 metr Minorai Kalon qanday ashyodan qurilgan? Pishgan g’isht Minorai Kalon tepasiga nechta aylana zina orqali chiqilgan? 104 ta Minorai Kalonning poydevori yer sathidan necha metr chuqurlikda joylashgan? 9 metr Registon majmuasida qaysi me’moriy inshootlar joylashgan? Ulug’bek, Tillakori, va Sherdor madrasalari Tillakori va Sherdor madrasalarini kim qurdirgan? Yalangto’sh Bahodir. XVII asrda Oqsaroy hozirgi qaysi hududda joylashgan? Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Oqsaroyga nima uchun shunday nom berilgan? Naqshlariga berilgan ranglar oy yorug’ida jilolanib oqarib turganligi uchun Oqsaroyning balandligi necha metr? 50 metr Oqsaroy peshtoqiga nimaning tasviri tushirilgan? Quyosh, arslon va A. Temur davlatining uch halqa shaklidagi tasvir Oqsaroyning eng noyob jihati nima edi? Tomi tepasiga hovuz barpo etilganligi Ichanqal’ada nechta memoriy obida mavjud? 54 ta Ichan qal’a nechanchi yilda muzey-qo’riqxonaga aylantiriladi? 1961-yilda Ichan qal’aning maydoni qancha? 26 gektar YUNESKO qaroriga ko’ra Ichan qal’a nechanchi yilda Jahon merosi ro’yxatiga olingan? 1990-yilda Registon so’zining ma’nosi nima? Mayda tosh to’shalgan joy Vafot etgan kishilarning jasadini qo’yiladigan me’moriy inshoot nima deyiladi? Maqbara Download 97.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling