Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Shunday qilib, “Keys stadi” yordamida o’qitishda muammolar
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Shunday qilib, “Keys stadi” yordamida o’qitishda muammolar
aniqlanadi, yechimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi 1 . Sifatli keys stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish uchun ko’p vaqt talab etiladi. Va shu bilan birga, to’g’ri tuzilgan va o’quv faniga kiritilgan keys stadi fanni o’zlashtirishda ko’zlangan natijalarga erishishga imkoniyat beradi. Ishchan keys stadilar tuzishning quyidagi ketma-ketligiga rioya qilish tavsiya etiladi.
o’qituvchi o’qitiladigan fan bo’yicha o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim va malakalarga o’z e’tiborini qaratadi. Oldin o’rganilgan material bilan qo’yilgan
1
обучения студентов [Текст] / Л. В. Покушалова // Молодой ученый. — 2011. — №5. Т.2. — С. 155-157.
29
maqsadning so’zsiz muvofiqligiko’zda tutilgan bo’lishi zarur. Keys-stadilarni tuzish va qo’llashning asosiy tamoyillari yetarli darajada umumiydir. Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materiallar tanlash – keysning materiali muammoni ochib berishi lozim va mazkur muammo keys oldiga oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos bo’lishi kerak. Keyslar haqiqiy vaziyatlarning aniq tafsilotini namoyish etishlari yoki muallifning ijod natijalaridan bir oz qo’shilgan bo’lishi mumkin. Keyslar uchun ma’lumotlar va materiallar sifatida yuqorida ko’rsatilganidek, gazeta maqolalari, tashkilotlarning hujjatlari, u yoki bu sohadagi tashkilotning faoliyati bo’yicha xususiy kuzatuvlar, mutaxassislarni fikri, iste’molchilarning fikri, statistika qo’mitasi ma’lumotlari, diagramma, fotohujjatlar, multimediya materiallari, slaydlar va hakazolar xizmat qilishi mumkin. Materiallarni birlamchi qayta ishlash. Ushbu bosqichda olingan ko’p sonli axborotlardan keys stadi axborotlardan keys-stadi maqsadlarga mos keluvchi, foydali tanlab olinadi. Keys-stadida qo’llaniladigan integrallashgan tahlil ko’p shakllarga ega bo’lishi mumkin. U asosan qo’shimcha ma’lumotlarni tarmoq hisobotlari, texnik hujjatlar, kompaniyalar hisobotlari, shaxsiy tajribalar va hakazolar kiritish va tahlil etishdan iborat. Keys turini aniqlash. Keys stadi tayyorlash usuli bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin. Yozilishi joyiga ko’ra keys-stadilar “maydoncha” (ya’ni ob’ektda – firma yoki kompaniyada) yoki o’qituvchining ish stolida tayyorlanishi mumkin bo’lsa, keys-stadidafoydalaniladigan manbalar rasmiy (ya’ni nashr etilgan) yoki norasmiy (ya’ni dastlabki manbalardan olingan) ko’rinishiga ega bo’lsa, ko’rsatilgan ikki o’zgaruvchi jamlamasidan to’rt xil keys-stadi hosil bo’ladi: “kutubxona”, “klassik” va “kabinet”. “Kutubxona” keys-stadisi tashqi tomonidan “maydonda”gi tadqiqot natijasida tayyorlangan keys-stadisiga o’xshab ketadi. Ularda korxona faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida (televideniya bilan birga) va davlat
30
boshqaruv organlarida (statistik, nazorat, sud va h.k) chop etilgan axborotlar keng miqyosda foydalaniladi 1 . “Kabinet” keys-stadilar muallifning tadqiqotlari boshqaruv sohasidagi o’qituvchiligi va maslahatchiligida to’plagan boy tajribalariga asoslanadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling