Va innovatsiyalar vazirligi termiz iqtisodiyot va servis universiteti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Download 6.02 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi6.02 Kb.
#1732219
Bog'liq
1-мавзу


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI 
IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
MUZEYSHUNOSLIK FANI
1-MAVZU. MUZEYSHUNOSLIK FANINING PREDMETI VA TUSHUNCHALARI


Abduraxmonov Azamat Ostanaqulovich,
“Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
TERMIZ – 2023
Bugungi kunda jamiyatimizda milliy g’urur, milliy o’zlikni anglash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni shu jarayonda muzeylar o’z o’rni va roliga ega. Chunki muzeylar ham o’z o’lkasining barcha jihatlari va imkoniyatlarini yaxshi biladigan, tom ma’nodagi komil insonlarni tarbiyalashda katta hissa qo’shib kelmoqda.
Shuning uchun ham yurtimizda muzeylar soni ko’payib, ularning moliyaviy va moddiy texnika bazasi mustahkamlanib borayotganligi ko’zga tashlanmoqda. Mustaqillik yillarida bir qator yangi muzeylar ochildi. O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1998 yil yanvar oyidagi “O’zbekiston muzeylar ishini takomillashtirish va rivojlantirish haqida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2008 yil 12 sentyabrda qabul qilgan “Muzeylar to’g’risida” gi qonunning qabul qilinganligi O’zbekiston muzeylarining rivojlanishida muhim qadam bo’ldi.
Muzeyshunoslik — ijtimoiy fan bo’lib, ijtimoiy axborotlarni saqlash jarayonini, bilimlar va uni muzey predmetlari yordamida yetkazishni, singdirishni, muzey ishini, jamiyat instituti sifatida, muzeyning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda qo’llanilishini o’rganadi.
Hozirgi kunda, professional muzey adabiyotida foydalanilayotgan va maxsus adabiyotlarda aks ettirilgan bilimlar majmui, muzey ishining umumiy masalalari muzeologiya atamasida aks etib kelgan.
Muzeografiya atamasi muzeyga oid barcha asarlarda, ayniqsa, XIX asr o’rtalaridagi muzey ta’riflarida ko’p uchraydi. Lekin ma’lum muddat amaliyotda bo’lgan muzeologiya va muzeografiya atamalari ba’zi bir noqulayliklar tug’dirgan. Muzeyshunoslik atamasi esa, “Muzey ishi haqidagi fan”, “Muzey haqidagi fan”, yoki qisqacha “Muzey nazariyasi” ma’nolarini anglatadi.
Muzeyshunoslik predmeti — ob’ektiv qonuniyatlar doirasida, ijtimoiy axborotlarni to’plash va saqlashga oid jarayonlarni, bilimlar va bilimlarni yetkazishni, muzey predmetlarini namoyish etishda ta’sirchanlikni oshirishni, muzey ishini, muzeyning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayonini, muzeyning ijtimoiy vazifasini o’rganishni o’zida mujassam etadi.
Muzey predmeti bu uzoq muddat saqlanishga loyiq, muzey to’plamiga kirgan, muzey ahamiyatiga molik, real haqiqatda foydali predmet tushuniladi. U milliy boylikning bir qismi bo’lib, his etish va bilimning asl manbai hisoblangan ijtimoiy yoki asl-ilmiy axborot egasi, sohibi hisoblanadi.
Muzeyshunoslikning asosiy tushunchalari “muzey predmeti”, “muzey”, va “muzey ishi”dir. “Muzey predmeti” atamasi haqida “Muzeografiya”ning dastlabki asrlaridayoq fikrlar bildirilgan. XVII asrda I.D.Mayor real, haqiqiy uzoq muddat saqlangan muzeyga tegishli predmetlarni muzey predmeti deb bilgan. XIX asrga kelib ixtisoslashgan fan muzeyida saqlanayotgan predmetlar asosan turli fanlarning manbalari sifatida, qadimiy davr va san’at yodgorligi, tabiat preparati sifatida o’rganildi. Muzey predmeti tushunchasi kollektsiya qilingan predmet tushunchasiga teng ma’noda ishlatiladi.
Muzey — ko’p funktsiyali tarixiy o’zaro bog’liqlikdagi ijtimoiy axborot institutidir. U tarixiy-madaniy va asl-ilmiy yodgorliklarni saqlashga, to’plash va muzey predmetlari orqali axborot tarkatishga yo’nalgan. Shuningdek, uning vazifalariga tabiat va jamiyatdagi hodisa, jarayonlarni hujjatlash, muzeyni komplektlash, saqlash, muzey predmetlari kollektsiyasini tadqiq etish hamda ulardan ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy va targ’ibot maqsadlarida foydalanish ham kiradi.
Muzey ishiga — muzeyning amaliy faoliyati, yodgorliklarni qo’riqlash, muzey tarmoqlari, muzey siyosati va qonunchiligi, kadrlar tayyorlash tizimi, ilmiy ixtisosli, ilmiy-uslubiy va o’quv markazlari tuzish kabilar kiradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 6.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling