Va geografiya


Download 295.79 Kb.
bet7/7
Sana31.03.2023
Hajmi295.79 Kb.
#1313150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Or-Osiyo-majmua-2016

Jahon ahli tahlikada

Bizning juda qadimiy ona zaminimizda, shubhasiz, qudratli davlatlar mavjud (AQSh, Xitoy yoki Rossiya) va ayni paytda o’rtacha mamlakatlar ham bor. Bu o’rinda ayniqsa ikkita mamlakat haqida alohida to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu davlatlar dunyo miqyosida olib qaralganda, qudratli armiyaga ham, mustahkam va barqaror iqtisodiyotga ham ega emas. Buning ustiga garchi ulug’lik da’vo qilinayotgan bo’lsada, boshqaruv ishlarida uzoqni ko’zlash, donishmandlik yetishmayapti. Bu yerda gap Markaziy Osiyo mintaqasidagi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari haqida bormoqda.


Tojikiston Respublikasi rahbari Imomali Rahmon va yaqinda siyosiy doiraga kirgan janob Almazbek Atamboyevlarning qilmishlarini qarang: Ular Markaziy Osiyo miqyosida “Suvni berkitish” o’yini bilan band. Shuni ta’kidlab o’tish lozim. Qirg’izistonda ilgaridan ham bunday adolatsizlik holatlari davom etib kelar edi. Avvalgi rahbarlar ham aynan shu “o’yin”ni takrorlashgan. Biroq, shunisi ajablanarliki, yangi prezident ham aynan o’sha “yo’ldan” yurmoqda. Aniqroq qilib aytganda, “Suv berkitish o’yini” to’xtagani yo’q.
Shu o’rinda Xitoy xukmdorlarining qadimiy bir jazolash usullarini eslab o’tishga to’g’ri keladi. O’sha olis tarixda biror kishi og’ir jinoyat qilsa, jinoyatchining boshi ustunga qattiq bog’lanib, so’ng uning ustidan ma’lum bir usulda suv tomchilatib qo’yilar ekan. Xullas, shu usul bilan aybdor qiynoqqa solinardi. Bir sutka davomida boshiga suv tomizilgan kishi yo aqldan ozar yoki jaon taslim qilar edi. Bu yerda gap insonni qiynash haqida bormoqda. Qatl etish esa butunlay boshqa gap. Bu hukm qonsiz va shov shuvsiz ham amalga oshirilgan.
Xo’sh, biz o’zi bu so’zlarni nima uchun keltirayapmiz? Negaki, Tojikiston va Qirg’iziston rahbarlari ham bamisoli ayni shu tarzda ish tutishayapti. Oqar suvni tomchilatib berish evaziga nafaqat Markaziy Osiyodagi qo’shnilarni balki, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi va butun jahon hamjamiyatining sabr bardoshini sinovdan o’tkazishmoqda. Bu gaplarning mohiyati shundaki, Tojikiston Rog’un GESini, Qirg’iziston esa Qambarotin va Yuqoriinorin elektr stansiyalarii kurmoqchi. Ular juda ulkan inshootlardir. Chamasi yuqoridagi ikkala davlatning rahbarlari shu yo’l bilan o’z nomlarini abadiylashtirmoqchilar shekilli.
Shuni aslo unutmaslik kerak. Agar Sirdaryo va Amudaryoda ana shu gigant inshootlar quriladigan bo’lsa, Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi 60 milliondan ziyodroq aholi butunlay nochor ahvolda qoladi. Yoki bir hudud cho’lu biyobonga aylanadi. E’tiborda tutish lozim, 60 million aholi ichida Rossiyaga tegishli fuqarolar ham istiqomat qilishadi. Shunday ekan, bu masalaga Rossiya davlati va boshqa mamlakatlar ham befarq bo’lmasliklari kerak.
Dunyo ahli hayajonda, Tojikiston va Qirg’iziston rahbarlarining o’ylamay ish tutib, elektr stansiyalari qurish rejasi jahon ahlini og’ir tahlikaga solgan.
Download 295.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling