Va emulsiya b
Download 247.8 Kb.
|
5-Mavzu
128 – rasm. Bitum pastalarini tayyorlash qurilmasining texnologik sxemasi:
1- suvli sisterna; 2- bitum nasosi; 3-suv nasosi; 4-bitum dozatori; 5-suv dozatori; 6- pasta uchun bak; 7- qorishma nasosi; 8-pasta qorishmasini tashuvchi; 9-(pomost) qurilishda ishlatiladigan yig‘ma ish joyi; 10- asfaltaralashtirgich yoki beton qorishtirgich; 11- lentali koveyer; 12- kukun dozatori; 13- shnekli to‘yintiruvchi; 14- sement, mineral kukun va kukunsimon emulgatorlarning ko‘chib yuruvchi ombori; 15-tabiiy va maydalangan qum omborlari; 16-avtoyuklagich; 17-qabul qiluvchi bunker; 18-mineral materiallar dozatori; 19-pasta (emulsiyaning) dozatori; 20- quvvati 100 kVt ga ega bo‘lgan ko‘chib yuruvchi elektrostansiya; 21- ikki o‘qli avtomobil tirkamasi; 22- ko‘ndalang plankali lentali karerveyer; 23- yashash uchun vagon; 24- o‘ziyurar transport ravachasi. Pastaning asosiy qismlarini tayyorlash yo‘l bitumini kerakli haroratgacha qizdirishni o‘z ichiga oladi (120-180 S) , tashqi xavo harorati 10 S dan kam bo‘lmagan holatda suvni 60-80 S gacha qizdiriladi. Boshqa holatlarda suvni qizdirishmaydi. Kukunsimon emulgatorlipastanitayyorlash joyigaetkazibberishadi . Pastani tayyorlash uchun ishlab chiqarishi 15-25 t/ch bo‘lgan asfalt aralashtirgich , qorishma va beton aralashtirgich ishlatiladi Qorishma va beton aralashtiruvchi uskunalarda aralashtirish vaqti tahminan 5-10 daqiqa , parrakli majburiy aralashtirgichli asfalt aralashtirgich uskunalarida esa 1,2-2 daqiqani tashqil etadi. Tayyor bo‘lgan bitum pastasini avtomobil samosvallarga ortiladi. Pastani jo‘natish vaqti kelgunga qadar, zahiralardagi qozonlarda saqlash mumkin. Asfaltbeton uskunalarni ishlatishdan oldin ularni qo‘shimcha uskunalar bilan to‘lg‘izish lozim, taqsimlagich va suv uchun dozalovchi idishcha o‘rnatiladi. Pasta uchun emulgator sifatida ohak-par yoki magniy va SaO kalsiy ishqori massasi 60% dan kam bo‘lmagan maydalangan qaynatgich qo‘llaniladi, shuningdek filtr-presslangan loy-defekat- 1 yildan oshiq tashqarida yotgan va 0.071 mm dan mayda 50% dan kam bo‘lmagan shakar ishlab chiqarishning qoldiqlari ishlatiladi. Emulsiyatayyorlashuchunqo‘llaniladiganneftvaslanetsbitumlari, toshko‘mir smolasi, pech va antratsen moylari qichishtirish va teri kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, qichitishni quyosh nuri ta’siri (radiatsiya)da teriga toshko‘mir qatroni, pech va moykeltirib chiqaradi. Bu materiallarni ombordan keltirish vakotelga ortish ishlari tunda, erta tongda yoki kechqurun quyosh chiqishi va botishidan keyin amalga oshiriladi. Ishlar mexanizatsiyalashtiriladi. Bog‘lovchi materiallarni isitishda ishchilar zararli parlar tarqaladigan joydan chetroqda shamol tomonga qaragan joyda turadilar. Materiallarni isitish vaqtida kotellar qopqoqlar bilan berkitiladi. Emulsiya qurilmalarida faqat mashinani boshqarish xuquqiga egalik haqida guvohnomasi bo‘lgan va mutloq sog‘lom bo‘lgan ishchilar ishlay oladilar. Ish joyida eng zarur dorilar to‘plami va shunday to‘plam turadigan quticha (aptechka) va neytral moddalar bo‘lishi shart: ichimlik suvi, borat kislotasi, kuchsiz sirka kislotasi, spirt, leykoplastыr, paxta, bint va boshq. Albatta, shaxsiy kiyim va maxsus kiyimlar saqlash uchun xona, xonani va jihozlarni zararli mikroblardan tozalash, kiryuvish va quritishxonalari bo‘lishi shart. Agar emulsiya yopiq xonalarda tayyorlansa unda xonada havo almashinish (ventilyasiya) ta’minlanadi (havo almashinuvi 15-20 marta). Emulgatorlar, o‘tkir natriy va uning eritmalarini metall baklarda, qopqog‘i mahkam yopiladigan sisternalarda saqlash joiz. Xlorid kislota faqat mahkam yopiladigan shisha probkali shisha butilkalarida saqlanadi. Ishchilarda maxsus kiyimlar bo‘lishi shart: ip gazlamali eritma singdirilgan kostyum, rezina perchatkalari, himoya ochkilari va rezina etiklari. Dispergator voronkasi oldidan operatorga issiq bitum va emulgator eritmasini sachrashini oldini oladigan himoya oynasi o‘rnatiladi. Ishchilar maxsus kiyimi – kombinezonlar, fartuklar, qo‘lqoplar, charm teridan poyabzal, ochki. Bazalarda yoki zavodlarda iliq suvli dush (hammom) bo‘lishi lozim. Pechda ishlashdan oldin badanning ochiq joylarini maxsus malham (maz) bilan surkaladi. Tayyor yo‘l emulsiyalari zararli moddalar hisoblanmaydi, ular bilan ishlaganda baxtsiz hodisalar ro‘y bermaydi. Emulsiya kiyimga, betga, qo‘lga tekkanda uni sovuq suv bilan yuvish tavsiya etiladi; emulsiya suv bilan tez va engil aralashadi va yuviladi. Teskari emulsiyalar benzin va kerosin bilan yuviladi. Download 247.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling