V-vi asrlarda O`zbekiston tarixi Eftaliylar davlati tarixi bilan bog`liq. Eftaliylar saklar va massagetlarning avlodlaridir. Eftaliylar juda katta hududda o`z hukmronliklarini o`rnatdilar


Download 35 Kb.
Sana25.09.2020
Hajmi35 Kb.
#131222
Bog'liq
ilk orta asrlar tarixshunosligi


V-VI asrlarda O`zbekiston tarixi Eftaliylar davlati tarixi bilan bog`liq. Eftaliylar saklar va massagetlarning avlodlaridir. Eftaliylar juda katta hududda o`z hukmronliklarini o`rnatdilar. 563-567 yillari turk hoqoni Istemi (Dizovul) Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba beradi va ularga qarashli erlarni bo`ysundirishga muvaffaq bo`ladi. VI asr o`rtalarida Turk hoqonligi zaminida ilk katta er egaligi munosabatlari shakllana boshladi. O`zaro urushlar natijasida bo`linib ketgan G`arbiy turk hoqonligi markazlashmagan davlat bo`lib, 15 ga yaqin mustaqil hokimliklardan, So`g`dda uechji xalqidan chiqqan jabg`u, Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg`onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. Hoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So`g`d, Xorazm, Toxariston, Farg`ona dehqonchilik, shahar aholisi hunarmanchilik va savdo-sotiq bilan, uning tog`li va cho`l tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik bilan shug`ullangan. O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o`zaro munosabatlari tarixini T.Saidqulov, L.N.Gumilev Abushiy Xasan Ato va Turon Usmon asarlari orqali bilib olishimiz mumkin. Bu asarlar orasida Nasimxoning «Turk hoqonligi» nomli asari alohida o`rinni egallaydi. Garchi olim filolog bo`lsada, qadimgi turkiylarning imon-e`tiqodi, madaniyati, turmush tarzi haqida qiziqarli ma`lumotlarni keltiradi. Ushbu asarning e`tiborli joyi shundakim, N.Y.Bichurin, S.G.Klyashtorniy, V.A.Liviщits kabi tarixnavislarning ilmiy merosini yangicha yondashuv asosida talqin qila olgan1.

2. Arablar bosqini va uning tarixiy bilimlar rivojiga ta`siri. Arablar O`zbekiston hududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar. 705 yildan boshlab arablarning O`zbekiston ustiga istilochilik uyrishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim (715 yili hozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich mozor temir yo`l bekati yonida o`ldirilgan) boshchilik qildi. Arab istilosi O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta zarar etkazdi, ko`plab katta va boy shaharlarning kuli ko`kka sovurildi, ming-minglab kishilarning «yostig`i quridi», Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda ko`p noyob asarlar yo`q qilindi. O`zbekiston xalqlari arab istilochilariga qarshi bir necha bor qo`zg`alon ko`tardilar. Shular sirasida 769-776 yillarda butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o`ldirilgan) boshchiligida bo`lib o`tgan qo`zg`alon tarixshunosligi mustaqillik yillarida alohida o`rganildi. Masalan G`ulom Karim «Muqanna qo`zg`oloni muarrixlar talqinida» // Ma`rifat, 2003 yil 8 fevral, 15 fevral, 15 may sonlarida. Ibn Xalikkon Muqannaning nomi Ato bo`lgan deb yozadi. O`rta asrlarda yashagan arab muarrixi turkiy «ota» so`zini shunday yozgan bo`lishi mumkin. O`sha zamonda islomni qabul qilgan turonliklar asl turkiy va sug`diy nomlaridan tashqari, arabcha ism yoki laqablar ham olishi urf bo`lgan edi.

Shu narsa diqqatga sazovorki, qadimgi tarixiy manbalarda ham Muqanna qo`zg`oloniga turlicha munosabat bilan yondoshish hollari bo`lgan. O`rta asrlarda oq kiyimlilar harakatga maxsus bag`ishlab yozilgan asarlar qatorida Abubakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Ibrohim ismli muarrixning «Axbori Muqanna» («Muqanna haqida xabarlar») kitoblari tilga olinadi. Akademik V.V.Bartol’dning taxminicha, bu asar muallifi asli kelib chiqishi turkiy xonadondan bo`lgan va arab tilida ijod qilgan mashhur shoir Ibrohim ibn Abbos as-Suliy bo`lishi kerak. Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida: «Muqanna haqidagi xabarlarni forschadan arabchaga tarjima qildim va ularni «Oq kiyimlilar va narmatiylar haqidagi xabarlar» nomli kitobimda to`la bayon etdim», deb ma`lum qiladi. Oq kiyimlilar qo`zg`oloniga, shuningdek, o`rta asrlarning Tabariy, Bal`aviy, Ibn Xallikon, Gardiziy, Abulfaraj YAhudiy, YA`qubiy, Ibn al-Asir kabi ulkan muarrixlari o`z asarlaridan joy ajratishgan. Muqanna qo`zg`oloni zamonaviy tadqiqotchi va adiblarni ham ilmiy va badiiy asarlar yaratishga ilhomlantirib kelmoqda. O`tgan XX asrda «oq kiyimlilar» harakati haqida Sadriddiy Ayniy, A.Yakubovskiy, T.Qodirova va Poyon Ravshanovlarning muhim tadqiqotlari uyzaga keldi. Atoqli shoir Hamid Olimjon «Muqanna» tarixiy dramasi, yozuvchi Mirzapo`lat Toshpo`latov «Sanam tog`idagi gulxan» tarixiy qissasini yozdi. Xorijiy mamlakatlarda ham ilmiy tadqiqotlar yaratilgan bo`lib, Eron yozuvchisi Saif Nafisiy va argentinamik jahonga mashhur adib Xorxe Luis Borxesning Muqanna haqida hikoyalar yozishgani ma`lum.

Arablar bosqini tarixiy bilimlar rivojiga ta`sir qilmasdan qolmadi. Insoniyat tarixida xalqlar hech qachon bir-biridan uzilib qolgan holatda yashamaganlar. Hayot dialektikasiga binoan bunday bo`lishi ham mumkin emas edi. O`rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy uyksalish tarixshunosligi.



Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovutlar, mahalliy aholi va bosqinchilar o`rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi tufayli Movarounnahrda Somoniylar (819 y) hokimiyat tepasiga keldilar. Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy uyksalishiga yo`l ochdi. Movarounnahr maxsus geografik termin sifatida arablar o`rtasida VII-VIII asrdan, aniqrog`i, arab istilolari boshlanish davridan ma`lum va «Daryo orqasidagi (Amudaryo ortidagi) erlar» ma`nosini anglatgan. Darhaqiqat, shundan boshlab Movarounnahrning shon-shuhrati jahonga namoyon bo`ldi. Movarounnahr ilmu ziyo markazi sifatida butun dunyogav etildi. U islom ulamolarini etishtirgan, xususan, tarixshunos va geograf olimlar Vatani sifatida olamda shuhrat qozongan muqaddas uyrtdir. Vatanimizning IX-XII asrlaridagi madaniy uyksalishini tarixshunoslar sharq uyg`onish davriga mengzaydilar. Bo`riboy Ahmedovning «O`zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari» (Toshkent, 2003) risolasida O`zbekistonda VIII-XIX asrlarda yashab ijod htgan tarixshunoslar, ularning ilmiy faoliyati va mmuhim asarlariga qisqacha to`xtalib o`tiladi. Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismga tarixshunos va geograf olimlar kiritilgan bo`lib, ikkinchi qismida biograf olimlar va ularning muhim asarlari (tazkiralari, manoqiblari) haqida umumiy ma`lumot beriladi. Risolada IX-XII asrlarda yashab, ijod qilgan 8 ta yirik, madaniy uyksalishga hissa qo`shgan, tarixshunoslar haqida ma`lumotlar beriladi. Bular quyidagilardir: Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy – VIII-IX asrlarda (789-850 yy.) o`tgan xorazmlik qomusiy olim. Al-Xorazmiyning tarixiy asari – «Kitob ut-tarix» bo`lib, ayrim parchalari at-Tabariy (839-923 yy.) va Ibn-al-Asir (1160-1234 yy.)ning kitoblari orqali bizgacha etib kelgan. Bal`amiy – X asrda o`tgan buxorolik tarixnavis va davlat rabobi. Somoniylar qo`lida vazir vazifasida xizmat qilib, Tabariyning «Tarix ul-anbiyo» va – r-rasul va-l-xulofo» nomli asarini fors tilida muxtasar qilib qaytadan yozgan, natijada asardan foydalanish osonlashtirilgan. Abu Nasr Muhammad Utbiy (961-1022 yy.) X asrning yirik arabiynavis tarixshunos olimi. «Tarixi yaminiy» (YAmin-arab, o`ng qo`l; Sulton Mahmudga xalifa al-Qodir (991-1031) tarafidan berilgan) nomli asarni yozgan. Asar o`rta asr tarixshunosligiga oid va xos og`ir uslub-saj bilan yozilgan. Abu Hafs an-Nasafiy (1142-43 yy. Vafot etgan) Samarqandlik tarixchi olim. Uning «Kitob ul-qand fi tarixi Samarqand» nomli asari mavjud. Bu asarda Samarqandning osoru atiqalari va ulamolarining tarjimai holi haqida ma`lumotlar beriladi. Baxtga qarshi asarning arabcha nusxasi saqlanmagan. Bizgacha etib kelgani «Kichik qandiya» nomi bilan ataladi. Sam`oniy XII asrda yashab o`tgan mashhur qomusiy olim. Sam`oniy o`zidan katta yodgorlik qoldirib ketgan. U ikkita yirik asar «Kitob ul-ansob» («Nasablar haqida kitob») hamda yigirma jildlik «Tarixi Marv» kitoblarining muallifidir. Xullas, IX-XII asrlardagi uyksalish uzoq davrlar mobaynida taraqqiy etib kelayotgan turmush madaniyatiga ega bo`lgan xalqlar hayotida uyz beradi.

Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri

Abubakr Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn SHarik an Narshaxiy (899-959) X asrda yashab o`tgan buxorolik yirik tarixshunos olim. Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog`idan chiqqan.

Narshaxiy «Tarixi Buxoro» deb shuhrat topgan qimmatli bir asar yozib qoldirgan. Mazkur asar aslida arab tilida yozilgan, lekin arabcha matni saqlanmagan. Bizgacha uning qisqartirilgan forsiycha tarjimasi etib kelgan, xolos.

«Tarixi Baxoro»da Zarafshon vohasining quyi oqimida joylashgan shahar va qishloqlarning geografik holati, mahalliy aholining VII-X asrlardagi turish-turmushi, Buxoroning diqqatga sazovor joylari, O`rta Osiyoning arablar tarafidan istilo etilishi, mamlakatning Somoniylar hukmronligi (819-1005 yy.) yillaridagi siyosiy tarixi voqealarigina qisqa tarzda bayon etilgan.

«Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir. Bizgacha etib kelgan «Buxoro tarixi» so`z boshisida yozilishicha, kitobni 1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy o`z do`stlari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviyning yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni qisqartirgan, ammo asl mohiyati va mazmunini qoldirib, keyingi tarixiy voqealar bayonini o`zidan qo`shgan. Asar 1966 yili o`zbek tilida Sodiq Mirzaev Tarjimasida Toshkentda nashr etildi. Eng so`nggi o`zbek tilidagi nashri 1991 yilda Bo`riboy Ahmedov tahririda chop etilgan bo`lib, tarixiy voqealarning xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko`taradi.Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning kuchayishi.

O`rta Osiyodan etishib chiqqan olimlar tomonidan jahon ilm xazinasiga qo`shilgan hissaning naqadar buuykligi tarixchilar tomonidan qayd etilgan, tarixshunoslar tomonidan esa muntazam targ`ib qilib kelinadi. Hozirgi bizga ma`lum «arab raqamlari» aslida Muhammad Muso Xorazmiy tomonidan hind tsifralari asosida ishlab chiqilgan bo`lib, Rim papasi Sil’vester II (999-1003 yillar) buyrug`i bilan Ovrupo mamlakatlarida joriy etiladi. Bu davrgacha o`ta noqulay rim raqamlari qo`llanilar edi. Sil’vester yoshligida Ispaniyada ta`lim olgan, arab tilini bilgan zamonasining o`qimishli vakili edi. Dastlabki Ovrupa universitetlarining faqat tibbiyot bo`limlarida matematika o`rganilgan. O`rta asrlarda ko`pchilik shifokorlar matematik ham bo`lganlar. Ibn Sino nomini tarjimonlar o`z tillarida Aben Sena deb yozadilar. Bu nom oddiy tilda Aven Sina shaklida qo`llanilib, lotin transkriptsiyasida Avitsenna bo`lgan.Bizning tushunchamizdagi shifoxonalar Ovrupada faqat 1500-yillarda tashkil topadi. Ular bemorlarni Ibn Sino va ar-Roziy usullari bilan davolaydilar. «Al-Qonun», 1500-yilgacha hali kitob bosish ishi endigina amalga oshirila boshlagan davrda 16 marta chop etiladi. Bu XVII asr oxirigacha Ovrupada yagona qo`llanma va darslik sifatida qo`llanilgan.

O`rta Osiyo olimlarining ilmiy taraqqiyotidagi xizmatlarini hozirgi zamon tarixshunosligi fani nuqtai nazaridan tahlil qilish barobarida ularning ijodiy merosini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan o`rganish ham dolzarb vazifa. Aslida bu ham ana shu merosni istifodaga kiritishning yana bir yo`lidir. O`rta Osiyo olimlari uynon, hind olimlari erishgan natijalarni o`zlashtirish barobarida, fanni butunlay yangicha yondashuvlar, original g`oyalar bilan boyitgani borasida dalillar etarli.



Shuningdek O`rta Osiyo hududlarining tarixiy-geografik tavsifiga oid asarlarda tarixdagi ob`ektiv taraqqiyot qonunlarini ochib bermasdan, voqealarni faqat tashqi bog`lanishi va izchilligiga qarab tasvirlovchi (pragmatizm) oqimi ham mavjud bo`lgan. Bu yo`nalishning ham o`ziga xos murakkabliklari mavjud. U nafaqat Sharq olimlari asarlarini chuqur o`rganib chiqishni, ayni paytda G`arb falsafasining o`rta asrlardan to bugungi kungacha bo`lgan rivoji davomida ko`tarilgan g`oyalarning genezisi bilan tanishishni va qiyosiy tahlil qilishni talab etadi. Bu esa o`z navbatida oliy o`quv uyrtlari uchun tarixshunoslik darsliklarini nashr qilishni talab etadi. Bunday o`quv qo`llanmalarda O`rta Osiyo mumtoz fani natijalarini hozirgi zamon nuqtai nazaridan baholashimiz kerak bo`ladi.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling