Amir Temur tuzuklari va ularning yoshlar tarbiyasidagi o’rni
REJA:
Kirish
1.Amir Temurning davlat boshqaruvi
Asosiy qism
2. Temur tuzuklari podsholarning turish – turmushi va odob – axloq me’yorlarini belgilovchi risoladir.
3. Temur tuzuklarida shu davr madaniyatining yoritilishi.
4. Olimlar tomonidan Temur tuzuklarining o’rganilishi.
Xulosa
5.Tеmur Tuzuklari va хоzirgi zamоn
Kirish
Mustaqillik in’om etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri — bu, xalqimizning o‘zligini bilish, o‘z tarixini emin-erkin o‘rganish huquqi bo‘ldi. Qadriyatlarimizni tiklash, merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini sharaflash, ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol yillarida amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk nomi, hayoti va mislsiz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolat. Mustaqillik in’om etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri — bu, xalqimizning o‘zligini bilish, o‘z tarixini emin-erkin o‘rganish huquqi bo‘ldi. Qadriyatlarimizni tiklash, merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini sharaflash, ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol yillarida amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk nomi, hayoti va mislsiz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolat gav. Amir Temur bugungi davrda nafaqat tariximizni gavdalantiradi, balki jamiyat boshqaruvida, uni shakllantirishda tajriba sifatida asqotadi. Bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temurning suvrati va siyrati haqida ko‘plab tarixiy asarlarda ma’lumotlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |