V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


– DUNYO XAVFSIZLIGIGA TAHDID


Download 97.14 Kb.
bet37/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

50 – DUNYO XAVFSIZLIGIGA TAHDID

  1. Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” nomli kitobi nechanchi yilda chop etilgan? 1997-yilda

  2. Mintaqaviy mojari nima? Yer yuzining biron-bir qismida davlatlar o’rtasida kelib chiqqan o’zaro nizolar yoki bironta davlat hududida yuz berayotgan fuqarolar urushi

  3. Afg’onistondagi fuqarolar urushi necha yildan beri davom etmoqda? 30 yildan ortiq

  4. 2010-yilda dunyo bo’yicha qochoqlar soni qanchani tashkil etadi? 44 mln

  5. Qachonga kelib xalqaro terrorchilik insoniyat boshiga katta kulfat sola boshladi? XX asr oxiri XXI asr boshlari

  6. O’z maqsadlariga erishish yo’lida raqiblarini qo’rqitish yoki yo’q qilish, aholi o’rtasida vahima va tartibsizlik keltirib chiqarishga qaratilgan zo’ravonlik harakati nima deyiladi? Terrorchilik

  7. AQSHning Nyu-York shahridagi “Savdo markazi” nechanchi yilda xalqaro terrorchilar tomonidan vayron qilinadi? 2001-yil 11-sentabrda

  8. Qaysi kuni Rossiyaning Beslan shahrida xalqaro terrorchilar tomonidan maktabda mudhish jinoyat sodir etiladi? 1-sentabr

  9. Maqsadga erishishning keskin choralar – zo’ravonlik, kuch ishlatish va terror qilish yo’li nima deyiladi? Ekstremizm

  10. Ekstremizmni nima vujudga keltirgan? Diniy aqidaparastlik

  11. O’z umrini yashab bo’lgan, eskirgan diniy qoidalarni saqlab qolish uchun kurashmoqlik nima deyiladi? Diniy aqidaparastlik

  12. 1999-yil 16-fevralda Toshkentda – Islom Karimovga nisbatan suiqasd uyushtirildi 23

  13. 2005-yil O’zbekistonning qaysi viloyatida diniy ekstremistik harakat bo’ladi? Andijon

  14. Keyingi 40 yil ichida Orol dengizining hajmi qanchaga qisqargan? 7 martaga, suvning hajmi esa 13 martaga kamaygan

  15. Orol dengizining sho’rlanish darajasi necha barobarga oshgan? O’nlab barobarga

  16. Islom Krimov BMTning nechanchi yilgi majlisida Afg’oniston muammosini ilgari surgan? 2010-yilgi

  17. O’zbekistonda terrorchilikka qarshi kurash to’g’risida qonun qachon qabul qilingan? 2000-yilda

  18. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy terrorchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmasining qarorgohi qaysi shaharda joylashgan? Toshkent

  19. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zolari nimani “uch yovuz kuch” deb ataydi? Terrorchilik, ayirmachilik, ekstremizmni

  20. “Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi” kimni tashabbusi bilan tuzilgan? Islom Karimov

  21. “Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi” nechta davlat o’rtasida tuzilgan? Markaziy Osiyoning beshta davlati

  22. Islom Krimov tashabbusi bilan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun nechanchi yilda Orolbo’yiga tashrif buyuradi? 2010-yilda

  23. “Orol muammosi – bu, ushbu mintaqada yashayotgan, BMTdek nufuzli tashkilotdan umid bilan yordam so’rab murojaat qilayotgan milionlab odamlarning muammosidir” bu fikr kimga tegishli? Islom Karimov

  24. To’g’riligiga shubha qilmasdan, muhokama yuritmasdan ishonilishi lozim bo’lgan qoida nima deyiladi? Aqida


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling