Va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti marketing va menejment


«Mehnat statistikasi» da qo’llaniladigan usullar


Download 442.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana07.04.2023
Hajmi442.89 Kb.
#1340259
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mehnat unumdorligi statistikasi 1

«Mehnat statistikasi» da qo’llaniladigan usullar 
«Mehnat statistikasi» o’z amaliy faoliyatida «Statistikaning umumiy nazariyasi» 
ishlab chiqqan usullardan foydalanadi. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, mehnat 
munosabatlari sohasidagi barcha hodisa va jarayonlar dinamikada hamda o’zaro 
bog’liqlikda ko’rib chiqiladi. 
«Mehnat statistikasi» zarur aхborotni to’plashda oldindan ishlab chiqilgan 
dasturlarga ko’ra, belgilangan muddatda zarur aхborotni olish imkonini beradigan 
statistik kuzatish usulidan foydalanadi. Bu aхborotni olish uchun yalpi va noyalpi 
kuzatishning barcha turlaridan foydalaniladi. Kuzatish usulini tanlash ko’p sonli 
omillar: tadqiqot maqsadi; tadqiqot dasturi; moddiy, moliyaviy va mehnat 
resurslariga bog’liq. 
Aхborot olingandan so’ng uning nazorati amalga oshiriladi. Bunda «Mehnat 
statistikasi» nazoratning quyidagi turlaridan foydalanadi: 

statistik, bunda kuzatish ob’ektlari qamrovining to’laligi; barcha zarur grafa va 
qatorlar to’liq to’ldirilganligi; zarur rekvizitlar; manzil, sana, imzo, muhrlarning 
borligi tekshiriladi

arifmetik, u miqdoriy bog’langan ko’rsatkichlarga asoslanadi(masalan, tashkil 
etuvchi elementlar yig’indisi yakundan katta bo’la olmaydi); 

mantiqiy, u sifat bog’lanishiga asoslanadi (masalan, 5-6 yoshli bola oliy 
ma’lumotga ega bo’la olmaydi). 
Olingan statistik aхborotning sifati tekshirilgach, uni jamlash va guruhlash amalga 
oshiriladi. 


Statistik ma’lumotlarni jamlash oldindan tuzilgan dastur bo’yicha guruhiy va 
umumiy yakunlarni olishdir. Guruhlash o’rganilayotgan birliklar majmuini 
o’rganilayotgan belgilariga muvofiq, miqdoriy va sifatiy guruhlarga 
taqsimlashdan iborat. SHunday qilib, miqdoriy guruhlash miqdoriy ifoda 
(masalan, iqtisodiyotda band bo’lganlar soni, ishsizlar soni, daromad hajmi va 
boshqalar bo’yicha guruhlash)ga ega bo’lgan belgilar (ko’rsatkichlar)ga 
asoslanadi, sifatiy guruhlash asosida esa miqdoriy ifodaga ega bo’lishi mumkin 
bo’lmagan ko’rsatkichlar (masalan, mehnatga layoqatli aholi sonining jinsi va 
yoshi hamda ijtimoiy-kasbiy guruhlari va h.k.) yotadi. 
«Mehnat statistikasi» bo’yicha aхborotni jamlash va guruhlash keyingi tahlil 
uchun boshlang’ich material хizmatini o’taydigan ko’rsatkichlarning ma’lum 
tizimiga ega bo’lish imkonini beradi. Bunda ham statistika umumiy nazariyasi 
ishlab chiqadigan usullardan foydalaniladi. 
Sodir bo’layotgan hodisa va jarayonlarning hajm va darajalarini 
ifodalaydigan mutlaq ko’rsatkichlar bilan birga quyidagilarga kiradigan nisbiy 

Download 442.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling