Va geografiya


Download 295.79 Kb.
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi295.79 Kb.
#1313150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Or-Osiyo-majmua-2016

Demografik muammo -global muammolarning eng muhimi hisoblanadi. 2100 yilga borib planetamizning aholisi 40 mlyard kishiga, aholi zichligi esa 1 km kv.da 120 kishiga yetishi mumkin.
II Energetika, xom ashyo, oziq-ovqat muommolari.
Hozirgi vaqtda energetika va xom-ashyo muammosi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng dolzarb muammolardan biridir.
XX asrning 70-yillariga kelib energetika va xom-ashyomuammosi, yoqilg’i va xomashyoga bo’lgan talab va taklif nisbati bilangina belgilanmasdan, balki ularni qazib olish sharoitlari, dastavval kon-geologik sharoitlarning murakkablashuvi hamda xomashyo qazib olinayotgan va u birlamchi qayta ishlanayotgan xududlarda ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan ham belgilangandir.
Oziq-ovqat.muammosi -ocharchilik qadimgi muammolardan biri hisoblanadi. To’yib ovqat yemaslik- insonlarni ko’p qiyinchiliklarga olib keladi.
Har bir shaxs bir kunlik oziq-ovqat normasi 2400-2500 (2700-2800) kkal dan past bo’lmasligi kerak. Bu ko’rsatkich 1800 kkal ga tushsa, to’yib ovqat yemaslik holati seziladi, 1000 kkal ga tushsa bu ocharchilik deb hisoblanadi.
BMT qoshidagi “Halqaro oziq-ovqat bilan ta’minlash tashkiloti” (FAO) ning ma’lumotiga ko’ra jahon aholisining 35% i to’yib ovqatlanadi, 15%i zaruriy miqdordagi kalloriyalarni qabul qiladi, 20% aholi oqsilga bo’lgan talabi qondirilmagan, 30% i to’yib ovqat yemagan yoki och qolgan aholi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ocharchilik 580-650 mln kishini qamrab olgan. 1-1,3 mlyard kishi esa to’yib ovqat yemayapti.
Yuqoridagi ma’lumotlarni hal qilish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarni iqtisodiy qaloqlikdan chiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlash, qishloq xo’jaligini ko’tarish orqali erishish mumkin.


III. O’rta Osiyo hududidagi global muommolar.
O’rta Osiyo hududida XX asrning 70 yillariga kelib Orol muammosi, 80-90 yillarga kelib sho’rlanish va cho’llashish hamda Rog’un GESi muammosi vujudga kela boshladi.
Rog’un GESini bunyod etish uchun balandligi 335 metrlik to’g’on qurilishi talab etiladi. Bordiyu to’g’on o’pirilishi sodir bo’lsa boshlang’ich nuqtada suv to’lqinining balandligi 250 metrga, Rog’un GESidan qariyb 1,5 ming km uzoqlikda joylashgan Qoraqalpog’iston Respublikasida esa 6-7 metrga yetadi. Afg’oniston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekistonga qarashli 1,5 mln gektar maydon, 700 dan ortiq aholi manzilgohlari, 5 mln. odam suv ostida qoladi.
Umuman olganda, Rog’un GESining qurilishi mintaqa xalqlari uchun xavf-xatar tug’diradi, Orol inqirozining halokatini yanada tezlashtiradi, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, global ekologik muammolarning chuqurlashishiga olib keladi, Markaziy Osiyo davlatlaridagi tinch-totuv xayotga raxna soladi.
Yurtboshimiz I.A. Karimov (2010 yil BMT samiti nutqi): “Orol muammosi nafaqat bizning, balki butun insoniyat muammosidir. Orol dengizining hajmi 13 barovarga, maydoni 7 barovarga qisqarganligini, uning minerallashuvi o’nlab barovar oshib, dengiz tirik mavjudot yashashi uchun yaroqsiz holga kelib qolganini, barcha hayvonot va naboto olami tanazzulga uchrab, qirilib ketganligini va orolni qutqarish butun insoniyatning vazifasi ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi”.
Yurtboshimiz 2010 yilning 12 noyabrida bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi nutqlarida “Atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va o’rnini belgilashga qaratilgan “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish fursati yetdi” degan g’oyani o’rtaga tashladi. Bunday tashabbusdan ruhlangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhi O’zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonunni qabul qilishi munosabati bilan “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Er osti boyliklari to’g’risida”gi, “O’rmon to’g’risida”gi, “O’simliklar dunyosini muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunlarga, “Ma’muriy kodeksi”ga, “Er kodeksi”ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taklifi bilan chiqdi va bu takliflar deputatlar tomonidan birinchi o’qishdayoq qabul qilindi. Natijada O’zbekistonda ekologik sohada davlat boshqaruvi degan tushuncha yuzaga keldi.
Faqatgina biz suvni, tuproqni, o’simliklarni, hayvonot olamini, ya’ni tabiatni e’zozlash, asrab-avaylash, uning boyliklaridan tejab-terganb foydalanishni o’rgansak, bu ishimiz kelajagimizni belgilab berishini anglab yetsak, Er bizni uzoq vaqtlar boqadi. Bunga esa dastavval kishilarda ekologik madaniyatni yuksaltirib borish orqali erishishimiz mumkin.

Adabiyotlar.


1. I.A.Karimov “Xalq so’zi” gazetasi 2010 yil 13 noyabr.


2.A.Qayumov,I.Safarov,M. Tillaboyeva.“Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” 9-sinf darslik. T.2010 yil.
3. Z.Bozorboyeva “Ekologik muammo: saboqlar va yechimlar” Jizzax 2012 yil.
4.O’zbekiston ovozi gazetasi “Rog’un GESi kurilishi”2011 yil 14 aprel soni.

Download 295.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling