Va asosiy xususiyatlari


NEFT-GAZLI TOG’ JINSLARINING HAR XILLIGI


Download 190.58 Kb.
bet16/16
Sana02.06.2024
Hajmi190.58 Kb.
#1834296
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-maruza

NEFT-GAZLI TOG’ JINSLARINING HAR XILLIGI
Neft-gazli jinslar tabiiy saqlagichlar hisoblanib, nihoyatda murakkab geologik tuzilishga egadirlar. Shu sababli ularning foydali hajmi, suyuqlik va gazlar harakatlanadigan yo’li sezilarli, ko’pincha g’oyat keskin o’zgarishlarga duchor bo’ladi.
Ba’zan jinslarning foydali hajmi suyuqlik o’tkazmaydigan qatlar bilan bloklarga, qatchalarga va linzalarga bo’lib yuboriladi va ularning har biri ayrim-ayrim mustaqil saqlagichlar hosil qiladi. Bundan tashqari saqlagichlar ichidagi jinslarning moddiy tarkibi ham o’zgarishga duchor bo’ladi.
Mahsuldor qatlamning litologik-fatsial xususiyatlarida yuzaga keladigan bunday o’zgarishlar neft-gazli jinslarning har xilliligini belgilaydi.
Mahsuldor qatlam (gorizont, ishlatish ob’ekti) chegarasida kollektorlarning yotish shakllari va fizik xususiyatlarining o’zgaruvchanligi jinslarning litologik tarkibini har xilligi bilan bog’liqdir. Bunday o’zgaruvchanlik ko’rsatkichi neft va gaz zaxiralarining joylashishi, suyuqlik va gazning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi to’g’risida mulohaza yuritish imkonini beradi hamda uyumlarning ishlatish loyihasini asoslashda muhim hisoblanadi. SHuningdek, qatlamning neft beraolish koeffisientini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi. Neft uyumlarini ishlatishda unda bo’ladigan jarayonlar jadalligi qatlamning litologik tarkibining har xilligidan kelib chiqadi.
Hozirgi vaqtgacha qatlamning har xilligini aniqlash, o’rganish va undan foydalanishning qabul qilingan aniq bir, umumiy metodlari mavjud emas. SHu sababli ushbu qo’llanmada neft-gazli qatlamlarning litologik-fatsial tuzilishining geologik har xilligi ko’rib chiqiladi. Geologik har xillik deganda neft-gazli jinslarning mikro har xilligi va makro har xilligi tushuniladi. Ba’zi bir tadqiqotchilar (E.A.Dmitriev, V.S.Melik-Pashaev, 1963) geologik har xillik deganda, uyum maydoni bo’ylab qatlamning litologik tarkibining o’zgarishini va mahsuldor gorizontning suv o’tkazmaydigan qatchalar bilan bo’linishini tushunadilar, shunga ko’ra zonal va qatlam har xilligini ajratadilar.
Mahsuldor qatlamning har xilligini M.L.Surguchev (1969) uning litologik tarkibining, B.T.Baishev (1963) g’ovakliligi va qalinligining, L.M.Dementev (1968) litologik tarkibi va fizik xususiyatlarining maydon bo’ylab o’zgarishida ko’radilar. M.A.Jdanov(1979) chekka, markaziy va maydoniy har xillilikni ajratadi.
Mikro har xillik – uglevodorodlar bilan to’yingan muhitning kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruvchanligini, o’tkazuvchanligini, g’ovakliligi(bo’shliqligi)ni, neftga to’yinganligini, shuningdek, ularning xususiyatlarini: gilliligi, karbonatliligi, sementlanganlik darajasi, granulometrik va mineral tarkibi, bo’shliq maydonining strukturasi va boshqalarni aniqlaydi.
Mikro har xillik jinslarning ichki mikrostrukturasiga bog’liq, uni kern yoki shliflarda o’rganish mumkin. Mikro har xillikning litologik, granulometrik, mineralli turlari, shuningdek, o’tkazuvchanlik, g’ovaklilik xillari ajratiladi. Jinslarning o’tkazuvchanligi bo’yicha aniqlangan mikro har xillik eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Ular o’z navbatida zonal va qatli turlarga bo’linadi.
Makro har xillik - kollektor va nokollektorlarning qatlam maydoni chegarasida (gorizont, ishlatish ob’ekti) tarqalishi. U asosan ikki ko’rinishda: 1)mahsuldor qatlamni gorizont va qatchalarga ajralishida; 2) ayrim qatlam va qatchalarni uzuq-uzuq bo’lib (linzasimon ko’rinishda) tarqalishida namoyonlanadi.
Download 190.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling