O’zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari


Download 24.5 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi24.5 Kb.
#1459554
Bog'liq
tabiiy boyliklar


O’ZBEKISTONNING TABIIY SHAROITI VA TABIIY BOYLIKLARI

Qulay tabiiy sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir. U, ayniqsa, qishloq xo’jaligi, fiydali qazilmalar chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi. Tog’ relyefi, cho’llar, taqirlar, jarliklar hududni xo’jalik jihatdan o’zlashtirishni qiyinlashtiradi.


Qurg’oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlarni suv bilan ta’minlash og’ir kechadi. Fan-texnika yuksala borgani sari ishlab chiqarishning tabiatga bog’liqligi kamayib, ayni vaqtda uning tabiatga ta’siri kuchaydi. Natijada tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni tiklash muhim vazifaga aylandi. Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo hamda energetika bazasini tashkil etadi.
Mineralboyliklardan og’ir sanoatda, suv boyliklardan sanoat, qishloq xo’jaligi va maishiy ehtiyojlarda, yer (tuproq) umumdorlardan qisgloq xo’jaligida foydalandi. Shuningdek,o’simlik va hayvonot dunyosi (baliq, yovvoyi hayvonlar) boyliklaridan ham foydalaniladi. Biz kattagina hududga va bitmas-tuganmas quyosh energiyasi boyliklariga egamiz. Tugamaydigan tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari deyarli cheksizdir,
Lekin bu imkoniyatlardan texnikaning hozirgi taraqqiyoti darajasida juda iz foydalanmoqda.
Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyosiga va yoqilg’iga bo’lgan ehtiyoji to’xtovsiz oshib bormoqda. Qishloq xo’jaligi ham ko’proq suvni “ichib” qo’ymoqda. Ayrim sanoat rayonlari, Toshkent Farg’ona, Navoiy kabi shaharlar hududida hosil bo’;ayotgan kislorod manbayi bo’lgan o’simliklar o’nlab yillarda tiklandi. Tuproq boyliklari esa undan ham sekin tiklandi. Insonning tabiatga ta’siri ottishi bilan ekologik muammolar yuzaga kelmoqda.

O’zbekistonning geografik o’rini



Har bir mamlakat,m hudud. Viloyat, hsahar, tunab, mahalla va hatto hovlining o’ziga xosliklaridan biri ularning Yer yuzasidagi betakror o’rinidir. Buni fanimizda – geografik o’rin deb atashadi.
Geografik o’rin mohiyatan tabiiy geografik o’rin, iqtisodiy geografik o’rin tarzida guruhlanadi.
Tabiiy geografik o’rin, asosan, okean, tog’, cho’l singari ulkan tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o’rniga ko’ra belgilansa, iqtisodiy geografik o’rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo’llari, yirik savdo-sanoat markazlari, tabiiy boyliklar kabi obyektlardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o’rin esa myayyan davrda alohidadavlatning boshqa davlatlarga nisbadtan joylashuvi, harbiy mojarolar ro’y berayotgan yoki ro’y berishi mumkin bo’lgan hudud va davlatlarga nisbatdan qanchalik aloqadorligiga ko’ra baholanadi. Har qanday obyekt boshqa obyektlar bilan o’zaro aloqador bo’ladi. Ana shu aloqa darajasiga qarab geografik o’rin mikro, mezzo, macro miqiyosida banoyon bo’ladi
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling