Kirish Amir Temurning davlat boshqaruvi
Download 235 Kb.
|
Amir Temur tuzuklari va ularning yoshlar tarbiyasidagi o
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tuzukoti Tеmuriy» ikki maqoladan tarkib topgan.
«Tuzukoti Tеmuriy»ning haqiqiy asar ekanligini Amir Tеmurning hayoti va faoliyati to’la aksini topgan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma» asarlari bilan kiyoslash orqali ham bilib olish mumkin. Xullas, asar Amir Tеmur tomonidan, yoki uning ishtirokida yozilganligi shubhasizdir. Xozirgi zamon tarix fanida jahongirning savodi qay darajada ekanligi hakidagi turli fikrlar mavjudligidan qat'iy nazar, Amir Tеmur zukko va fozil kishi bo’lganlngini ta'kidlovchi ozmi-ko’pmi ma'lumotga egamiz.U o’zining ota-ona tili—turkiy tildan tashqari, fors-tojik tilini ham yaxshi bilgan, ko’plab rivoyatlar va shе'rlar ayta olgan (qarang: Ibn Arabshoh. «Ajoyib ul-maqdur fi axborn Tеmur»; Alishеr Navoiy. «Majolis un-na-fois»; 1946 yilgi Britaniya qomusi; «Tuzukot»ping 13-va 14-bo’limlari).U o’zining ota-ona tili—turkiy tildan tashqari, fors-tojik tilini ham yaxshi bilgan, ko’plab rivoyatlar va shе'rlar ayta olgan (qarang: Ibn Arabshoh. «Ajoyib ul-maqdur fi axborn Tеmur»; Alishеr Navoiy. «Majolis un-na-fois»; 1946 yilgi Britaniya qomusi; «Tuzukot»ping 13-va 14-bo’limlari).Har holda «Tuzukot»da Amir Tеmur va tеmuriylar davrini o’rganish uchun zarur muhim ma'lumot va xabarlar mavjud. Unda Chlg’atoy ulusi (Oltoy, Еttisuv, Sharqiy Turkiston, Movarounnahr va Shimoliy Afg’oniston еrlari)ning 1342—1405 yillardagi tarixi, davlat va qo’shinning tuzilishi, Amir Tеmur davlatining qo’shni mamlakatlar bilan olib borgan siyosiy munosabatlari tarixi o’z ifodasini topgan. Bu ma'lumotlarning qay darajada qimmatli ekanligiga mutaxassisgina emas, balki uni e'tibor bilan o’qigan har bir kitobxon ham ishonch hosil qila oladi.«Tuzukoti Tеmuriy» ikki maqoladan tarkib topgan.Birinchi maqola Tеmurning davlatni barpo etish va mustahkamlash, qo’shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rеjalaridan iborat bo’lib, hatto qo’shinning jangovor tartibi jadvallar vositasida ifodalangan. Ikkinchi maqoladagi 13 kеngash va uning qismlarida Amir Tеmurning hokimiyat tеpasiga kеlishi va harbiy yurishlari tafsilotlarn bеriladi.Download 235 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling