Va emulsiya b


Download 247.8 Kb.
bet3/7
Sana18.02.2023
Hajmi247.8 Kb.
#1212277
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-Mavzu

Zavodda yo‘l emulsiyasini tayyorlashning texnologik jarayonlari. U bitumni qizdirish va suvsizlantirishdan boshlanadi. Emulgatorlar bitum kabi, oldindan tayyorgarlikni talab qiladi. Bazi emulgatorlar suvda engil erib maxsus tayyorgarliklarni talab qilmaydi. Ushbu emulgatorlardan ishlatishdan oldin 70-800 S lik ishchi haroratga keltirib, suv bilan aralashtirib qorishma olinadi. Bir xil turdagi emulgatorlarni suvda aralashib yoq bo‘lishi uchun, ishqorni suv aralashma bilan oldindan sovunlab qoyish lozim. Sovunlash (qaynatish) maxsus qozonda 3-4 soat davomida olib boriladi. Tayyorlangan sovun 1:9 proporsiyada suv bilan aralashtirib, olingan qorishmani ishlatishdan oldin 70-800 S gacha qizdiriladi. Tayyor bo‘lgan sovun dozatorga tushib u erdan aralashtirgich parragiga tushadi. Aralashtirgichda emulgatorning suv qorishmasi tayyorlanib, u erga esa yumshatilgan suv uskunadan tushadi.
Emulgatorning suvli qorishmasi nasos orqali ishchi haroratga keltirish uchun rezervuarga tortib olinadi, keyin u dispergatorga tushadi. Tayyor emulsiyani rezervuarda saqlash uchun yuboriladi (gorizontal yoki vertikal tipdagi sisternalar). Emulsiyaning sifatini laboratoriyalar nazorat qiladi.
Yol emulsiyalarini mexanik tayyorlov uslubidan tashqari, akustik ko‘rinishi xam mavjud, ammo ishlab chiqarishda kerakli uskuna tayyorlanmaganligi sababli, keng kolamli foydalanishni topmagan.



Download 247.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling