yordamida da’vat etiladi. Bolalar
aхloqiy tarbiyasida televidenie, radio,
qo’g’irchoq teatri, kino san’ati katta rol
o’ynaydi.
Umuman, aхloqiy tarbiyaning eng kuchli
vositasi san’at. Bu vosita aholining
barcha tabaqasini, turli yoshdagi
shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa,
san’atning badiiy adabiyot turi keng
qamrovli. Ertakdan tortib, romangacha
bo’lgan janrlarda chop etilgan asarlar
shaxsning aхloqiy shakllanishida ulkan
xizmat ko’rsatadilar. Ular orqali
kitobhon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik
va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi;
ideal tanlashda ham ularning ahamiyati
katta. Bundan tashqari, badiiy
adabiyotning bevosita aхloqiy tarbiyaga
mo’ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va
nasihatlar majmualari borki, biz ularni,
yuqorida ko’rganimizdek, pandnomalar
deb ataymiz: «Kalila va Dimna»,
«Qobusnoma», «Guliston»,
«Zarbulmasal» singari bunday mumtoz
asarlar an’anaviy aх loqiy tarbiya
vositasi sifatida necha asrlardan buyon
qanchadan - qancha avlodlarga xizmat
qilib keldi, bundan buyon ham shunday
bo’lib qolajak.
Aх loqiy tarbiyaning barcha zamonlar
uchun dolzarb bo’lgan yo’li bu –
namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo,
yuqorida aytilganidek, ota - ona bolaga
aх loqiy namuna bo’lishi kerak.
Maktabda va oliy o’quv yurtida
muallimlarning ta’lim berish usullaridan
tortib, to «mayda - chuyda» hatti -
harakatlarigacha o’z shogirdlari
Do'stlaringiz bilan baham: |