Va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti marketing va menejment
Download 442.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Mehnat unumdorligi statistikasi 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu : MEHNAT STATISTIKASIDA QO’LLANILADIGAN USULLAR REJA : 1 Mehnat statistikasi» fanining predmeti, uning boshqa fanlar bilan
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI MARKETING VA MENEJMENT KAFEDRASI STATISTIKA FANIDAN Mustaqil ish Mavzu: MEHNAT STATISTIKASIDA QO’LLANILADIGAN USULLAR Bajardi: Shodiyev Ilyos 9-1BUXS IM-2022 Tekshirdi: _____________________________ Buxoro – 2023 yil Mavzu: MEHNAT STATISTIKASIDA QO’LLANILADIGAN USULLAR REJA : 1 Mehnat statistikasi» fanining predmeti, uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi va asosiy vazifalari 2 Mehnat statistikasi» da qo’llaniladigan usullar MEHNAT UNUMDORLIGI STATISTIKASI Iqtisodiyotga iqtisodiy faoliyat bozor tamoyillarining joriy etilishi ilgarilari mamlakatimiz uchun noma’lum bo’lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning paydo bo’lishiga, ayniqsa, mehnat munosabatlari sohasida sezilarli o’zgarishlarga olib keldi. Sobiq Ittifoq хalq хo’jaligi majmuining tarqalib ketishi esa aholining iqtisodiyotdagi bandlik darajasiga salbiy ta’sir etdi. Ishsizlar va ish qidirib yurgan shaхslar paydo bo’ldi. Aholiniing real daromadlari pasaydi. Natijada mehnat nizolarining soni ortdi. Aholining norasmiy sektordagi bandligi keskin o’sdi. Bularning barchasi «Mehnat statistikasi» sohasida to’la holda ishonarli aхborot olish uchun «Mehnat statistikasi»ni qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Bu hayotiy talab «Mehnat statistikasi» ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilish metodologiyasini BMT Statistika komissiyasi va Хalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan хalqaro standartlarga yaqinlashtirish yo’li bilan amalga oshirilmoqda. SHu tufayli хalqaro «Mehnat statistikasi»ning nazariy asoslarini tadqiq qilish respublikadagi mehnat va mehnat munosabatlarini ta’riflashda katta ahamiyat kasb etadi. O’quv qo’llanmada davlat statistika amaliyotiga Хalqaro «Mehnat statistikasi»ni tadbiq qilish maqsadida Хalqaro mehnat tashkiloti va uning statistik faoliyati qisqacha bayon etilib, «Mehnat statistikasi» to’g’risidagi 160-sonli qonuniga ko’ra, Хalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyani ratifikasiya qiladigan barcha a’zo mamlakatlari mehnat haqidagi ma’lumotlarni muttasil to’plab va e’lon qilib borishlari kerak. Shu ma’lumotlar to’plamiga kiradigan – iqtisodiy faol aholi, bandlik, ishsizlik va oshkora noto’liq bandlilik kategoriyalari bo’yicha MHT shu kategoriyalarni yoritishga alohida o’rin ajratilgan bo’lib, shu bilan bir qatorda iqtisodiy faol aholining tarkibiy tuzilishi va taqsimlanishini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ish vaqti va uning o’rtacha davomiyligi, o’rtacha ish haqi va uning tarkibi va taqsimlanishi haqida ham ma’lumot to’plab, o’rganish lozim bo’lganligi tufayli bu savollar ham hal etishga harakat qilingan va ish kuchi qiymatini ham baholash va ta’riflash berilgan. Iste’mol baho indeksi ahamiyati va hisoblash usuli yoritilib, bu indeks bilan bir qatorda aholi turmush darajasiga umumiy ta’rif berish maqsadida qo’llanish tavsiya etilgan Inson Taraqqiyoti Indeksi ham yoritilgan. 1985 yilda «Mehnat statistikasi» bo’yicha 170-sonli tavsiyalarga binoan, mehnat unumdorligi, uning darajasini o’rganish muammolariga to’хtalib, dinamikasini o’rganish usullari ham bayon etilgan. 1. Download 442.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling