Va asosiy xususiyatlari
Download 190.58 Kb.
|
6-maruza
Darzliklar zichligi (G) deganda yoriqlar tekisligiga nisbatan o’tkazilgan tik chiziq (L) birligidagi darzlar soni (N) tushuniladi va quyidagicha aniqlanadi
. Darzliklar zichligi 1/m da o’lchanadi. Hajmiy zichlik T, sirtqi zichlik P va darzliklar zichligi G oralig’ida quyidagi bog’liqlik mavjud: G= ; T= ; P= , bunda T, G yoki P aniqlanadigan maydonchalar yoki chiziqlar soni; i - chiziq yoki maydoncha raqami; - Gi yoki Pi aniqlanadigan chiziq yoki maydoncha va darzliklarning yo’nalishi bo’yicha burchagi. Darzlar sig’imi Kt ni aniqlashda shliflar mikroskop yordamida o’rganiladi, Kt=V /F=VP , bunda V - shlifdagi darzliklarning eni; –shlifdagi hamma yoriqlarning uzunligi yig’indisi; F - shlif maydoni; Kt-darzlar sig’imi; P-darzlarning sirtqi zichligi. Darzliklar ochiqligi (kengligi) ham tog’ jinslarining muhim parametrlaridan biri hisoblanadi. Mikrodarzliklar kengligiga ko’ra juda ensiz (kapillyar) ― 0,005-0,01 mm, ensiz (subkapillyar) ― 0,01-0,05 mm va keng (qildek) ― 0,05-0,15 mm va undan yirik turlarga bo’linadi. Jinslarning darzliligini o’rganishda darzlik zichligi va ochiqligi bilan bir qatorda uning shaklini (chiziqli, egri-bugri), mineral va bitum moddalari bilan bandligini va sh.k. ham bilish zarur. Moddalar bilan bandligiga ko’ra ochiq, qisman to’lgan va berk darzliklar farqlanadi. CHunonchi: 1) qumtosh va alevrolitlarda ochiq mikrodarzliklar ko’proq, ba’zan berk darzliklar uchraydi; 2) gil va argellitlarda ham asosan ochiq mikrodarzliklar rivojlangan; 3) mergellarda ochiq va berk mikrodarzliklar mavjud; 4) organogen dolomitli ohaktoshlarda berk mikrodarzliklar keng rivojlangan, ba’zan ochiqlari ham uchraydi; 5) dolomitlarda berk mikrodarzliklar keng rivojlangan bo’lib, ochiqlari kam uchraydi. Har qanday tog’ jinsining kollektorlik xususiyati flyuidlarni o’zida to’plash va o’zidan chiqaraolish xususiyati hamda uning g’ovakligi (sig’imi) va o’tkazuvchanligi bilan belgilanadi. Darzli jinslar sig’imi ikki xil: zarralar oralig’idagi bo’shliqlar va darzlik bo’shliqlaridan tarkib topadi. Birinchisi zarralar oralig’idagi bo’shliqlar hajmidan, ikkinchisi darzliklar hosil qilgan bo’shliqlar hajmidan iborat. Zarralar oralig’idagi bo’shliqlardan tarkib topgan sig’imlar (qum, qumtosh, alevrolit, keltirib yotqizilgan karbonat jinslarda) g’ovakliligi 9-10% dan yuqori bo’ladi. Darzlilik hisobiga hosil bo’lgan bo’shliq hajmi darzlik sig’imi, darzli jinslarning birlik hajmdagi (1 m3) bo’shliqlari hajmi darzlik sig’imi koeffisienti deb ataladi. Bundan tashqari, karbonat jinslarda ularning erishidan hosil bo’lgan bo’shliqlar (kovaklar, mikrokarst va stilolit bo’shliqlari) ham mavjud. Demak, darzli jinslarning umumiy sig’imi deganda jinsdagi hamma bo’shliqlar hajmi yig’indisining ushbu jins hajmiga nisbati tushuniladi. G.K.Maksimovich, E.M.Smexov va b. olib borgan tadqiqotlar natijasidan darzlik sig’imi darzli kollektorlar sig’imi qiymatiga sezilarli ta’sir ko’rsataolmasligi ma’lum bo’ldi va uning miqdori zarralar oralig’idagi bo’shliqning 10% gacha bo’lgan hajmiga tengdir. Buning asosiy sababi, katta chuqurlikdagi (1000 m dan ko’p) darzli jinslardagi yoriqlar kengligi 0,1 mm dan katta bo’lmasligidandir. Masalan, G.K. Maksimovich, E.M. Smexov va b.ning fikricha, kub shaklidagi, hajmi 1000 sm3 bo’lgan namuna har birining kengligi 0,1 mm bo’lgan o’nta darzlik bilan kesilgan bo’lsa, uning darzlik sig’imi 1% ga teng bo’ladi. A.A.Trofimuk fikricha, darzlik sig’imi jins sig’imi qiymatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Darzli ohaktosh va dolomitlar sig’imini (Karli, Kinzebulatovo, Zarubejnoe konlarida) chiqarib olingan neft miqdoriga asoslanib (neft beraolishlik koeffisienti 0,2 ga teng deb qabul qilingan) hisoblaganda uning qiymati 1,25-1,8% ga teng bo’lgan. Janubiy Alan gazkondensat konidagi yuqori yura davri darzli karbonat jinslaridagi darzlik sig’imi 0,1-1,5% chegarasida o’zgaradi. Ko’kdumaloq neft-gazkondensat konidagi darzli karbonat jinslarida darzlik sig’imi 1,2-3,7% ga etadi. Janubiy Eron konlaridagi darzli kollektorlarning umumiy sig’imini o’rtacha qiymati 5% (2-15%), jinslardagi darzlar hajmi (X.V.Leyn ma’lumotiga ko’ra) 1-2% atrofida. SHarqiy Karpatdagi neft konlaridagi darzli kollektorlarning darzlik sig’imi 1-3% atrofida. Demak, jinslarning kollektorlik xususiyatlari ko’proq zarralar oralig’idagi g’ovaklilikka bog’liqdir, darzlik sig’imi esa ikkinchi o’rinda turadi. Jins-kollektorlardagi darzliklar, ularning turi va o’lchami ularda suyuqlik va gazlarning harakatlanishida muhim rol o’ynaydi. Odatda darzli jinslar mo’rt yoxud qattiq, litologik jihatdan bir-biridan keskin farqlanuvchi jinslardan tarkib topadi, ularning zarralari oralig’idagi suyuqlik filtratsiyasining qiymati juda kichik bo’ladi. Lekin, shunga qaramay O’zbekiston Respublikasidagi ko’pgina konlarda bunday darzli jinslardan katta miqdordagi neft va gaz oqimlari olingan. Download 190.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling