O’zgarmas tok zanjirida izolyatsiya qarshiligi nazorati. Ishning maksadi


Download 1.05 Mb.
bet1/3
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1278195
  1   2   3
Bog'liq
O’zgarmas tok zanjirida izolyatsiya qarshiligi nazorati.


O’zgarmas tok zanjirida izolyatsiya qarshiligi nazorati.


Ishning maksadi. Elektr stansiya va podstansiyalarda o’zgarmas
operativ tok zanjirlarida izolyatsiya qarshiligini ulchash va
nazorat qilish metodlarini o’rganish.


Umumiy ma’lumotlar.

Elektrstansiya va podstansiyalarda boshqarish zanjirini o’ta muhimligini hisobga olib o’zgarmas operativ tok tarmoqlarida to’xtovsiz izolyatsiyani nazorat qiluvchi qurilma o’zgarmas tok shitida o’rnatiladi. Bu qurilmalar yordamida murakkab bo’lmagan manipulyatsiya yordamida quyidagilarni o’lchash mumkin:


-o’zgarmas tok kuchlanishini;
-yerga nisbatan har bir-qutbni o’zgarmas tok kuchlanishini;
-tarmoqni izolyatsiyasi qarshiligining qiymatini;
-har bir qutbni qarshiligini bo’lgan holda yerga nisbatan o’lchash;
Izolyatsiya qarshiligi kritik nuqtaga yetganda yorug’lik va ovoz signalizatsiyasi ishga tushadi.
Izolyatsiyani nazorat qiluvchi qurilmaning sxemasi. 4.1 rasmda ko’rsatilgan.



4.1.-Rasm o’zgarmas operativ tok manbaida izolyatsiyani nazorat
qiluvchi qurilma sxemasi.

Izolyatsiyani nazorat qiluvchi qurilmaning sxemasini ishlashi.


O’zgarmas tok tarmog’ida kuchlanishni o’lchash voltmetr 1V va o’lchovchi almashlab ulagich 1PI yordamida amalga oshiriladi.
Avtomat A ulangandan so’ng sxemani ikki qismiga o’zgarmas operativ tok kuchlanishi beriladi (220, 110, 60, 48 yoki 24 V qaysi kuchlanish shu podstansiyada qo’llanilgan bo’lsa).
Voltmetr 1V bu zanjir kuchlanishini ko’rsatadi.
Kalit 1PI ni chapga burab musbat (k) qutbdagi kuchlanishni «yerga» nisbatan o’lchanadi. Izolyatsiyaning nominal qarshiligida 1V kuchlanishni 0,5 UH dan ozroq kam ko’rsatadi.
Kalit 1 PI unga buralganda manfiy (-) qutbni kuchlanishini «yerga» nisbatan o’lchanadi. Kuchlanish qiymati ham oldingi holatdagi singari bo’ladi.
Agar izolyatsiya qarshiligi har xil qutblarda har xil bo’lsa 1V ko’rsatkichi ham har xil bo’ladi. Bunda qaysi qutbda qarshilik kichik bo’lsa kuchlanishi ham shuncha kichik bo’ladi. qurilma izolyatsiya karshiligini bir necha kOm dan bir necha MOm gacha o’lchash imkonini beradi. Izolyatsiya qarshiligining 1-3 kOm ga 24-48V, 6-10 kOm -60V, 15-20 kOm gacha 220V tarmoqda bo’lganda signalizatsiya ishga tushib ketadi.
Izolyatsiya qarshiligini o’lchash aniqligi kuchlanishni chetga chiqishi (nominal kuchlanishidan) va izolyatsiya qarshiligini o’lchovchi qarshiliklar qiymatiga bog’liq bo’ladi.
kurilma quyidagilardan iborat: PI almashlab ulagich ( fiksatsiyali 3 holatli kalit), o’lchovchi tugmacha KI, potensiometr P, voltmetr V, signal lampasi LS bilan signal relesi 1RS.
kurilmaning ishlashi Uitston ko’prigi prinsipiga asoslangan bo’lib, yelkalari R1 va R2 hamda ikki izolyatsiya qarshiliklari Riz va Riz–dan iborat. Ular har bir faza va orasiga ulangan.
4.2-rasmda bu qurilmaning sodlashtirilgan sxemasi keltirilgan bo’lib, uning ish prinsipi tushinish mumkin.
Yuqori voltmetr ko’prik diagonalida ulangan bo’lib, ekvivalent qarshilikni o’lchaydi.
(4.1)
Musbat va manfiy qutblarni izolyatsiya qarshiliklari quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi.

(4.2)

(4.3)





Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling