V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


Download 97.14 Kb.
bet2/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

3 – DUNYO XARITASI TARIXI

  1. Qaysi fanlarni xaritasiz o’rganish qiyin kechadi? Tarix, geografiya

  2. Xarita so’zining ma’nosi nima? Varoq, xat yozilgan yaproq

  3. Yer yuzasi, osmon jismlari yoki osmon gumbazining qog’ozga kichraytirilib tushirilgan tasviri nima deyiladi? Xarita

  4. Xaritaning yaratilishiga qanday omillar sabab bo’ladi? Savdo aloqalari, harbiy yurishlar, sayohatlar

  5. Dunyoda birinchi xarita qachon va kim tomonidan yaratilgan? Mil.avv. III asrda Gretsiya olimi Erotosfen tomonidan

  6. Erotosfen xaritasida qaysi hududlar tasvirlangan edi? Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, G’arbiy Osiyo

  7. Yer sharining kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi nima deyiladi? Globus

  8. “Globus” so’zining ma’nosi nima? Lotincha so’z bo’lib, “shar” degan ma’noni anglatadi?

  9. “Yer olmasi” nomli globus qachon va kim tomonidan yaratilgan? XV asr oxirida nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym

  10. Kim tomonidan yaratilgan globus Amerika qit’asining kashf etilishi arafasidagi yer yuzasini aks ettirgan? Martin Bexaym

  11. Jahondagi davlatlarning qit’alar bo’yicha bugungi joylashuvi holatini aks ettiruvchi xarita nima deyiladi? Siyosiy xarita

  12. Davlatning qanday tarkibiy qismlarga bo’linganligi aks ettirilgan xarita nima deyiladi? Siyosiy-ma’muriy xarita

  13. Maxsus asboblar yordamida osmon jismlarini kuzatish bilan shug’ullanadigan ilmiy muassasa nima deyiladi? Rasadxona

4 – ENG QADIMGI ODAMLAR VA ULARNING MANZILGOHLARI

  1. Arxeolog olimlar odamzodning eng qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini qayerlardan topishgan? Janubiy va Sharqiy Afrikadan

  2. Avstrolopitek va zinjantrop odamlari qanday tipdagi odam hisoblanadi? “Ishbilarmon odam”

  3. Avstrolopitek odami qayerdan topilgan? Janubiy Afrikadan

  4. Zinjantrop odami qayerdan topilgan? Sharqiy Afrikaning Zinj vodiysidan

  5. “Ishbilarmon odam” dastlabki mehnat qurolini nimadan yasagan? Toshdan (chaqmoqtosh)

  6. Nima uchun insoniyat tarixining boshi tosh davri deyiladi? Mehnat qurollarini toshdan yasaganliklari uchun

  7. Osiyoda qadimgi odamlarning manzilgohlari qayerlardan topilgan? Indoneziya, Xitoy va O’zbekiston hududidan

  8. Indoneziyadan topilgan odamni olimlar nima deb atagan? “Yava odami”

  9. Olimlar Xitoy hududidan topilgan odamni nima deb atagan? Sinantrop (Xitoy odami) 2

  10. Vatanimiz hududidan topilgan odamni olimlar nima deb atagan? Farg’ona odami

  11. Turli joylardan topilgan qadimgi odamlar bir-biridan nimasi bilan farq qilgan? Tashqi qiyofasi, mehnat qurollari, ularning sifati va mehnat malakalari bilan

  12. Tabiiy olovdan qaysi tipdagi odam foydalangan? Sinantrop

  13. Qaysi tipdagi odamlar yashin tufayli o’rmon yong’inlari kelib chiqqanda ularni saqlab qolishni o’ylab topganlar? Sinantroplar

  14. Farg’ona odami qayerdan topilgan? Farg’ona vodiysining Selungur g’oridan

  15. Farg’ona odami qanday qurollardan foydalangan? Bir tomoni o’tkirlashtirilgan tosh qurol va qo’l cho’qmoridan

  16. Neondertal odami qayerdan topilgan? Germaniyadan

  17. Neondertal odami nechanchi ming yilliklarda yashagan? Mil.avv 100-40-ming yilliklarda

  18. Neondertal odami qanday qiyofada bo’lgan? Bugungi odam qiyofasiga juda yaqin

  19. Qaysi tipdagi odam hayvon terisidan kiyim kiygan, go’shtni olovda pishirib yeyishni bilgan? Neondertal

  20. Neondertal qiyofali odam qoldiqlari O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan? Surxondaryo viloyati hududidagi Teshiktosh g’oridan

  21. Kromanyon odam suyaklari qayerdan topilgan? Fransiyaning Kromanyon g’oridan

  22. Kromanyon odamlari nechanchi ming yilliklarda yashagan? Mil.avv.40-12-ming yilliklarda

  23. Kromanyon odami tashqi qiyofasiga ko’ra qanday qiyofadagi odam edi? Bugungi kungi odam qiyofasidagi

  24. Olimlar qaysi odam turini “aql idrokli odam”, “ongli odam” deb atagan? Kromanyon

  25. Qaysi tipdagi odamlar urug’-urug’ bo’lib yashagan? Kromanyon

  26. Kromanyon tipidagi odamlarning zamondoshlari O’zbekistonning qaysi hududlaridan topilgan? Samarqanddagi Siyobcha soyi bo’yidan, Toshkent viloyatining Ko’lbuloq (Angren) manzilgohidan

  27. So’ngi paleolit davriga oid manzilgohlar O’zbekiston hududidan nechata topilgan? O’ttizdan ortiq

  28. Odamning paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlarini, tanasi tuzilishidagi o’zgarishlarni, bosh suyak qoldiqlaridan odamning tashqi qiyofasini tiklab o’rganuvchi olim nima deyiladi? Antropolog




Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling