Va hududiy rivojlanish xususiyatlari
Qishloq xo`jaligining ahamiyati va joylashish xususiyatlari
Download 430.49 Kb.
|
Qishloq xo`jaligining ahamiyati va joylashish xususiyatlari. Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida qishloq xo`jaligi sohasi ham o`ziga xos o`rinini egallaydi va ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yer yuzida qishloq xo`jaligi, hech bo`lmaganda uning biron-bir sohasi bilan shug`ullanmaydigan mamlakatni uchratish mushkul bo`lsa kerak. Ma`lumki, qishloq xo`jaligi aholining turli-tuman noz-ne`matlari, qator sanoat tarmoqlarini esa xom ashyo bilan ta`minlab turadi. Qishloq joylarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasiga suyanish zamonaviy agrotexnikadan keng foydalanish, seleksiya va urug`chilik va dehqonchilik madaniyatida jahondagi ilg`or tajribalaridan oqilona foydalanish tufayli qishloq xo`jaligining aksariyat tarmoqlarida yutuqlar qo`lga kiritilmoqda. Qishloq xo`jaligi sohasida ishlab chiqarish darajasini yuksaltirish iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda mustaqil O`zbekiston oldida turgan qator muhim vazifalarni hal etishga imkon yaratdi. Qishloq xo`jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish darajasiga qarab mustaqil respublikamizning kelajagi qanday bo`lishi aniqlanadi. Shunga ko`ra mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida moddiy ishlab chiqarish sohasining yirik mexanizatsiyalashgan tarmog`i bo`lib hisoblangan qishloq xo`jaligiga e`tibor kuchayib bormoqda. Qulay tabiiy sharoit, mehnatsevar xalqimizning malakasi qishloq xo`jaligi oldida turgan ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. Mustaqillikning o`tgan davri ichida mamlakatimizning turli jabxalarida bo`lgani kabi qishloq xo`jaligida ham tub o`zgarishlar ro`y berdi. Eng avvalo o`lkamizning iqtisodiy mustaqilligini va aholi turmushi farovonligi darajasini ko`tarish, jahon andozalariga mos keladigan qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini vujudga keltirish va birin-ketin hayotga tadbiq etila boshladi. Natijada o`tmishdan qolgan boshqaruv uslubiga asoslangan davlat xo`jaliklari tugatilib, qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat ko`rsatishi lozim bo`lgan jamoalar qayta tashkil etildi. Ular o`rniga bozor munosabatlariga mos keladigan shirkat xo`jaliklari, fermer xo`jaligi va dehqon xo`jaligi tizimi tarkib topdi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning aynan shu ko`rinishi Respublika qishloq xo`jaligining asosiga aylandi. 2006- yil ma`lumotlariga qaraganda qishloq xo`jaligiga (o`rmon xo`jaligi qo`shib hisoblanganda ) ish bilan band bo`lgan barcha aholining 33,6 foizi to`g`ri keladi. Download 430.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling