Va badiiy asar mohiyatini yoritishdagi yozuvchi iste’dodi ifodalangan


Download 98.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana03.12.2023
Hajmi98.27 Kb.
#1797867
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
odil-yoqubov-qissalarida-tasvir-va-talqin

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
410 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
qa‘ridagi takrorlanmas hislarni junbushga keltiruvchi nodir tuyg‘ular yotadi. Adib 
yozgan deyarli barcha asarlardagi badiiy obrazlarni o‘quvchi tez va oson tushuna 
oladi. Chunki har bir obraz o‘ziga xos favqulotda xarakter xususiyati bilan ajralib 
turadi. Albatta, o‘quvchi ongida yaqqol namoyon bo‘la oladigan obrazlarni yaratish 
anchayin mehnat talab qiladi. Odil Yoqubov o‘z qahramonlarining metaforik 
tasviriga alohida urg‘u berish yo‘li bilan buning uddasidan chiqa olgan yozuvchi edi. 
XULOSA 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Odamlarni, umuman, o‘quvchini halollikka, 
iymonga, diyonatga chorlagan ijodkorning o‘zi halol, iymonli bo‘lishi kerak. Aks 
holda, uning yozganlari yolg‘on bo’ladi. Hech kim ishonmaydi,”[8;2019]- degan edi 
Odil Yoqubov. O‘z so‘zi bilan aytganda yozuvchi ko’nglida borini ro‘yi-rost yozgan 
ijodkorlardan edi. Adibning “ko‘ngil mulki” hisoblanmish asarlari hali uzoq yillar 
o‘quvchilar qalbida o‘z izini qoldirib yashaydi deb ishonch bilan ayta olamiz. Odil 
Yoqubovni ijod sohasiga kirib kelishida otasi katta o‘rin tutgan. Yozuvchi bolalik 
xotiralarini eslar ekan: “Har oqshom katta mehmonxonamiz odamga to‘lib ketadi. 
Qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar, qiz-kelinchaklar yig‘iladi. Aksariyati yoshlar. 
Dadam taxmondagi kitoblar orasidan jigarrang jildli qalin bir kitobni olib sekin 
varaqlaydi. Men uning tizzasiga suyanib kitobning bezaklari, ajoyib suratlarini 
tomosha qilaman. Bu kitob – “Ming bir kecha”ning 1905-yili bosilgan rus nashri edi. 
Dadam kitobni o‘qimaydi, bir necha betini o‘ychan varaqlaydi-da, keyin sekin hikoya 
qila boshlaydi. Bu hikoyalar aksariyat tun yarmigacha, ba’zan xo‘roz qichqirguncha 
davom etadi, men ham oyimlarning “yot” deyishlariga quloq solmay, mijja qoqmay 
eshitaman”[9;102] Bu xotiralar shundan dalolat beradiki, Odil Yoqubov 
yoshligidanoq kitobga mehr qo‘ygan, adabiyotning chinakam ixlosmandi edi. Uning 
asarlari xuddi Pirimqul Qodirov, Oybek, Asqad Muxtor, Shukur Xolmirzayev, 
Mirkarim Osim, O‘tkir Hoshimov kabi yozuvchilar asarlaridek o‘quvchilarning 
qalbidan joy olishga loyiq kitoblardir. 

Download 98.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling