Va adabiyoti universiteti
Tadqiqotning maqsad va vazifalari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Va adabiyoti universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obyekti va predmeti
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ushbu tadqiqotning maqsadi umumiy
o‗rta ta‘lim maktab o‗quv dasturiga kiritilgan ―Alpomish‖ dostonini o‗rganishda ta‘lim tizimining noan‘anaviy shakllaridan foydalangan holda yangi pedagogik texnologiyaning turli vositalarini ijodkorlik bilan qo‗llab, xalq og‗zaki ijodining ijtimoiy-tarbiyaviy vositaligini, muhimi, o‗quvchilarda estetik didni shakllantirishda muhim badiiy ahamiyatga egaligini ochib berishdir. Tadqiqotda maqsadning bunday qo‗llanishi uning vazifalarini ham aniq belgilab beradi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat: - ―Alpomish‖ dostonini xalqimizning boy adabiy merosi va uning tarkibiy qismi sifatida o‗rganish; 8 - dostonning janr xususiyatlarini tushuntirish va shu orqali o‗quvchilarga og‗zaki ijod an‘analari haqida kengroq tushuncha berish; - o‗quv dasturiga kiritilgan ―Alpomish‖ dostonini muayyan dostonchilik maktablari doirasida o‗rganish va shu orqali baxshi-shoirlar o‗rtasidagi ustoz- shogirdlik munosabatlarini, barqaror ijro an‘analarini va ijodiy novatorlikni o‗rganish; - ―Alpomish‖ dostonining o‗zbek folklorida tutgan o‗rnini aniqlash; - xalq baxshi-shoirlarining hayoti va ijodini hamda u mansub bo‗lgan dostonchilik maktabining o‗ziga xos yo‗nalishlarini tahlil qilish; - doston badiiyatini, sujeti va kompozitsiyasini o‗rganishda yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish; - darsning jonli va qiziqarli o‗tishini ta‘minlashda AKT vositalaridan unumli foydalanish; - ―Alpomish‖ dostonini o‗qitishda interaktiv metodlardan foydalanish; - Dars sifatini oshirish va samaradorligini aniqlashda jadvallar, tarqatma materiallar va test savollari tuzish; - dostonni o‗rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyatini tadqiq etish. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mazkur tadqiqotda xalq og‗zaki ijodini yangicha pedagogik tafakkur tamoyillariga tayanib o‗rganish masalasi tadqiqot predmeti sifatida o‗rganildi. Tadqiqot uchun asosiy ob‘yekt sifatida Fozil Yo‗ldosh o‗g‗li kuylagan ―Alpomish‖ dostoni hamda umumiy o‗rta ta‘lim maktabining 9-sinf adabiyot darsligida berilgan dostondan parchalar olindi. Fikrimizni rivojlantirish, ta‘lim samaradorligini oshirish maqsadida oliy o‗quv yurtlari uchun K.Imomov va boshqalar muallifligida tayyorlangan ―Xalq og‗zaki poetik ijodi‖ darsligi, O.Madayev va T.Sobitova muallifligidagi akademik litseylar uchun ―Xalq og‗zaki poetik ijodi‖ darsligi va yangicha pedagogik texnologiyalar, ta‘limning zamonaviy ilmiy-metodik usullaridan foydalanildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling