V. V. Bartoldning yozishicha, "Temur va temuriylar davri O’rta osiyo uchun eng buyuk tashqi yog’du davri bo’lgan". Amir Temurning yorqin poytaxti ajoyib me’moriy binolar qad rostlagan, dunyoning eng yirik va eng boy
Download 28.48 Kb.
|
Mavlono Nuriddin Ayudurahmon ibn Jomiyning hayoti
Mavlono Nuriddin Ayudurahmon ibn Jomiyning hayoti, deyarli butun XV asrni o’z ichiga o’olgan. Buyuk tojik-fors shoirining ijodi u yashab o’tgan davr hayoti, adabiyoti, falsafasi hamda madaniyatining eng zid o’oqimlarini qamrab o’olgan eng yorqin ifodasi hisoblanadi. 1469 yil Movaraunnaxr Abusaidning farzandlariga, Xuroson esa Umarshayxning avlodiga o’tishi arafasida Temuriylar imperiyasi batamom parchalanib ketdi. Bu davr mobaynida Xurosonning eng katta hukmdori Hirotda qariyb qirq yil hukmronlik qilgan va nisbatan mustahkam hokimiyatni o’rnatgan Sulton-Husayn (1469-1506) edi. Umuman olganda, Sulton Husayn hamda Sulton Ahmadlarning (1469-1494 y.y. markaz bilan Samarqanddan boshqargan) temuriylar davlati siyosiy tuzum nuqtai nazardan, temuriylar oila azolariga tegishli alohida hokimiyatlarga ega feodal monarxiya hukmronligidagi birlashuv deb qaralgan. V.V.Bartoldning yozishicha, “Temur va temuriylar davri O’rta osiyo uchun eng buyuk tashqi yog’du davri bo’lgan”. Amir Temurning yorqin poytaxti — ajoyib me’moriy binolar qad rostlagan, dunyoning eng yirik va eng boy shaharlaridan biri bo’lgan Samarqandni yodga solishning o’zi kifoya. Shahar Temurning nabirasi Ulug’bek davrida chinakam ilm markaziga aylangan. Ulug’bekning xiyonotkorona o’limi Samarqandning ilmiy faoliyati zaifligiga olib keldi. Ulug’bekning o’limidan so’ng madaniy jihatdan Hirotning ahamiyati orta boshladi. Shaharning martabasi, ayniqsa, Sulton Husayn hukmronligi davrida yuksak bo’lgan. Unga, shuningdek, Kaspiy orti viloyati va Xorazm qarashli bo’lgan. Hirot ikki yirik savdo nuqtalarida joylashgan bo’lib, u yerga mahalliy ishlab chiqarish mollari bilan bir qatorda, Xitoy, Hindiston, Movaraunnaxr, Eron, G’arbiy Ovrupa hamda Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar yetkazilgan. Shahar qurilishi, turli hunarmandchilik jabhalari, savdo-sotiq va boshqa sohalar yuksalishi bilan birga Hirotda madaniyat taraqqiy etganligini she’riyat, miniatyura, kalligrafiya, musiqa, raqs va san’atning boshqa turlari orqadi ko’rish mumkin. Aytish joizki, shaharning hunarmadlar qatlami bunda alohida o’rin tutgan. Shunday qilib, Sulton Husaynning poytaxt shahri davrning mashhur aqliy faoliyat markaziga aylangan. Shubhasiz, Sulton Husayn davridagi Hirot madaniyati faqat o’sha davrning ijod samarasi emas, balki Somoniylar va boshqa davrlarga oid madaniy sintezni ham o’zida mujassam etgandir. U o’z ichiga ko’plab musulmon Sharq mintaqalarini - Xuroson, Movaraunnaxr va Xorazmning madaniy yutuqlarini qamrab olgan. Bu davrdagi adabiyot va san’at rivojiga salmoqli ta’sir ko’rsatgan yana bir jihat o’sha davrdagi ikki mashhur shaxsning do’stligi bo’lgan, ya’ni, tojik shoiri va olimi Abdurahmon Jomiy va uning o’quvchisi, do’sti hamda homiysi o’zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy. Jomiy va Navoiylarning tanishuvi, ehtimol Navoiyning Hirotga ko’chishi bilan bog’liq (1469). Do’stlik tez orada chuqur sadoqatga aylanib, ularni bir umrga bog’ladi. Bu ikki atoqli shaxsning qalin munosabatlari ularning ijodiy hamfikrliligiga, shuningdek, dunyoqarashi, adabiyot va san’atga bo’lgan nazari, hamda davlat va hayot bilan bog’liq masalalar umumiyligiga olib keldi. Jomiy va Navoiyning atrofida shoirlar, olimlar, tarixshunoslar, rassomlar, xattotlar, me’morlar to’plangan. Jomiy va Navoiy she’riyat, nasr, musiqa, tasviriy san’at kabi madaniy hayot masalalari muhokama qilinadigan yirik uchrashuvlar, adabiy bahs-munozaralarning tashabbuskorlari va tashkilotchilari bo’lishgan. 1468 yil hokimiyat tepasiga Husayn Boyqaro keladi, uning vaziri etib Abdurahmon Nuriddin ibn Ahmad Jomiyning shogirdi va homiysiga aylanib ulgurgan Alisher Navoiy tayinlanadi. Sulton saroyi adabiy kuchlarni tortuvchi markaz bo’lib, Jomiyning saroyga yaqinlashuvi uning tarjimai holida juda samarali o’rin egalladi. Jomiyning Hirot va Samarqand madrasalarida olgan bilimi saroy xizmati nuqtai nazardan uning uchun yaxshi istiqbol bo’la oldi, biroq o’sha davrlarda Jomiy “naqshbandiya” ordenining so’fiylik mafkurasi bilan qiziqib qoladi va faol yaxshilik qilish da’vatlari unda katta taassurot qoldirdi. Ordenga oddiy a’zo sifatida qo’shilib, Jomiy 1456 yil Hirotning orden boshlig’i lavozimini egallaydi. O’z o’rnida Hirot mamlakatning haqiqiy poytaxti hisoblanib, musulmonlar Sharqiga katta ta’sir ko’rsatgan. Jomiyning erta ijodi — bu “Oltin zanjir” (1472) dostonining birinchi qismi bo’lib, unda naqshbandiylik, so’fiylar haqidagi tasavvurlar nasrda hikoya qilinadi, dunyoviy xarakterdagi asarlar — metrik va qofiya haqida risola, she’riy shakldagi jumboq (XV asrda juda mashhur bo’lgan juda qiyin va maroqli san’at turi bo’lgan) tuzish bo’yicha “yo’riqnoma” ham mavjud. Aynan ushba davrda shoirning ijodiy uslubining o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’lgan: barcha an’anaviy she’riy shakllar uning she’riyatida o’z aksini topgan. 1474 yildan uning adabiyotshunos sifatida ijodining eng gullagan pallasi boshlanadi. Bunga 1475 yil yozilgan “Sirlar dengizi” va “Ruh yog’dusi” diniy-falsafiy qasidalari ibtido bo’lib, ularda ijodkor Ibn Sinoning aql-idrokka asoslangan nuqtai-nazariga qarama-qarshilikni qizil chizgilarda ifodalagan. 1476-1478 yillar oralig’ida u “Muqaddas dargohdan do’stlik shamoli” nomli to’plamini tuzgan bo’lib, undan so’fiylik avliyolarning tarjimai holi o’rin o’olgan. 1480-1487 yillar Jomiyning qalamiga mansub “Yetti toj” deb nomlangan dostonlar majmui birin-ketin yoziladi. U o’z ichiga boshqa dostonlar qatorida “Salomon va Absol”, “Yusuf va Zulayho” hamda “Layli va Majnun”ni ham olgan — ularning sevgi negiziga shoir so’fiylar ta’limotini poydevor qilgan, ze’ro, unga ko’ra, chinakam, ilohiy sevgiga erishish uchun shahvoniy maylni yengib o’tish zarur. 1481-1482 yillar yozilgan “Olijanoblarga tortiq” dostoni pand-nasihat, oshkoralik xarakteridagi 20 ta masaldan iborat. Ushbu majmuadan, shuningdek, “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483) dostoni, “Oltin zanjir” dostonining 2 hamda 3-qismlari, “Iskandarning donolik kitobi” (1486-1487) ham o’rin o’olgan. Jomiy ijodiy merosining so’nggi yillari “Bahoriston” (1487) dostoni, uchta lirik devon (1479-1491) va “Musiqa hamda risola” bilan boyitilgan. Abdurahmon Nuriddin ibn Ahmad Jomiy ijodining insonparvarlik yo’nalishi, ijodkorning yuqori odob va ahloqiy g’oyalarni targ’ib qilishi keyinchalik nafaqat Forsda, balki boshqa islomiy davlatlarda ham adabiyot yanada rivojlanishiga yo’l ochdi. Jomiyning ijodiga fors tilida yozilgan mumtoz she’riyat yakun yasadi, deb hisoblanadi. Shoir 1492 yil 7 noyabrda Hirotda vafot etgan. Download 28.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling