В стиле Мемфис
Qadr-qimmat tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligi, o‘z shaxsi oldida o‘zi mas’ul ekanligini anglash uchun xizmat
Download 314.9 Kb.
|
Shaxsda madaniy xulqni tarbiyalash vositalari 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xushfellilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik
Qadr-qimmat tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligi, o‘z shaxsi oldida o‘zi mas’ul ekanligini anglash uchun xizmatqiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan insonning o‘z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi.Hayolilik. Bu me'yor xulqiy go‘zallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi. U, garchand, bir qarashda, uyat hissi bilan o‘xshash bo‘lsa-da, aslida o‘zini ko‘proq andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon qiladi, unda axloqiy mohiyat estetik xususiyat – nafosat bilan uyg‘unlashib ketadi. Hayodan odatda inson qizaradi, bu qizarish, ayniqsa, xotin-qizlarda ichki go‘zallikning yuzga tepchib chiqishiga sabab bo‘ladi va alohida bir nafislikni, mayinlikni vujudga keltiradi.Hayolilik. Bu me'yor xulqiy go‘zallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi. U, garchand, bir qarashda, uyat hissi bilan o‘xshash bo‘lsa-da, aslida o‘zini ko‘proq andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon qiladi, unda axloqiy mohiyat estetik xususiyat – nafosat bilan uyg‘unlashib ketadi. Hayodan odatda inson qizaradi, bu qizarish, ayniqsa, xotin-qizlarda ichki go‘zallikning yuzga tepchib chiqishiga sabab bo‘ladi va alohida bir nafislikni, mayinlikni vujudga keltiradi.Xushfe'llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik singari axloqiy xatti-harakatlar me'yoriylik nuqtai nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma'lum ma'noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe'l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo bunday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.Xushfe'llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik singari axloqiy xatti-harakatlar me'yoriylik nuqtai nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma'lum ma'noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe'l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo bunday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.Download 314.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling