Va adabiyoti universiteti
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Va adabiyoti universiteti
“Stol ustida qalam” usuli asosan talabalarni mutaxassislikka oid lug‗at boyligini
oshirishda qulaylik yaratadi. Tilda muloqot qilish uchun faol so‗z boyligiga ega bo‗lish lozim. Bu usulni qo‗llashda o‗quvchilardan bir varaqdan qog‗oz olish so‗raladi va o‗qituvchi ularga dostondagi ba‘zi so‗zlarning inglizchasini birin-ketin ayta boshlaydi. Masalan: doston, qahramon, ot, kurash, poyga kabi. O‗qituvchi har bir so‗zni aytganda, o‗quvchi tezgina uning o‗zbekcha tarjimasini yozmog‗i lozim. 49 Yozib bo‗lgach, ular qalamlarini stol ustiga qo‗yadilar va so‗ngra bir-birlarining qog‗ozlarini boshqa rangdagi qalam bilan o‗qituvchi nazorati yordamida tekshiradilar. Bu usul o‗quvchilarni o‗zaro ishlashga, ularni darsda faol bo‗lishga, chet tiliga ham qiziqishga undaydi. Dostondagi obrazlar tizimini o‗tishdan oldin, avvalo, asardagi bosh va epizodik obrazlarni tasniflab tushuntirish lozim: Alpomish Barchinoy Qorajon Yetakchi obrazlar Qaldirg‘och 50 Ta‘lim berishning samarali usullaridan biri −“Klaster‖ usulidir. Bu usul ko‗p variantli fikrlash, o‗rganilayotgan tushuncha o‗rtasida bog‗lanish o‗rnatish malakalarini rivojlantiradi, erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashga yordam beradi. Klaster tuzish ketma-ketligi: -sinf yozuv taxtasi o‗rtasiga tayanch so‗z yoki ibora yoziladi; -kichik guruhlarda yoki yakka tartibdagi o‗quvchilarga ushbu so‗z yoki iboraga tegishli bo‗lgan gaplarni yozish talab etiladi; -tushuncha yoki g‗oyalar o‗rtasidagi bog‗lanishni o‗rganish talab etiladi; -yodga kelgan variantlarning barchasini yozish talab qilinadi. Asar qahramonlari tasniflab tushuntirilganda, o‗quvchilarning eslab qolishi osonroq kechadi, shuningdek, ularga bu tasnif asosida qahramonlarning xarakter xususiyatlarini yoritish topshirig‗i berilishi mumkin. O‗quvchilarning bu topshiriqni bajarishlarida ―Klaster‖ metodidan foydalanish yaxshi samara beradi. Ko‘kaldosh Ko‘kaman Ultontoz Boybo‘ri Boysari Qultoy Epizodik obrazlar Surxayl 51 O‗qituvchi o‗quvchilarni ―Alpomish‖ dostonidagi obrazlar va timsollar haqida chuqur mushohada yuritishlari uchun uni 7-sinf darsligidan o‗quvchilar yaxshi tanish bo‗lgan ―Ravshan‖ dostonidagi obrazlar tizimi bilan qiyoslab, ularni erkin fikrlashga yo‗naltirishi mumkin. Masalan: Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling